YASSI VA TO‘GARAK
CHUVALCHANGLAR TIPLARI
Yassi chuvalchanglar – tanasi ikki yonlama simmetriyali ko‘p
hujayralilar. Ularning hazm qilish, ayirish, sezgi, germofrodit jinsiy
organlari rivojlangan. Ular kiðrikli chuvalchanglar, so‘rg‘ichlilar, tas-
masimon chuvalchanglar sinflariga bo‘linadi.
Yassi chuvalchanglar tiði:
8-§.
kiðrikli chuvalchanglar sinfi
Kiðrikli chuvalchanglarning gavdasi bargsimon shaklda bo‘lib,
mayda kiðriklar bilan qoplangan. Ular dengiz va chuchuk suvlarda
erkin yashaydi. Oq planariya – tiðik vakili hisoblanadi.
Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Oq planariya daryo va ko‘llar-
ning tubida hayot kechiradi. Uni ayrim kichikroq soylar
ning tubi-
da yotgan tosh, barg va cho‘plarning ostidan topish mumkin. Oq
planariya tanasining uzunligi 2–3 sm, oqish yoki kulrang tusda.
Tanasi
ning biroz kengaygan oldingi tomoni ikki yonida kalta o‘sim-
talarga o‘xshash ikkita sezgi paypaslagichlari va ikkita qora nuqta
shaklidagi ko‘zcha
lari joylashgan (16-rasm, A). Tanasi sirti bir qa-
vat kiðrikli epiteliy hujayralari bilan qoplangan. Planariya kiðriklar
yordamida sirpanib harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |