-
moddiy tovarlar va harbiy ishlab chiqarishni ortiqcha baholash hamda
xizmatlar sektoriga
yetarlicha baho bermaslik;
-
milliy yutuqlar (aqtivlar) qiymatini, mamlakat aholisining ma‘lumot darajasi,
atrof - muhit holatini, ishlab chiqarish, bozor infratuzilmasi holatini hisobga
olmaslik;
-
uy xo‘jaligidagi ko‘ngilli jamoatchilikning haq to‘lanmaydigan mehnatni
hisobga olmaslik;
-
daromadlar oqimining aks etishi, lekin resurslar zahirasini ularni asrashga
yetarlicha baholamaslik.
Iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘sish sur‘atlarini hisoblashda narx o‘sishining
ta‘sirini yo‘qotish va fizik hajm o‘sishini aniqlash
uchun qiyosiy baholardagi
ma‘lumotlardan foydalanish kerak.
Qiyosiy baholardagi ko‘rsatkichlarni qo‘llash ijtimoiy ishlab chiqarish
tuzilmasi va proporsiyalar, shaxsiy iste‘mol tahlilida muhim ahamiyatga ega.
Umumiy qabul qilingan amaliyotda ekonometriq modellarning regression
tenglamalar parametrlarini hisoblashda ham qiyosiy baholardagi ma‘lumotlardan
foydalaniladi.
Iqtisodiy indikatorlar tizimini takomillashtirish
va uning faoliyat olib
borishdagi alohida muvaffaqiyatlariga qaramasdan, tizimning asosiy kamchiliklari
hali bartaraf etilmagan. Ularga birinchi navbatda quyidagilar tegishli:
- “yolg’on signal” mavjudligi, ya‘ni butun iqtisodiyotga tegishli
o‘zgarishlarga olib kelmaydigan iqtisodiy indikatorlar va indekslardagi o‘zgarishlar.
Shuning uchun har doim “haqiqiy signallar”ni aniqlash kabi murakkab va aniq javob
yo‘q bo‘lgan muammo kelib chiqadi;
-
turli indikatorlar va indekslar dinamikasida qat‘iysizlik;
-
indikator (trendlar) dinamikasi vaqt jihatidan iqtisodiy kon‘yunktura
o‘zgarishiga to‘gri kelmasligi;
-
iqtisodiy indikatorlar va indekslar tizimi bazasida prognozlash
o‘zgarishlarini miqdoriy baholashning qiyinligi.
Bundan tashqari, indikativ prognoz asosan qisqa muddatli (oylik, choraklik,
yarim yillik, yillik)
prognozlashga yaroqli, chunki ular yordamida qisqa muddatli
davrda vaqt jihatidan barqaror bo‘lgan har qanday indikator va iqtisodiy
kon‘yunktura o‘zgarishi xarakteri orasidagi munosabatni yetarli darajada ishonch
bilan o‘rnatish mumkin.
Yana
shu narsa muammoki, iqtisodiy sikllarning bosqichlari qat‘iy vaqt
davridan so‘ng qaytib kelmasligi isbotlangan, chunki ishlab chiqarish siklini keltirib
chiqargan fan-texnika taraqqiyoti sikllik kelmaydi. Shuni ham ta‘kidlash kerakki,
mavjud indikatorlar asosida prognozlarni ishlab chiqish jarayoni prognozchilarning
monopoliyasidir, u kuchsiz algoritmlangan va sof individual xarakterga ega. Shu
sababli indikatorlarning real dinamikasi turli prognozchilar tomonidan har xil
tushuntiriladi, shuning uchun bir xil ma‘lumotlar asosida bir-biridan ancha farq
qiladigan prognozlar qilinadi. Shuni ham hisobga olish kerakki,
har qanday
mamlakat iqtisodiy rivojlanishining sikl bosqichlari bir xil parametrlarda
qaytarilmaydi. Vaqt o‘tishi bilan mamlakat ichidagi iqtisodiy, ekologik,
siyosiy
muhit, mamlakat iqtisodiy holatining tashqi iqtisodiy omillari - savdo va ishlab
chiqarish bo‘yicha sheriklar, jahon moliyaviy bozorining holati o‘zgaradi. Shuning
uchun iqtisodiy indikatorlar va iqtisodiy holatning o‘tmishdagi tajribasini bog’liqliq
xarakteri o‘zgaradi.
Iqtisodiy indiqatorlar va indekslar tizimini prognozlash murakkabligi sabali
ayrim tadqiqotchilar bu uslubni fan emas, balki ko‘proq san‘at deb hisoblashadi.
Shuning uchun tadqiqotchining aqli va
tajribasi, iqtisodiy rivojlanish va iqtisodning
bu bosqichdagi xususiyatlarini yaxshi bilish juda muhimdir.
Prognozlashdagi bu yo‘nalishning yutuqlariga iqtisodiy statistikani
takomillashtirish sohasiga, milliy hisoblar doirasida ishonchli iqtisodiy axborot olish
tizimini tashkil etishga asosiy e‘tibor berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: