Tosh kent davlat a g r ar universiteti ozbekjlston r espublik asi fanlar akadem iyasi z o o L o g iy a in st it u t I



Download 7,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/133
Sana17.07.2022
Hajmi7,36 Mb.
#810677
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   133
Bog'liq
Baliqlar kasalliklari. Safarova F.E.

Girodaktilyozlar
Girodaktilyoz - bu chuchuk suv baliqlarining invazion 
kasalligi bo‘lib, u 
Gyrodactylus
avlodiga mansub monogenetik 
so‘rg‘ichlilami baliqlaming terisida, suzgichlarida, kamroq jabrasida 
parazitlik qilishi oqibatida qo‘zg‘atilib, kasallik teri va suzgich- 
larining nursizlanishi (xiralashuvi), dastlab dogiar, keyinchalik esa 
epiteliy hujayrasini tushishi bilan kechuvchi och-ko‘kimtir-kulrang 
tusdagi parda (qobiqcha)ning hosil boiishi bilan xarakterlanadi. 
Kasallikka ko‘proq karp turdagi baliqlar karp, sazan, tovon baliq, 
forel, oq amurlar moyil. Hovuzli xo'jaliklarda ko‘proq girodak- 
tiluslaming quyidagi turlari uchraydi: 
Gyrodactylus katharineri, G.
cyprini, G.elegans,
oq amur baliqlarida - 
G. etenopharyngodonis,
ugra baliqlarida esa 
G. angnillae.
Chuchuk suv baliqlarida jami 20 
turdan ortiq girodaktiluslar parazitlik qiiadi. Shulardan 
Gyrodactylus
katharineri
va 
G. cyprini
eng xavflilari hisoblanadi.
122


Girodaktilyoz va uning qo‘zg‘atuvehisi. Girodaktilyoz 
qo'z^atuvchisi-Gyrodactylm elegans, Gyrodactylus medius.
Tana 
uzunligi 0,6-1 mm, eni 0,12-0,15 mm. Girodaktiluslar mazok bilan 
oziqlanadi, shuning bir qatorda terining o‘lgan hujayralari bilan 
oziqlanadi. Parazitning oziqlanishi tufayli baliqlarda oziqlangan 
joyda teri buziladi, nekroz boshlanadi. Ayrim hollarda parazit 
oziqlangan joyda baliq terisida kichik-kichik yaralar paydo bo‘ladi.
Rivojlanishi. Girodaktiluslar tirik tug‘uvchi parazit lard ir, to‘liq 
shakllangan yosh girodaktiluslami tug'adi. (ular tezda jinsiy voyaga 
yetadi). Girodaktiluslaming kurtak, pusht (zarodish) xaltasida qizlik 
girodaktiluslar hosil bo‘ladi, ularda ham tug‘ishidan oldin kurtaklar, 
pushtchalar hosil bo‘ladi. Bu jarayon parazitning butun hayoti 
davomida takrorlanadi. Girodaktiluslaming yashash muddati 12-15 
kunni tashkil qiladi.
Epizootologik m a’lumotlar. Kasallik ko‘pchilik mintaqalarda 
qayd etilgan. Kasallik qishlovchi hovuzlarda ko'proq mart-aprel 
oylarida kuzatilib, epizootik ko‘rinishda kechadi. Invaziyaning eng 
ko‘p rivojlanishi bahorda havo isiy boshlagan vaqtda namoyon 
boiadi. Asosan karp, sazan, ularning gibridlari va tovon 
baliqlarning segoletkalari va oq amurlarning yoshlari kasallanadi. 
Biroq girodaktiluslar bilan baliqlarning malkilari va yoshi katta 
baliqlar ham zararlanadi, lekin ularda invaziyaning intensivligi past 
bo‘lib, ular parazit tashuvchi bo‘Jib xizmat qiladi. Zararlanish 
darajasi 85-100 %gacha yetib, invaziyaning intensivligi 75-100 
ekz.ni tashkil qilishi mumkin. M aium darajada baliqlarning nobud 
bo‘lishi kuzatiladi.
Kasallikning klinik belgilari. Zararlangan baliqlarning terisi va 
suzgichlari xiralashadi. Dastlab, dogiar, keyinchalik esa epiteliy 
hujayrasining to‘kilishi bilan kechuvchi och-ko‘kimtir-kulrang 
parda hosil boiadi. Kasal baliqlar oriqlaydi, ko‘zlari ko‘z kosasiga 
kirgan. Suzgichlarining nuraro to4qimasi buzilgan boiib, ulardan 
erkin 
osilib turgan nurlar qolgan. 
Kasallikning namoyon 
bolishidagi o‘ziga xosligi shundan iboratki, yanvar-fevral oylarida 
suv havzalarining qirg‘oqlarida onda-sonda kasal baliqlar kelib
123


qoladi. Ular hayvonni yutadi
tashqi 
ta’sirotlarga 
javob 
qaytarmaydi, 
mart-aprel oylarida 
esa 
hovuz 
qirg‘oq!arida kasal baliqlar 
soni 
tezda 
oshib, ommaviy xarakterga 
ega b o ia d i. 
Agarda 
davolash 
muola- 
jalari olib borilmasa, 
suv 
havzalarining qirg‘oqlarida muzlarning 
erib ketish idan so‘ng olgan 
baliqlar 
to'dasini ko‘rish 
mumkin.
Patogenezi. Girodaktiluslar 
shilimshiq modda va to‘qima 
hujayrasi 
bilan 
oziqlanadi, ten qatlamini jarohatlaydi, 
shikastlaydi, 
suzgichlami buzadi. Buning 
oqibatida shilimshiq hosil 
bolish 
jarayoni buziladi 
va 
suzgichlaming shikastlangan uchastkalarida 
turli 
xil zamburuglar va mikroorganizmlar o‘mashib olib patologik jara- 
yonni yanada chuqurlashtiradi, oqibatda esa butun organizmning 
funksiyasi izdan chiqadi. Kasal baliqlar o‘sishdan orqada qoladi, qon 
tarkibida ham o‘zgarish kuzatiladi. Monotsit, 
polimorf 
o'zakli agronu- 
lotsitlar miqdori ko‘payadi, gemogiobin miqdori 16-18 %ga kama- 
yadi, eritrotsitlarning cho‘kish tezligi (ROE) 1.5-2 marta tezlashadi.
Diagnoz epizootologik ma’lumotlar, klinik belgilar va skalpel 
yordamida teri va suzgichlaming yuzasidan olingan shilimshiqni 
mikroskopik tekshirish asosida qo‘yiladi. Olingan shilimshiq 
namunasi buyum oynachasiga o‘tkaziladi, qoplaglch oyna bilan 
yopib, yoki kompressor usulida mikroskopning 
kicliik 
yoki o ‘rta 
kattaligida tekshiriladi. Topilgan gelmintlar miqdori 
sanaiadi 
va 
pax-azitning turigacha aniqlanadi.
Kasallilaii oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari. 
Kasal 
baliqlarni davolashda tuzli vanna usuli ishlatiladi. Kasal baliqlarni 
5%li ammiak eritmasida xaroratga bogiiq holda 30 sekunddan I 
daqiqagacha ekspozizitsiya (ushlab turiladi) qilinadi. Kasal 
baliqlami formalinning 1:400, 1:5000 nisbatdagi eritmasida 25 
daqiqa davomida ekspozitsiya qilish ham yaxshi samara beradi. 
Karp turdagi baliqlaming girodaktilyoziga qarshi qishlovchi 
hovuzlarda fevral oyidan boshlab har oyda bir ishlovdan 3 marta 
metilen ko‘ki bilan 1 
g/m 
kub dozada qollashni tavsiya etadi. 
Agarda qishda kasallik kelib chiqsa, baliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
hovuzlami o‘zida yashiltosh ko‘ki bilan 0.16 g/m3 dozada 25 soat 
davomida, “K” binafsha preparati bilan suv almashinuvini
124


to‘xtatmay turib 0.2 g/xn3 dozada, metilen ko‘ki bilan - 1 g/rn3 
profilaktik dozada 7 kun davomida ekspozitsiya qilish mumkin.
Basseynlarda yashiltosh ko‘ki 1:100000 nisbatdagi eritmasida 5 
daqiqa davomida 2 marotaba 2 kun oralatib qollaniladi. 
Xo‘jaliklarda girod^ktiloz kelib chiqishining oldini olish maqsadida 
quyidagi kompleks profilaktik tadbirlarni amalga oshirish kerak:
a) nosog‘lom xo‘jaliklarda bir yoshdagi karp turidagi baliqlarni 
yayrovchi hovuzlarga o‘tkazishdan oldin hamda naslli va remont 
(toidiruvchi) guruhidagi baliqlarni tuzli vannada 5% li osh tuzi 
bilan ishlovdan o'tkaziladi. Kuzda bir yoshli va naslli baliqlarni 
qishlovchi hovuzlarga o‘tkazishdan oldin xuddi shunga o‘xshash 
tadbirlar amalga oshiriladi;
b) invaziyalangan baliqlarni boshqa suv havzaiariga o‘tka- 
zishdan oldin 5% li osh tuzi eritmasi bilan ishlovdan o‘tkazish;
d) o‘stiruvchi hovuzlardagi girodaktiluslar bilan invaziyalangan 
baliqlarni ovlab bo‘lgach quritiladi va so‘ndirilgan yoki xlorli ohak 
bilan dezinfeksiyalanadi, qishda esa hovuzlar suvsiz saqlanadi;
y) o‘stiruvchi hovuzlardagi bir yoshli baliqlarning girodak- 
tilozga chidamliligini (rezistentligini) oshirish maqsadida to‘vimli 
oziqlantirib borish;
f) 
yovvoyi baliqlarning (invaziya tashuvchilari) suv havzalari 
yoki basseynlarga kirib qolishini chegaralash maqsadida magistral 
suv tashuvchi kanallarda panjaralar o‘rnatish.
Ushbu tadbirlarni bizlar reja asosida, muntazam ravishda 
amalga oshirsak, kasallik kelib chiqmaydi, kelib chiqqan taqdirda 
ham uni tezda bartaraf etishga erishiladi.

Download 7,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish