Yaratilgan elektron darsliklarning ilmiylik va taqdimot sifati o‘quv rejaga moslik; mavzu
bayoni; til darajasi; manba tuzilishi; taqdimot va dizayn; illyustratsiya; muammolarga
ta'sirchanligi kabi mezonlarga javob bershi lozim.
Elektron darslik muallif va mualliflar guruhi tomonidan ma'lum bir dasturlash tilida yoki
Sht1 - gipermatnli til yordamida yaratiladi. Elektron darslik foydalanish uchun ikki variantda on-
Lain va Of da yaratilishi mumkin. Elektron darslikdan on-line variantda foydalanishda kompyuter
texnikasi global yoki lokal tarmoqqa ulangan bo‘lishi lozim.
Shunday qilib, elektron darslik o‘quv dasturiga va o‘quv-metodik nashr talablariga mos
kelishi lozim. Elektron darslik tamomila yangi, ya'ni birinchi bor chop qilinishi yoki oldin nashr
qilingan o‘quv metodik qo‘llanmaning elektron versiyasidan olingan bo‘lishi mumkin. Unda: kurs
yoki fan mazmunini ochib berish uchun yetarlicha material va hajmga, o‘quv-metodik
maqsadlarga erishishni quvvatlovchi illyustrativ materiallarga ega bo‘lish; darslikning barcha
qismlariga — manba va resurslarga erkin murojaat mavjudligi; darslik tipi — o‘zbek tilidan
boshqa tillarga o‘tish imkoni mavjudligi sanab o‘tilgan mezonlar elektron darslik yaratishga
qo‘yiladigan asosiy talablar bo‘lib, ular bevosita ta'lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
ED bilan ishlash uchun ma'lumotlar tizimi.
Elektron darslikning muqovasi imkoniyat darajasida chiroyli bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Buning uchun uni grafika va multimedia, animatsiya kabi elementlar bilan boyitish zarur. EDning
muqovasida darslikning nomi,yuqori tashkilot haqida ma'lumot (masalan, vazirlik), mualliflik
huquqi, yaratilgan vaqti, EDni yaratgan tashkilotning nomi, mualliflar haqida qisqacha ma'lumot
olish imkoniyati mavjud. Bu ma'lumotlarning ma'lum bir qismi (mualliflar haqida ma'lumot, ED
ni yaratgan tashkilot, mualliflik huquqi) kabilar maxsus tugmalar yordamida amalga oshiriladi.
Mundarija ED ning juda muhim tarkibiy elementi hisoblanadi. U bir tomondan yetarli
darajada mavzular ketma-ketligi asosida o‘quv jarayonida kompyuter texnikasidan foydalanish
uchun keng yo‘l ochib beradi. Shularni e'tiborga olgan holda umumta'lim maktablarining fizika,
matematika, informatika, iqtisodiy bilim asoslari, geografiya, ona tili va adabiyot, o‘zbek tili (rus
guruhlari uchun) fanlaridan elektron darsliklar yaratishga kirishildi. Bu jarayonda o‘qituvchi,
psixolog, tahlil natijalarini nazorat qilish bo‘yicha mutaxassis (testolog), dizayner yoki usta,
kodlovchi (dasturlovchi) qatnashishi nazarda tutilgan. Xo‘sh, elektron darslik yaratuvchilar
dasturiy ta'minotni yaratish bo‘yicha qanday mezonlarga amal qiladilar? Ularga qo‘yiladigan
umumiy talablar nimalardan iborat?
Bugungi texnika taraqqiyoti jadal rivojlanayotgan bir paytda har qaysi kasb ustasining
mas'uliyati oshib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: