Reja: O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarini attestasiyadan o‘tkazish mohiyati, mezonlari va texnologiyalari


boshqaruvining huquqiy-me'ѐriy va idoraviy me'ѐriy hujjatlar bilan ta'minlanishi



Download 269,39 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana16.07.2022
Hajmi269,39 Kb.
#810338
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
EcQiGEceD9Jw3UDttOK4tJGfyH3RvQvWRsXI2B0s

boshqaruvining huquqiy-me'ѐriy va idoraviy me'ѐriy hujjatlar bilan ta'minlanishi 
ahvoliga oid jadvallar alohida talablar asosida to‘ldirilishi va rasmiylashtirilishi lozim. 
Chunki, har bir huquqiy–me'ѐriy hujjatning ijrosini ta'minlash maqsadidan kelib 
chiqqan holda ta'lim muassasasida hujjatlarda belgilangan vazifalarning ijrosi 
bo‘yicha ko‘rilgan amaliy choratadbirlarning to‘laqonli bajarilishi nazoratga olingan, 
ijro intizomiga qat'iy amal qilinganligi, shuningdek, hujjatlar ijrosi bo‘yicha yig‘ma 
jildlarning rasmiylashishi holatiga baho beriladi. Ta'lim muassasalari boshqaruvining 
huquqiy-me'ѐriy va idoraviy me'ѐriy hujjatlariga tegishli bo‘lim o‘rnatilgan tartibda 
to‘ldirilgan jadvallar asosida baholanadi va bajarilish sifatining foizi aniqlanadi. 
Ta'lim muassasasi Ustavi, Pasporti, ichki mehnat tartibi qoidalari, rahbar tomonidan 
muassasani qabul qilganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma, yangi o‘quv yiliga tayѐrgarlik sifati 
haqidagi dalolatnoma, oldingi attestasiya materiallari va akkreditasiyadan o‘tganligi



haqidagi hujjatlar, ta'lim muassasasining istiqbol rejasi, ta'lim muassasasiga kelgan va ketgan 
hujjatlarni va monitoring natijalarini qayd etish daftarlari hamda ular ijrosining sifati 
baholanadi.
Ta'lim muassasasi Ustavi (1-satr) - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
2017 yil 15 martdagi 140-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqilishi va Ustav - 1) umumiy 
qoidalar, 2) maktabning maqsad va vazifalari, 3) maktab ta'lim-tarbiya jaraѐnining mazmuni 
va uni tashkil etish, 4) o‘quvchilarning huquq va burchlari, 5) maktab pedagog xodimlari, 6) 
maktabni boshqarish, 7) ota-onalar ѐki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning huquqlari, 
majburiyat va mas'uliyatlari, 8) maktabning moddiy va moliyaviy xo‘jalik ta'minoti, 9) 
maktabning xalqaro hamkorlik faoliyati bo‘limlaridan iborat. Ustavning to‘g‘ri 
rasmiylashtirilganligini o‘rganishda ta'lim muassasasi pedagogik kengashida muhokama 
qilinganligi va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash uchun tavsiya etish haqida qaror qabul 
qilinganligiga, tuman(shahar) ta'lim muassasalari faoliyatini ta'minlash va tashkil etish 
bo‘limi buyrug‘i bilan tasdiqlangan va mudir tomonidan (imzo va muhr bilan) rasmiylashgan 
bo‘lishi, mahalliy davlat hokimiyati tomonidan ro‘yxatga olinganligi (tegishli raqam va muhr 
bo‘lishi shart), Ustavga o‘zgartirish kiritilsa, kiritilgan o‘zgartirishni rasmiylashtirish 
yangidan amalga oshirilganligi o‘rganiladi va baholanadi.
Ta'lim muassasasining texnik pasportida (2-satr) qurilish me'ѐrlari va qoidalari, 
sanitariya me'ѐrlari, tarbiyalanuvchilar sog‘ligi muhofazasi, ta'lim-tarbiya jaraѐnining va 
guruh xonalarining minimal ta'minoti bo‘yicha davlat talablari ko‘rsatilishi kerak. Ushbu 
hujjat tuman(shahar) ta'lim muassasalari faoliyatini ta'minlash va tashkil etish bo‘lim mudiri 
tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Ichki mehnat tartib-qoidalarida (3-satr) har bir xodimning ish tartibi, ishga kelish-ketish 
vaqti ѐzilgan va tasdiqlangan bo‘lishi hamda ta'lim muassasasidagi tartib-qoidalar aks etishi 
lozim. Ishga yangi kelgan har bir xodim ichki mehnat tartib-qoidasi bilan tanishtiriladi va 
tanishganligi to‘g‘risida qayd qilinadigan daftar tutilib, unga tanishgan sanasi va imzosi 
qo‘yiladi.
Muassasani qabul qilish haqidagi dalolatnoma (4-satr)Ta'lim muassasasi rahbari 
o‘zgarganda ta'lim muassasasiga tegishli moddiymoliyaviy ashѐlarni, xalq ta'limi boshqaruv 
organlarining mas'ul vakillari tomonidan ixtiѐriy ravishda tuzilgan, sobiq rahbar ishtirokida 
muassasani dalolatnoma asosida ikkinchi rahbarga topshiradi.
Dalolatnomaga topshirilaѐtgan narsalar ro‘yxati ilova qilinadi. Ushbu hujjat ta'lim 
muassasasida doimiy saqlanadi.
Ta'lim muassasasining yangi o‘quv yiliga tayѐrgarlik to‘g‘risidagi dalolatnomasi (5-
satr) har o‘quv yili boshida (iyul-avgust oyida) tuziladi va tuman hokimi o‘rinbosari, 
tuman(shahar) ta'lim muassasalari faoliyatini ta'minlash va tashkil etish bo‘limi mudiri, 
tuman gaz ta'minoti korxonasi raisi, tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbari va tuman 
ѐng‘indan muhofaza qilish bo‘limi rahbarlari tomonidan imzolanadi. 
Umumiy o‘rta ta'lim muassasasining attestasiyadan o‘tganligi va akkreditasiya 
qilinganligi to‘g‘risidagi hujjatlari (6satr) Bunda ta'lim muassasasining attestasiyadan o‘tgan 
yili, akkreditasiya qilinganganligi haqidagi sertifikat raqami, berilgan yili haqidagi 



ma'lumotlar kiritiladi. Ushbu sertifikat ta'lim muassasasida saqlanadi.a gar muassasa 
attestasiyadan o‘tmagan, akkreditasiya qilinmagan bo‘lsa «mos emas» deb baholanadi.
Ta'lim muassasasining istiqbol rejasi (7-satr) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2004 yil 21 maydagi «2004-2009 yillarda maktab ta'limini rivojlantirish davlat umummilliy 
dasturi to‘g‘risida»gi PF-3431 Farmonida belgilangan vazifalardan kelib chiqib tuzilganligi, 
unda ta'lim muassasasining binosi va qo‘shimcha imoratlarining holatini yaxshilash, 
zamonaviy o‘quv va o‘quv-laboratoriya uskunalari, komp'yuter texnikasi, darsliklar va 
o‘quv-uslubiy materiallar bilan jihozlash, malakali pedagoglar bilan ta'minlash, ularning 
malakasini oshirish va mehnatini rag‘batlantirish, sport bazasini mustahkamlash va 
rivojlantirish ishlarining amalga oshirilgani haqidagi ma'lumotlar to‘liq kiritiladi.
Ta'lim muassasasida kelgan va ketgan hujjatlar(8-satr) (buyruq, xat, ko‘rsatma va 
boshqalar)ning nazoratga olinganligi, hujjatlarning maxsus daftarlarga qayd etilganligi, 
belgilangan vazifalarning bajarilish muddati, ijrosi uchun mas'ul tayinlanganligi, 
bajarilganlik belgisi nazoratga olinganligi, kelgan va ketgan hujjatlarni qayd etish daftari 
sahifalari raqamlangani, tikilgani, ta'lim muassasasi rahbari tomonidan imzolanib va 
muhrlangani, olingan buyruqlar soni, daftar talabga javob beradi ѐki yo‘qligi haqidagi 
ma'lumotlar ѐzilib, baholandi.
Monitoring natijalarini qayd etish daftari (9-satr) ning sahifalari tikiladi, raqamlanadi va 
ta'lim muassasasi muhri bilan tasdiqlanadi. Daftarga qayd etilgan tekshirishlar ko‘rsatiladi.
(1.8-jadval).Ta'lim muassasasi o‘quv-pedagogik hujjatlarining rasmiylashtirilishi va 
yuritilishi
Ta'lim muassasasi pedagogika kengashi baѐnnomalari daftari (1-satr) da pedagogika 
kengash (keyingi o‘rinlarda-Kengash) kun tartibiga kiritilgan masala muhokamasining 
borishi, mazkur kengash baѐnnomalari aniq, ozoda, ravon husnixat bilan ѐzilganligi, 
daftarning har bir sahifasi raqamlangan, tikilgan, T(Sh)XTB rahbari tomonidan yakuniy 
betga ip uchi va alohida qog‘oz yelimlanganligi, betlar soni yelimlangan qog‘ozga raqam 
hamda so‘zda ѐzilganligi, rahbarning imzo qo‘yganligi va muhrlanganligi, Kengash 
faoliyatini tashkil etish va ish mazmuni -Kengash O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi 
vazirligi (keyingi o‘rinlarda - XTV)ning 2011 yil 7 iyuldagi 144-sonli buyrug‘i bilan 
tasdiqlangan Nizomga muvofiq tashkil etiladi. Yuritilishi bo‘yicha ustunga kengash hujjatlari 
(1) ish reja; 2) Kengash baѐnnomalari daftari; 3) Kengash kun tartibida muhokama qilingan 
materiallari; 4) Kengashning yillik hisobotidan iborat bo‘ladi) asosida muassasaning 
attestasiyadan o‘taѐtgan kunigacha bo‘lgan davrdagi ma'lumotlar tahlili qiritiladi.
Ta'lim muassasalaridagi buyruqlar daftari (2-satr) – bitta va undan ko‘p bo‘ladi.
Birinchisida o‘quvchilarga taalluqli buyruqlar, ikkinchisida kadrlar haqidagi buyruqlar, 
uchinchisida ishlab chiqarish jaraѐniga oid buyruqlar ѐziladi.
Birinchi buyruqlardaftarida o‘quv yili boshida (10-15 sentyabrdan kechikmasdan) 
o‘quvchilarni birinchi sinfga qabul qilish va sinflarga taqsimlash, o‘quvchilarni navbatdagi 
sinfga qabul qilish, 20 sentyabrgacha kuni uzaytirilgan guruhlarni komplektlash haqida, 10-
15 sentyabrdan kechikmasdan o‘quvchilarning sinflar bo‘yicha taqsimlanishi, o‘quv yili 
davomida ta'lim muassasasidan ketgan ѐki kelgan o‘quvchilar (bir haftadan kechikmasdan) 
haqidagi buyruqlar ѐziladi (har bir o‘quvchiga alohida). 


10 

Download 269,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish