14
o‘rganishga bag‘ishlangan maqolasini e’lon qildi. U o‘zbek adabiy tilining fonetik
tarkibi, fonemalarning chastotasini o‘rgangan
22
.
I.A.Kissen publitsistik va badiiy matnlar asosida
kuzatishlar olib borgan
23
. U
o‘zbek nasrida faol qo‘llanadigan 101044 so‘zshaklini tahlilga tortib, badiiy
adabiyotdagi muallif va personaj nutqining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga
harakat qilgan.
R.Qo‘ng‘urov va A.Tixonov tomonidan nashr ettirilgan chappa lug‘at hozirgi
o‘zbek adabiy tilida faol qo‘llangan 30000 so‘zni o‘z ichiga oladi
24
.
Keyinchalik
R.Qo‘ng‘urov S.Karimov bilan hamkorlikda tuzgan konkordansida Zulfiya asarlarida
ishlatilgan so‘zlarning leksik, semantik va stilistik xususiyatlarini tahlil qilganlar
25
.
Lekin shuni ham alohida qayd etish lozimki, mazkur ishlarning soni qanchalik ko‘p
va ilmiy jihatdan yuqori saviyada bo‘lsa-da, tadqiqotlar tor doirada ya’ni, publitsistik
va badiiy matnlar asosida olib borilgan. Bundan tashqari, ular qo‘l kuchiga
asoslangan bo‘lib, bu tadqiqotchidan ko‘p vaqt va mehnat talab qiladi.
Keyingi yillarda tilshunoslikda tadqiqotlar olib borishda zamonaviy texnika
vositalaridan foydalanishga bo‘lgan qiziqish tobora kuchayib bormoqda. Masalan,
Samarqand davlat chet tillar institutida faoliyat ko‘rsatayotgan «Injener tilshunosligi»
markazining ilmiy xodimlari o‘zbek tilidagi matnlarga
qayta ishlov beradigan
kompyuter dasturlarini yaratish, funksional uslublarga oid matnlarni yig‘ish, statistik
ishlov berish va inglizcha-o‘zbekcha mashina tarjimasini yaratish sohasida bir qator
ishlarni amalga oshirganlar
26
.
S.Muhammedov gazeta-publitsistik matnlari ustida miqdoriy (statistik) metod
asosida kuzatishlar olib borgan
27
.
S.Rizayev «O‘zbek sovet bolalar adabiyoti tilining chastotali lug‘ati»da 100000
so‘zshaklidan foydalanilib, asosan, bolalar (poeziya, proza) adabiyoti tili
leksikasining miqdoriy (statistik) tuzilishini tahlil qilgan. Bundan tashqari,
olimning
matematik
lingvistika,
mashina
tarjimasi
nazariyasining
yuzaga
kelishi,
kompyuterning yaratilish tarixi haqida ommabop adabiyot va ko‘plab ilmiy
maqolalari e’lon qilingan. Olim bu borada olib borgan kuzatishlarini umumlashtirib,
2009 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi
28
.
22
Попов В.М. Ўзбек ва рус тилларини қиёсий ўрганишда статистик методни қўллаш // А.С.Пушкин номидаги Тил ва
адабиёт институти асарлари. 1-китоб. Ўзбек тили грамматикасидан материаллар.-Тошкент:ЎзР ФА нашриёти, 1949.
23
Киссен И.А. Опыт статистического исследования частотности
лексики передовых статей газеты «Кизил
Узбекистан» // Науч.труды ТашГУ. Новая серия.Вып. 247.- Ташкент, 1964.-С.44-58; Киссен И.А. Словарь
наиболее употребительных слов современного узбекского литературного языка.- Ташкент: Ўқитувчи, 1972.
24
Қўнғуров Р., Тихонов А. Обратный словарь узбекского языка. - Самарқанд, 1969. -С.240.
25
Қўнғуров Р., Каримов С. Зулфия поэзиясининг луғати. Конкорданс.- Тошкент: Ўқитувчи, 1981.
26
Арзикулов Х.А., Сафаров Ш.С. Автоматизированная система переработки узбекского текста// Строй языка и
методы обучения иноязычному общению. Сборник научных статей. - Самарканд, Изд.СамГУ, 1997. С.5-19;
Арзикулов Х.А., Қаршиев А.В. Лингвистический автомат: UZLANGTON //
Материалы Республиканской
научной конференции «Современное состояние проблемы и перспективы развития информатизации в
Узбекистане».- Ташкент: Фан, 1999. - С. 47-50; Арзикулов Х.А., Сафаров Ш.С., Каршиев А.Б., Уринбоева Д.
Автоматизированная системе переработки узбекского текста //Строй языка и методы обучения иноязычному
общению. Сборник научных статей. - Самарканд, Изд.СамГУ, 1997.-С.8-12.
27
Муҳаммедов С.А. Статистический анализ лексико-морфологической структуры узбекских газетных текстов:
Автореф. дисс… канд. фил. наук.- Ташкент, 1980.
28
Ризаев С. Кибернетика ва тилшунослик. - Тошкент: Ўзбекистон,1976; Ризаев С. Статистическая структура
языка «Дивана» Хамзы Хаким-заде Ниязи (частотный словарь и конкорданс).- Ташкент, 1989. - С. 248; Ризаев
С., Бўронов Н. Абдулла Қаҳҳор «Синчалак» повести тилининг частотали луғати. - Тошкент: Ўқитувчи, 1986;
Ризаев С. Ўзбек тилининг лингвостатистик тадқиқи: Фил.фан.док.дис…автореф. - Тошкент, 2008. –Б.50.
15
Sh.S.Imyaminova ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarda bo‘g‘in tiplarini aniqlash, muayyan
me’yorlarini belgilash va struktural tadqiq qilish
maqsadida statistik usuldan
foydalanilgan. Uning aniqlashicha, 78805 ta bo‘g‘indan eng ko‘p CV, CVC, VC
bo‘g‘in tiplari qayd etilgan. SVC- 30696 ta bo‘g‘in (38,07 %)ni, CV - 22633 ta
bo‘g‘in (28,12%)ni, VC – 13340 bo‘g‘in (16,42%)ni tashkil etganligini aniqlagan.
Undoshlar koefitsiyenti, so‘zning uzunligi va chuqurligi tahlil etilgan
29
.
Xalq yozuvchisi A.Qahhor asarlari matnini ilk kompyuter dasturlari yordamida
3 tomli (chastotali, alfavitli, ters) lug‘at tartibga keltirilgan va adib badiiy-publitsistik
merosining leksik-semantik arsenali to‘liq aks ettirilgan
30
.
S.Muhammedova o‘zbek tili leksikasidagi semantik makromaydon birliklari –
harakat fe’llari asosida kompyuter dasturlari uchun lingvistik ta’min yaratish
namunalarini ishlab chiqdi
31
.
Do'stlaringiz bilan baham: