Zarralar fizikasi



Download 8,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/179
Sana17.07.2022
Hajmi8,69 Mb.
#814697
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   179
Bog'liq
Atom yadrosi va zarralar fizikasi. Муминов

1 = 0
qiymatiga 
mos keluvchi sof 
S
holatdan iborat ЬоЧаг edi.
Deytron magnit momenti 
ju ^
nuklonlar magnit momentlari 
ju + jU n
dan chetlanish yadro kuchi markaziy emasligini ko4rsatadi. Haqiqatan, yadro 
kuchi markaziy bo‘lmasa, orbital moment harakat integrali bo4la olmaydi. 
U holda to4la moment turli orbita momentlari yig4indisidan iborat bo4ladi.
Deytron asosiy holat spin va juftligi 
\ K
= 1+ bo4lganligi uchun orbital 
proton va neytron spinlari yig4indisi 1 bo4lishi kerak. Nuklonlar 
S
holatda / 
= 0 da parallel holatda bo'lishi mumkin, antiparallel holatda bo4la olmaydi. 
Deytron juftligi juft bo4lganligi uchun 5 va с/(/ = 0, / = 2) holatlardagina 
bo4la oladi, P-holatda (/ = 1) bo4la olmaydi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, deytron markaziy bo4lmagan kuchlar 
ta’sirida 
S
varfholatlarda aralash turadi. Nuklonlar 
d
orbitada harakatlanishi 
bilan magnit momentga hissa qo4shadi. •
Magnit momentning chetlanishini deytron nuklonlari 4% vaqtini 
d
orbitada o4tkazadi deyilsa tushunarli bo4ladi.
d
holatda zaryad zichligining taqsimlanishi sferik simmetriyaga ega 
bo4lmagani uchun deytronning kvadrupol momenti noldan farqlanishi kerak. 
Yuqorida deytronning elektr kvadrupol moment 
Q
= 2,738* 10“27 sm2 ga 
teng ekanligini aytgan edik. Demak, yadro kuchlari markaziy emas, balki 
tenzor xususiyatga ega, ya’ni deytrondagi nuklonlar spinlari parallel 
bo4lib,bir o4qqa joylashgandagina kuchli ta’sirlashadi, boshqa holatlarda 
ta’sirlashmaydi (2.2-rasm).
54


a) 
b)
2.2-rasm. Deytron a) spinlari bir o‘qqa joylashganda nuklonlar ta’sirlashadi; b)
ta’sirlashmaydi.
Boshqacha qilib aytsak, nuklonlar orasidagi ta ’sirlashuv nuklonlar 
massalari orasidagi masofaga emas, balki bir-biriga nisbatan egallagan 
oriyentatsiyalariga bog'liq ekan.
Shunday qilib, deytronning xususiyatlarini o‘rganish yadro kuchlarining 
qisqa masofada ta’sirlashuvini, spin yo‘nalishiga bog‘liqligini hamda 
markaziy emas, balki tenzor xarakterga ega ekanligini ko6rsatdi.
Nuklonlaming nuklonlardan turli energiyalarda sochilishini o‘rganish ham 
yadro kuchlarining ba’zi xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi.
Ikki nuklonning bir-biridan sochilishi o‘rganilganda ular spinlarining 
o‘zaro yo'nalishi ham muhim ahamiyatga ega ekani ma’lum boMdi. O'zaro 
ta’sirlashuvchi nuklonlaming spini parallel yoki antiparallel bo'lishi mumkin. 
Spinlari parallel bo'lganda ko'rilayotgan sistemaning to4la spini 
h
birliklarida
1 ga teng bo'lgani uchun, bu natijaviy spin yo'nalishiga nisbatan ikki nuklon 
spinlarining yo‘nalishi turlicha bo‘lishi mumkin. Shuning uchun parallel 
spinli nuklonlar ta’siri ta’sir kuchining markaziy boMmagan qismini hosil 
bo‘lishiga sabab bo'ladi. Lekin nuklonlar spini antiparallel boMganda 
sistemaning natijaviy spini nolga teng boMgani uchun ikki nuklon orasidagi 
o6zaro ta’sir to4la markaziy kuchdan iborat bo4ladi.
Bir nuklon ikkinchisidan sochilganda ulaming bir-biriga nisbatan harakati 
orbital burchak moment bilan ham xarakterlanadi. Doira bo4ylab harakat 
qilayotgan zarraning burchak momenti zarra impulsini aylana radiusiga 
ko‘paytmasi bilan aniqlanadi. B ir nuklon ikkinchisidan sochilib o4z 
yo6nalishini o4zgartirgan holda, orbital burchak moment harakatdagi nuklon 
impulsini urilish parametriga (ikki zarraning eng yaqinlashish masofasiga) 
ko'paytmasi bilan aniqlanadi.
55


Kvant fizikasida burchak moment juda muhim ahamiyatga ega. U ikki 
asosiy shartni qanoatlantirishi kerak. Birinchidan, ikki nuklon spini parallel 
bo‘lganda natijaviy spin birga teng bo‘lib, orbital moment yo‘nalishiga 
nisbatan u faqat uch xil yo‘nalishga ega: orbital momentga parallel, tik yoki 
antiparallel bo'lishi mumkin. To‘la spin bilan orbital momentning o‘zaro 
yo‘nalishiga bog‘liq ravishda yadroviy o‘zaro ta’sir kuchining ikkinchi 
markaziy bo‘lmagan qismi, spin-orbital o‘zaro ta ’sir yuzaga keladi. 
Ta’sirlashuvchi zarralarning spinlari antiparallel boiganda spin orbital o‘zaro 
ta’sir yuzaga kelmaydi.
Ikkinchidan, orbital moment kvantlangan bo‘lib, u faqat 
h
ga karrali 
Ih
qiymatlami olishi mumkin. Bu yerdagi orbital moment kvant soni / = 0,1,
2, 3,... qiymatlami qabul qilishi mumkin. Orbital momentning nolga teng 
bo'lishi zarralarning markaziy to‘qnashishiga mos keladi.
Agar zarralar to‘lqin xususiyatga ega ekanligini e’tiborga olsak, bunday 
to‘qnashishni bir to‘lqinning ikkinchisidan o‘tishi bilan tushuntirish oson. 
Shunday qilib, yuqori tartibli orbital momentlaiga yuqori tezlik yoki energiya 
mos keladi. Haqiqatan, agar klassik fizika nuktai nazaridan orbital momentni 
mQd
ga teng ekanini e’tiborga olsak 
( d -
urilish parametri), masalan, 
rnQ.d

Ih
da zarralar bir-biriga juda yaqin kelishi, ya’ni 
d
kichik bo‘ lishi uchun 
a katta bo‘lishi kerak. Aksincha, zarraning tezligi yoki energiyasi qancha 
kichik bo‘lsa, 
m § r
= 1 
h
munosabatning bajarilishi uchun ularning 
yaqinlashish masofasi 
d
shuncha katta bo‘Iadi. Qisqa ta’sir radiusga ega 
bo‘Igan yadroviy o‘zaro ta’sir kuchi orqali sochilishi yuz berishi uchun orbital 
moment birga teng bo‘lganda zarraning energiyasi m a’lum minimal 
energiyadan katta bo‘lishi kerak. Yuqori orbital momentlarda esa minimal 
effektiv energiya qiymati ortadi. Odatda / = 0, 1, 2, 3... va h.k. orbital 
momentga mos keluvchi to'lqinlar 
s, p,
a '/v a h .k . harflar bilan belgilanadi. 
Yuqori tartibli orbital momentlarga mos keluvchi toMqinlarning to iq in
uzunligi zarra energiyasining kvadrat ildiziga teskari mutanosib ravishda 
kamayib boradi. Tajribada odatda nuklonlar oqimi ko‘p nuklonlardan iborat 
bo‘lgan nishonda sochilishi kuzatiladi. Nuklonlar oqimining energiyasi 
ortganda sochi 1 ishda£ to‘Iqindan tashqari yuqori tartibli 
p, d
va h.k. to‘lqinlar 
ham qatnashadi. Natijada sochilish manzarasi murakkablashadi. Chunki har 
bir to‘lqin uchun o‘z sochilish tasviri xosdir. Masalan, 5 to‘lqin grafigi 
laboratoriya koordinata sistemasida izotrop sochilishga xos boMgan to‘g‘ri
56


dii/.iqdan iborat bo‘lsa (2.3-a-rasm), 
p
va 
d
to‘lqinlar uchun sochilish 
burchak 
taqsimotiga b) va d) grafiklarda ko‘rsatilgan murakkab chiziqlarga 
mos keladi.
Sochilish burchagi, gradus
2.3-rasm. Nuklonlaming nuklonlarda sochilish burchak taqsimoti: 
a) sof 

Download 8,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish