“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
173
UMUMTEXNIKA YO‘NALISHIDAGI MUHANDISLIK KASBIDA FIZIKA FANINING
AHAMIYATI
Eshqulov A.A., Saidaxmedova Z.R.
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga
ko‘tarish, kelajak uchun barkamol avlodni tarbiyalash ishlari Davlat siyosatining ustivor yo‘nalishiga
aylandi.
Vatanimizda olib borilayotgan ishlardan asosiy maqsad, yurtimizda sog‘lom va barkamol,
bilimli, yuksak ma’naviy-ahloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan avlodni shakllantirishdan iborat. Aynan ana
shu maqsadga erishish uchun muhtaram yurtboshimiz rahnamoligida yangi davrda yashaydigan,
yangicha fikrlaydigan, yangi ishlab chiqarish, ijtimoiy sharoitlarda faoliyat ko‘rsatadigan, zamonaviy
kasbiy mahoratga ega bo‘lgan mutaxassis kadrlar tayyorlashning “O‘zbek modeli” hayotga tadbiq
etilmoqda.
O‘zbekistonning kelajagi, uning istiqboli, birinchi navbatda yoshlar tarbiyasiga, ularni sog‘lom
qilib o‘stirishga, milliy g‘oya, milliy mafkura va o‘z vataniga sadoqat ruhida tarbiyalashga bog‘liq
bo‘lib, bu murakkab jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish mustaqil mamlakatning eng dolzarb
vazifalaridan
biridir.
Shuning
uchun
ham,
Birinchi
Prezidentimiz
I.A.Karimovning
“Mamlakatimizning istiqboli yosh avlodlarimiz qanday tarbiya topishiga, qanday ma’naviy fazilatlar
egasi bo‘lib voyaga etishiga, farzandlarimizning hayotga nechog‘lik faol munosabatda bo‘lishiga,
qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog‘liq ekanligini hamisha yodda tutishimiz kerak” deb
ta’kidlaganlari bejiz emas. Shu boisdan ham bugungi kunda yoshlarning ta’lim-tarbiyasi mustaqil
O‘zbekistonning davlat siyosatida ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari
bo‘yicha qabul qilingan harakatlar strategiyasida ta’lim va fan sohasini rivojlantirishga alohida etibor
qaratilgan. Bunda ko‘zda tutilgan asosiy maqsad uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish
yo‘lini davom ettirish, sifatli ta’lim xizmatlariga imkoniyatlarni oshirish, mehnat bozorining
zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qaratilgan.
Ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi va
o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan jihozlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish orqali ularning moddiy-
texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan aniq maqsadga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rish mumkin.
Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017 yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli qarori chiqarildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no-
mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar
tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan.
Bugungi kunda talaba shaxsini barcha imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun albatta ta’lim
shaxsga yo‘naltirilgan xarakterda bo‘lishi talab etiladi. Buning uchun ta’limni tashkil etish jarayonida
talabaning qobilyatlari, ehtiyojlari va o‘ziga xos jihatlarini hisobga olish lozim. Ana shu elementlar
hisobga olingan taqdirda o‘z-o‘zidan tabaqalashtirilgan, rivojlantiruvchi, o‘qishga bo‘lgan motivlarni
kuchaytiruvchi “sub’ekt- sub’ekt” konsepsiyaga asoslangan ta’lim tizimi kelib chiqadi. Oliy ta’lim
muassasalarida fizikani o‘qitishda fizikaviy jarayolarni, hodisalarni tabiiy tarzda, asosiy ko‘rinishda
ro‘yobga chiqarishi jihatdan ob’ektiv namoyish tajribalari talabalar uchun ishonarliligi, mantiqiyligi
va ruh bag‘ishlashi jihatdan katta didaktik qudratga egadir. Mantiqiy, analitik va matematik
xulosalarning bunday eksperiment asosida ro‘yobga chiqarilgan isboti talabaning ilmiy ma’lumotlarini
tugal – ishonarli qabul qilishini, xotirasida mustahkam o‘rnashishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |