Хo‘jalik operatsiyasi deganda bir xo‘jalik yurituvchi sub‘ekt boshqasiga
moddiy boyliklar yoki moliyaviy boyliklar yohud xizmatlarni berishi yoki sotishi,
boshqasi esa ularni qabul qilishi yoki harid qilishi jarayoni tushuniladi.
Iqtisodiy operatsiyalar ikki tomonlama yozuv
tamoyili asosida tuzilgan
schyotlarda qayd etiladi, shunga asosan har bir operatsiya 2 marta – “resurslar” va
“ishlatilish” bo‘limlarida aks ettiriladi. Har bir schyot bo‘yicha saldo chiqariladi, u -
resurslar va va ulardan foydalanish o‘rtasidagi farq. Resurslar ortib qolganda saldo
“Ishlatilish” bo‘limiga, kamomadida “Resurslar” bo‘limiga yozib qo‘yiladi.
Ma‘lumotlardan tahlil qilish va prognozlash maqsadida foydalanish uchun
schyotlar faoliyat turi va milliy iqtisodiyot sektorlari bo‘yicha guruhlarga birlashadi.
Shunday qilib, MHT ni har bir iqtisodiy jarayonning u yoki bu tomonini,
birga
olganda esa iqtisodiy jarayonning umumiy tasvirini ko‘rsatuvchi o‘zaro bog’liq
schyotlar tizimi sifatida ko‘rsatish mumkin.
O‘zbekistonning MHT ichki iqtisodiy va tashqi iqtisodiy aloqalar uchun
schyotlarga ega. Prognozlash ko‘rsatkichlari tizimi o‘z ichiga ham andozaviy asosiy
ma‘lumotlar, ham tadqiqot maqsadlariga yetishish uchun kerak bo‘lgan milliy
hisoblar tizmiga kirmaydigan noandozaviy ko‘rsatkichlar ro‘yhatini oladi. Barcha
mamlakatlar uchun umumiy ko‘rsatkich mavjudligiga
qaramasdan har bir
mamlakatda ko‘rsatkichlarning o‘z tizimi mavjud. Bunda andozaviy va noandozaviy
ko‘rsatkichlar tizimida mamlakatlar orasida farq bor. Ko‘rsatkichlar tizimi
o‘zgarishi mumkin.
Bu iqtisodiy tizimda har yili yangi muammolar kelib chiqib,
ayrim eskilari
dolzarbligini yo‘qotishi bilan bogliq. Hozirda tahlilchilar va prognozchilarning
asosiy e‘tibori iqtisodning real sektori va investitsion jarayonlar rivojlanishini
baholash, iqtisodning
moliyaviy, mintaqaviy va ijtimoiy muammolarini yechishga
jamlangan.
Ko‘rsatkichlar tizimi mukammal emas va bu haqda ularni prognoz - tahliliy
hisoblarda foydalanishda esda tutish shart. Buni MHTda markaziy o‘rin egallagan
bir ko‘rsatkich - YaIM misolida ko‘rsatamiz. Ishlab chiqarish uslubi bilan
hisoblanganda u mahsulot va xizmatlar barcha ishlab
chiqaruvchilarning yalpi
qo‘shilgan qiymati sifatida hisoblanadi; daromadlar taqsimlanishi uslubi bilan
hisoblanganda, barcha turdagi iqtisodiy faoliyatdagi hamma xo‘jalik
yurituvchi
sub‘ektlarning daromadlari va amortizatsiya ajratmalari umumiy yig’indisi; yakuniy
foydalanish uslubida - ne‘matlar va xizmatlar, kapital qo‘yilmalarning yakuniy
iste‘moli, moddiy aylanma mablag’larning o‘sishi va tashqi iqtisodiy operatsiyalar
saldosining yig’indisi sifatida hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: