Tayanch harakat apparatining gigiyenasi
Bolalarning o‘quv va Mehnat faoliyatini tashkil etishda o‘quv va Mehnat
sharoitlarining gigiyenaga to‘g‘ri kelmasligi, sinf jixozlarining maqsadga muvofiq
bo‘lmasligi, portfelini doim bir qo‘lda olib yurishi, uydagi turmushni uyushtirishda
ish o‘rnining gigienik jixatdan to‘g‘ri kelmasligi, o‘rin – qo‘rpaning haddan
2Anatomy of the Human Body.Henry Gray.Nega Assefa Alemaya University Yosief Tsige Jimma University.In collaboration with the Ethiopia Public Health Training Initiative,
The Carter Center, the Ethiopia Ministry of Health, and the Ethiopia Ministry of Education 2003. 467-500 betlar mazmun mohiyatidan foydalanildi.
tashqari yumshoq va notekis bo‘lishi umurtqa pog‘onasining
rivojlanish
xususiyatlariga etarlicha baxo bermaslik tayanch – harakat apparatining noto‘g‘ri
o‘sib – rivojlanishiga olib keladi. Tayanch – harakat apparatining gigienik
qonunlarga rioya qilmasliq umurtqa pog‘onasining rivojlanishiga, ya’ni qad-
qomatning buzilishiga olib keladi. Bularga egilgan, kifotik, lordotik, skoliotik qad-
qomat deyiladi.
Egilgan qad-qomat bolalar tik turganda boshi bir oz oldinga egilgan, elkalari
oldinga osilgan, ko‘krak qafasi botiqroq, qorni oldinga chiqqan bo‘ladi.
Kifotik qad-qomatli bolalarda kuraklar qanotga o‘xshash ko‘tarilib turadi.
Bukir holat yuzaga keladi.
Lordotik qad-qomatli kishilarda gavdasining orqa qismi tekis, ko‘krak qafasi
yassi, qorni oldinga chiqqan bo‘ladi, umurtqa pog‘onasining bel qismi normadan
ko‘proq oldinga buqilishi kuzatiladi.
Skolioz deb ataluvchi qad-qomatli bolalarda tik
turganda elkalarining biri
past, biri baland, ko‘kraklari ham past, baland bo‘lib, ko‘krak qafasining bir
tomoni bo‘rtganroq, ikkinchi tomoni botiqroq holatda bo‘ladi.
Qad-qomatning
buzilishi faqat tashqi ko‘rinishni emas, balki ichki organlar (o‘pka, yurak, jigar,
buyrak, oshqozon va ichak kabilar) ning rivojlanishi va funksiyasiga ham salbiy
ta’sir ko‘rsatadi.
Bolalarda umurtqa pog‘onasining normal shakllanishi uchun quyidagi
gigienik qoidalarga amal qilish kerak; bolani yoshlikdan tekis va bir oz qattiqroq
to‘shakda uxlashga o‘rgatish, yostiq pastroq bo‘lishi kerak; bolani 6
oylik
bo‘lguncha o‘tkazmaslik, 10 oylik bo‘lguncha oyog’‘ida uzoq vaqt tik
turg‘azmaslik kerak; kichik yoshdagi bolalar, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uzoq
vaqt bir joyda o‘tirmasligi, tik turmasligi, uzoq masofaga yurmasligi, og‘ir yuk
ko‘tarmasligi, doim bir qo‘lda ish bajarmasligi kerak; O‘quvchilar bo‘ylariga mos
parta, stol-stullarda o‘tirishi kerak, parta, stol-stulda o‘tirganda gavdasi tik, elkalari
bir tekisda, beli stul yoki parta suyanchig‘iga
suyanib turishi, oyoqlari tizza
bug‘imida to‘g‘ri burchak hosil qilib, bukilgan, ko‘krak bilan parta qirrasi orasida
3-5 sm. ga yaqin masofa bo‘lishi kerak.
Yassioyoqlik. Odam tovon kaftining pastki qismi tayanch-harakat
sistemasining ressori vazifasini bajaradi. Bolalar uzoq vaqt tik turganda, Og‘ir yuk
ko‘targanda, tor poyafzal kiyganda oyoq panjasi gumbazi yassilanadi,
natijada
yassioyoqlik kelib chiqadi. Yassioyoqlik natijasida oyog’‘ining tovon- panja va
boldir muskullarida og‘riq bo‘ladi. Yassioyoqlik tug‘ma va hayotda orttirilgan
bo‘ladi. Yassioyoqlikning tug‘ilgandan keyin yuzaga kelishi sabablari
kuyidagilardan iborat: bolani juda yoshligidan (8-10 oyligidan) boshlab yurg‘izish,
uzoq vaqt tik turg‘izish, yosh bolaga poshnasi
yumshok poyabzal kiygizish,
o‘quvchilarning kun bo‘yi poshnasiz sport poyabzalida yurishi, poshnasi baland,
uchi tor poyabzallarni kiyish, og‘ir yuk kutarish.
Ana shularni hisobga olib, yassioyoqlikni oldini olishga e’tibor berish kerak.
Shu bilan bir qatorda davlatimiz tomonidan maxsus ortopedik poyafzallarni ishlab
chiqarish maqsadga muvofiqdir.
Sog’liqning muhim belgilari bu kishilarning tugilish, o’sish, yashash, ishlash
va keksayish davridagi sharoitlar va shu jumladan, sog’liq tizimidir. Bu vaziyatlar
pul, kuch va boylilklarning iqtisodiy tanlovlar ta’siri ostida xalqaro, milliy,
mahalliy darajada taqsimlanishi tomonidan shakllantiriladi.
Sog’liqdagi bir maromdagi yoki qadam-vaqadam pasayish ijtimoiy holatning
pasayishi bilan birga keladi. U yalpi aholi bo’ylab ijtimoiy - iqtisodiy va sog’liq
o’rtasidagi bog’liqlikni ko’rsatadi. Qaysidir usulda sog’liq o’lchanadi va ijtimoiy -
iqtisodiy jihatdan manfaatli, yaxshi sog’liqqa ega va kasallik yoki o’lim havfining
quyi darajasida turgan guruxlar ustidan ma’lum daraja o’rnatishga moyil bo’ladi.
G’arb davlatlarida darajaviylikning shakli o’limlar soni,
noxushliklarning oshishi
va ijtimoiy noqulayliklarning oshishi sababli yaxshi yashashning pasayishi uchun
birmuncha tekis bo’ladi. Vaqt o’tgani sayin, sog’lomlik darajasi yuqoriga tomon
ko’tarilyapti, chunki ko’plab insonlarning sog’lig’i yaxhilanmoqda. Shunga
qaramasdan, so’g’lom muhitda yashovchilarning ko’pchiligi yaxhilanish darajasini
bundanda oshirishga moyil bo’lishmoqda,
shu sababdan, adolatsizlik va
tengsizliklar ham oshishga moyil bo’lyapti.
3
3
The Rignt Start to a Healthy Life. Contact : i.stegeman @eurohealthnet.eu, c.costongs @eurohealtnet.eu
EuroHealthNet, Rue de la Loi 67 , 1040 Brussels, Belgium, 194 bet mazmun mohiyatidan foydalanildi.