7- ma’ruza mashg‘uloti til ta’limida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari Reja



Download 257 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana17.07.2022
Hajmi257 Kb.
#813723
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-ma'ruza -Til ta’limida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari.



7- MA’RUZA MASHG‘ULOTI 
 
Til ta’limida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 
Reja: 
1. Ona tili ta’limi vositalari.
2. Ona tili ta’limida AKTni qo‘llash – samaradorlik omili. 
3. Savodxonlikni oshirishda AKTning ahamiyati. 
4. Multimedia – bu interaktiv tizim.
5. Ona tili talimida AKTdan foydalanish usullari 
6. Ona tili darslarini tahkil etishda axborot-komputer vositalarining ahamiyati. 
 
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi:
Talabalarga ta’lim va tarbiya jarayonlarini tashkil 
etishning DTS,qonun hujjatlarini o‘rni va ahamiyati bo‘yicha tushuncha berishdan iborat. 
Tayanch tushunchalar: 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, darslik, elektron darslik, 
kompyuter, tarqatma materiallar, o‘quv qo‘llanmalar

 
MAVZUNING QISQACHA MAZMUNI
Ona tili ta’limi vositalariga ta’lim jarayonida qo‘llanadigan bir qancha vositalar kiradi, 
jumladan, darsliklar, AKT, multimedia, axborot-kommunikatsiya texnologiyalar, tarqatma 
materiallar.
Ona tili ta’limida AKTni qo‘llash – samaradorlik omili. 
Bugungi kunda taraqqiyotni 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. O‘zbekistonda ta’limni 
axborotlashtirish masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda. Birinchi Prezidentimiz Islom 
Karimovning 2012-yil 21-martda qabul qilingan “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 
masofaviy o‘qitish tizimini shakllantirish, zamonaviy ta’lim resurslari va portallar yaratish hamda 
ta’limni yanada axborotlashtirishda muhim omil bo‘lmoqda
1
.
 
Hozirgi XXI asr axborot-texnologiyalari asri bo‘lib, olimlar tomonidan kashf etilgan 
kashfiyotlar omma e’tiboriga havola etilib ulgurmay, bundan-da yangi va mukammalroq 
variantlari kashf etilmoqda. Bu esa texnika sohasida o‘sishga, insonlarga qulaylik yaratishga olib 
kelmoqda. Yurtimizda ham yoshlarni texnikaning eng so‘nggi yutuqlaridan xabardor qilish bilan 
bir qatorda, yangidan-yangi imkoniyatlar, shart-sharoitlar yaratib berish yuzasidan samarali ishlar 
olib borilmoqda. Shuningdek, ta'limdagi yangi pedagogik texnologiyani o‘qituvchilar orasida 
ommalashtirish eng muhim vazifalardan biri sanaladi. O‘qituvchilar zamonaviy kompyuter o‘quv 
dasturlarini, interaktiv faoliyatni, kashfiyotga asoslangan ta'lim usulidan amaliy foydalanishni 
o‘rganib olgandagina ta'lim natijalarida ijobiy samaradorlikka erishish mumkin.
2
 
O‘qitishning innovatsion asoslari samaradorligini oshirish uchun o‘quvchilar axborot 
vositalari bilan maksimal imkoniyat darajasida ta'minlanishi zarur.
Ona tili va adabiyot darslarida har bir mavzuni axborot kommunikatsiya va ilg‘or pedagogik 
texnologiya usullaridan foydalanib o‘tish katta ahamiyatga ega. Davlat ta’lim standartlarida 
o‘quvchilarning kommunikativ savodxonligini oshirish bosh maqsad qilib belgilangan.Buning 
uchun dars jarayonida elektron darslik, qo‘llanma, dars ishlanma, o‘quv film,videodarslar,slaydlar 
va ko‘rgazmali materiallar bo‘lishi lozim. Dars jarayonida faqat o‘tilayotgan mavzuga oid 
materiallardan – elektron dars ishlanmasi, multimediali vositalar yoki videofilm, o‘quv 
filmlari,didaktik materiallardan foydalanish ta’lim sifati hamda samaradorligini ta’minlaydi. 
O‘quvchi darsni ma’ruza shaklida eshitishdan ko‘ra, slaydlar orqali ko‘rib, ba’zi mashqlarni 
bevosita kompyuterda bajarsa, o‘zlashtirishi osonlashadi.
Hozirgi kun ta’limining asosiy maqsadlaridan biri dars jarayonida o‘quvchilarni 
faollashtirish orqali ularga bilim olish yo‘llarini o‘rgatish,ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik 
1
http://fikr.uz/blog/14134.html 
2
To‘xliyеv B., Shamsiеva M., Ziyodova T. O‘zbеk tili o‘qitish mеtodikasi. O‘zbеkistonyozuvchilaruyushmasi. 
Adabiyotjamg ‘armasinashriyoti, 2006 -yil, 9-bеt. 


texnologiya usullarini samarali qo‘llashdan iborat.Ona tili darslarida ta’limning interfaol 
usullaridan foydalanish o‘quvchilarda mantiqiy, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirib, 
guruhlarda va hamkorlikda ishlashga o‘rgatadi. Dars jarayonida ta’limiy o‘yinlarni samarali 
qo‘llash orqali o‘quvchilarda tezkorlik, topqirlik, sezgirlik, ilim olishga va fanga bo‘lgan 
qiziqishlari yanada oshadi.
Y.Eshmatovaning “Multimedia darslari: kecha va bugun” nomli maqolasidagi quyidagi 
fikrlarni keltirib o‘tamiz:
“Zamonaviy maktab, zamonaviy ustoz hamda zamonaviy o‘quvchi tushunchalari texnika 
taraqqiyoti jadal rivojlanayotgan pallada qanday tasavvur va ko‘rinishga ega? Ular davr bilan 
hamnafasmi? Demak, o‘tayotgan har bir kunimizda shiddat bilan kirib kelayotgan yangiliklar 
ko‘pgina yo‘nalishlarda, xususan, madaniyat, ma'rifat sohalarda ham o‘zining ijobiy ta'sirini 
o‘tkazmoqda. …An'anaviy darslar, xayoldagi texnika... O‘quvchi o‘sha darslardan zerikmagan, 
chunki, ustozlar tomonidan o‘sha paytda ham o‘z ustida ishlash, yangi usullardan foydalanish 
mavjud bo‘lgan. Bugungi davr, bugungi o‘quvchi talabi uchun esa, o‘sha burungi tamoyillarning 
qaysidir jihatlari to‘g‘ri kelmay qoldi. Zamonaviy o‘quvchi yangilikka o‘ch, kezi kelganda 
o‘qituvchidan ko‘ra kompyuterni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yaxshi tushunadi. 
Bu esa zamonaviy o‘qituvchidan shogirdi oldidagi o‘z ustida ishlash mas'uliyatini yanada oshirishi 
tabiiy. Zamonaviy o‘qituvchi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha kompyuter va internet 
texnologiyalaridan 
foydalanish 
ko‘nikmasiga 
ega 
bo‘lishi, 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalaridan foydalanib, dars o‘tish uslubini egallaganligi, internet tarmoqlaridan kerakli 
ma'lumotlarni qidirib topish va saqlash usullarini bilishi kerak. Xuddi shunday jarayonlarni darsda 
va to‘garak mashg‘ulotlarida qo‘llay olish ko‘nikmasini o‘quvchida mustaqil shakllantirishi, 
amalda qo‘llay olishni o‘rgatishi mumkin. Izlanuvchan o‘qituvchi zamonaviy darsni axborot va 
telekommunikatsiya texnologiyalari bilan boyitadi. O‘qituvchi darsga oid multimediali darsni 
rejalashtirishdan oldin, mavzu va maqsad hamohangligiga e'tibor berishi kerak. Slaydlarda 
asosan, eng kerakli ma'lumotlarni o‘quvchiga sodda va tushunarli etib joylashtiriladi. Katta 
hajmdagi matnlar tabiiyki, o‘quvchini zeriktiradi. 
Mutaxassislarning fikricha, o‘qituvchi ekrandagi matnni o‘qib bermasligi, aksincha 
sharhlashi kerak. Taqdimot etilayotgan slaydning rangi ham did bilan tanlanadi”. 
Ona tili ta'limi jarayoni, asosan, savodxonlikka yo‘naltirilgan bo‘lishni taqozo etadi. Shu 
jihatdan ta'lim berishdagi birlamchi talablarni bajarish uchun nazorat diktantlari, diktant tahlili 
kabi mashg‘ulotlarni yangi pedagogik texnologiya asosida yo‘lga qo‘yish muhimdir. O‘quvchilar 
nazorat diktanti yozish jarayonida ularning yozuv tezligi, yozuv malakasi hamda imloviy 
savodxonlik darajasi ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar. Ma'lumki umumta'lim maktablarining 6-
sinflarda nazorat diktanti olish hamda ularning tahlilini amalga oshirish uchun DTSga asoslangan 
o‘quv dasturida 2 soat dars ajratilgan. Bunda dastlabki 1 soat nazorat diktanti olish uchun sarflansa, 
keyingi dars soatida diktantnatijalari tahlili amalga oshiriladi. Bu esa “mashg‘ulotdan 
mashg‘ulotgacha” bo‘lgan jarayon orasidagi bog‘liqlikning ma'lum darajada uzilib qolishiga sabab 
bo‘ladi. Endilikda nazorat diktantlari o‘tkazilishi elektron o‘quv vositalari yordamida tashkil etish 
o‘quvchilarning yozma ish va ularning tahlili orasidagi ma'lum darajadagi bo‘shliqqa barham 
beribgina qolmay, vaqt tejalishiga, savodxonlikni yuqori darajaga olib chiqishga yordam beradi. 
Darhaqiqat, o‘quvchilarning xatolar ustida ishlamasligi yoki imloviy xatolarga befarqligi achinarli 
holdir. Xatosiz yozish ko‘nikmasini hosil qilish uchun esa muntazam o‘z ustida ishlanishi hamda 
nazoratlarning jiddiy tartibda yo‘lga qo‘yilganligi ta'minlangan bo‘lishi lozim.
Nazorat diktantlari bosqichlarini amalga oshirishning interaktiv usullari quyidagilarni o‘z 
ichiga oladi: 
1- bosqich. “Nazorat diktanti” dasturini kompyuterga yuklash. Bunda kompyuter ovoz 
qurilmasiga diktant matni o‘quvchilarga tushunarli bo‘lgan ravon talaffuz bilan ovozli yozib 
olinadi. Shu bilan birga o‘quvchilarning yozuv tezligi hisobga olinishi uchun vaqt belgilash dasturi 
sozlanadi. 
2- bosqich. Nazorat diktantini yozish. Kompyuter ish stolida “Diktant dasturi” yorlig‘i 
vositasida mazkur dastur ishga tushiriladi. Dastur oynasida nazorat diktanti mavzulari ro‘yxati 


havola etilgan bo‘lib, o‘quvchilarga o‘qituvchi tomonida muayyan mavzu tanlab beriladi. So‘ngra 
vaqt belgilash dasturi ishga tushirilib, bir vaqtning o‘zida diktant yozishga kirishiladi. Nazorat 
diktantini yozdirish odatdagidek, 3 bosqichda amalga oshiriladi: 
Matndagi gap o‘qiladi, o‘quvchi diqqat bilan eshitadi. 
Matn o‘qiladi, o‘quvchi yozadi 
Matndagi gap o‘qiladi, o‘quvchi yozganlarini tekshirib oladi. 
3-bosqich. Nazorat diktanti kompyuter yordamida tekshiriladi. Buning uchun dasturning 
asboblar panelida joylashgan “Tekshirish” tugmasi yordamida buyruq beriladi. O‘quvchi yozgan 
diktant matnidagi imloviy xatolar qizil rang bilan ko‘rsatiladi, imloviy va ishoraviy xatolar soni 
matn ostida “xatolar statistikasi” sifatida havola qilinadi. Shunga ko‘ra o‘quvchi yozgan nazorat 
diktanti baholanadi. 
4-bosqich. Ijobiy natijalarga erisha olmagan o‘quvchilarga nazorat ishni qayta topshirish 
imkoni berilib, bir vaqtning o‘zida xatolar ustida ishlashga erishiladi. 
Nazorat diktantlari olishning bunday zamonaviy texnik vositalar asosida tashkil etilishi 
an'anaviy pedagogik texnologiyalardan quyidagi afzalliklari bilan ajralib turadi: 
Kompyuter texnologiyalari yordamida tashkil etilgan nazorat diktantini amalga oshirish 
orqali faqat bir qator imloviy savodxonlik ko‘nikmasigina emas, balki ravon og‘zaki nutqni 
tushunishga ham ma'lum darajada erishiladi.
Axborot uzatishning yangi interaktiv usuli yordamida nazorat diktanlari olish, uni tekshirish 
va xatolar ustida ishlash jarayonida kam vaqt sarflanishiga qaramay ko‘proq samaraga erishish 
mumkin. 
Mazkur diktant jarayoni nafaqat dars soatlarida, balki istalgan vaqtda o‘quvchi tomonidan 
amalga oshirilishi mumkin. Bu esa o‘quvchining o‘z ustida ishlashga, undagi interaktiv faollikning 
o‘sishiga qulay imkon yaratadi. 
Bu jarayonda o‘qituvchi boshqaruvchi sifatida namoyon bo‘ladi, o‘quvchi esa faol 
ishtirokchiga aylanadi, o‘qituvchi > kompyuter >o‘quvchi uchligining uzviy aloqadorligini 
ta'minlaydi. 
Xulosa qilib aytish mumkinki, kompyuter texnologiyalari vositasidagi bu xildagi yozma 
ishlarni amalga oshirish turli ta'lim bosqichlariga mos, qulay metodlarni umumlashtirish, 
o‘qitishning zamonaviy texnologiyasini ishlab chiqish o‘quvchilarning savodxonlik 
ko‘nikmalarini takomillashtirishda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. 
Tabiiyki, diktant yozish ko‘nikmasini kompyuter vositasi orqali amalga oshirish mutlaqo 
o‘rinsiz ish deb fikrlaydiganlar ham bor. Chunki diktantning asosiy talablaridan biri husnixatdir.
Jamiyatimizda axborot texnologiyalarini kundalik turmushimizga, yumushimizni tez, qulay 
va qiziqarli tarzda amalga oshirilayotganini esa ta'kidlamay bo‘lmaydi. Shunday ekan, fanlar 
kesimida amalga oshirilayotgan elektron darsliklar va vositalarga ehtiyojlarni to‘ldirish ta'limning 
bosh mezoni bo‘lib kelmoqda.
Axborot texnologiyalaridan, jumladan, kompyuterdan foydalana olish o‘qituvchi va 
o‘quvchilardan birdek talab etilmoqda.
Axborotlar bilan ishlashda esa, INTERNET tarmog‘idan foydalaniladi. O‘quvchilarimiz 
texnika tilini qancha chuqur anglaganidan quvonasiz, biroq o‘z ona tilida xatolar bilan 
yozayotganlari achinarli holdir.
Shu o‘rinda “Diktant” dasturining yaratilishi shunday vaziyatlarni oldini olishga yordam 
bersa, neajab.
Aytish joizki, ushbu dastur biz istagan darajada serqirra emasdir. Biroq xatolar ustida 
ishlash, ularni bartaraf etish yo‘lida tashlangan ilk qadam, mukammal holga keltirilishiga sizu 
bizdek pedagoglarning yordamini kutib qoladi. 
Ona tili va adabiyot darslarida audio, video materiallaridan, darslik va qo‘llanmalardan 
foydalanish, multimedia va elektron darsliklarning tuzilishi, XX asrninig oxiri planetamizda 
axborot-informatizatsiyalash asriga qo‘yilgan qadam bo‘ldi desak hyech mubolag‘a bo‘lmaydi. 
Fan va texnikaning bu yutuqlari o‘zining samaradorligi bilan o‘quv yurtlari ta'lim tizimini isloh 
qilishga olib keladi. Zamonaviy axborot texnologiyalari yutuqlari, o‘quv yurtlari tizimida asosan 


kompyuter tarmoqlari va Internet tizimlarini qo‘llashning zamonaviy talablaridan biriga 
aylantirmoqda. Mamlakatimizda multimedia taxminan 1980-yilning oxirlarida paydo bo‘ldi. Bu 
vaqtda multimedia xonadon kompyuterlarida emas,balki mutaxasislar tomonidan ishlatilgan. 
1993-yilga kelib multimedialar tadqiqotchilar jamoasi , tayyor multimedia mahsulotlari va 
ularning iste'molchilari tomonidan foydalanila boshladi.
O‘zbek tili va boshqa tillarni o‘rgatishda kommunikativ muloqotga o‘rgatuvchi zamonaviy 
metodlardan foydalanish dars samaradorligini oshirish bilan birga o‘quvchilarning fanga, tilga
bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi va dunyoqarashini o‘stiradi. O‘qituvchi interfaol metodlarni 
qo‘llash bilan birga informatsion texnologiyalardan foydalanishi til o‘rganishda ko‘proq samara 
beradi.

Download 257 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish