“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
138
2.Nanokompozitlarning energetik kondensirlangan muhitlarda
qo’llanilishi (raketa yoqilg’isi uchun nanodispersion komponentlarni
yaratish, portlovchi moddalar, porox va boshqalar).
3.Harbiy maqsadlarda nanoelektronikaning elementar bazasini
yaratish (Kvant kompyuterlaridan foydalanish hisobiga elektron
asboblarning massasi va o’lchamini keskin kamaytirish).
4.Radiatsion, kimyoviy va bilogik qidiruv ishlarini olib boruvchi
harbiy texnika namunalarini yasash (Robototexnika). Bu sohada
yangi qurilmalarni yaratishda monomolekulyar qatlamli sezgir
moddalar elementlarini qo’llash asosida bunday asboblarning
sezgirlik qobiliyati yuqori bo’ladi va ular 10
-4
% aniqlikda zararli
moddalar konsentratsiyasini aniqlash imkoniyatiga ega bo’ladi.
O‘quvchilar orasida harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini yanada kuchaytirish davr talabidir.
Chunki, biz yer sharining turli nuqtalarida odamlar qoni behuda to‘kilayotgani haqida nohush
xabarlarni tez-tez eshitib turibmiz. Shu boisdan, mamlakatning mudofaa qobiliyatini
mustaxkamlashga, Qurolli Kuchlarning harbiy qudratini oshirishda boshqa fanlar bilan bir qatorda
fizika fanini amaliyotga tadbiqi muhim hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
1.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy texnik
mutahasisliklar bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida PQ-4061-son 12.12.2018 yil.
2.
N.Sadriddinov, A.Rahimov, A.Mamadaliev, Z.Jamolova “Fizikani o‘qitish uslubi asoslari”
Toshkent “O‘zbekiston”-2006 yil.
TABIIY FANLARNING INTEGRATSIYASI JARAYONIDA MATEMATIKANING
O‘RNI
Sidiyorov S., Pardayeva Z. Jizzax Davlat pedagogika instituti
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab fanda ajoyib o‘zgarishlar yuz bera boshladi, ya’ni
matematikaning barcha fanlarga va har xil texnologiyalarga qo‘llanilishi avj olib ketdi. Bu yerda
asosan hisoblash matematikasining yuzaga kelishi, EHMlarning yaratilishi, ularda murakkab
masalalarni hal qilishda mavjud bo‘lgan metodlardan foydalanish yetarli bo‘lmay qoldi. Chunki o‘sha
davrda tabiiy fanlardagi ikkita loyiha yadro qurolining yaratilishi bo‘lsa, ikkinchi loyiha kosmik
fazoning zabt etilishidir.
Tabiatdagi hodisalar aksariyat holda nochiziqli tarzda sodir bo‘ladi, bunday hodisalarni kuzatish
uchun hodisalarning matematik modelini tuzish talab qilinadi. Shu sababli ham ilmiy izlanishlarda
birgalikdagi harakatni amalga oshirishni taqozo etadi.
Ushbu maqolani tayyorlashdan maqsad matematik o’qituvchilarni hozirgi davr talabi bo‘yicha
matematikaning keyingi yutuqlari va matematik modellarning tadbiq etilishini hamda bu
jarayonlarning rivojlanishi haqida ilmiy xulosalar chiqarishni ta’kidlashdan iborat.
Mazkur ishning amaliy jihati esa, dinamikaning birinchi boshlang‘ich sistemalaridan boshlanadi:
y
x
f
X
,
,
y
x
g
Y
,
, (1)
0
0
x
X
0
0
y
Y
Bunday sistemalar vaqt o‘tishi bilan avtotebranma harakatni ham yuzaga keltirishi mumkin,
avtotebranma harakat shunday harakatki, birinchidan so‘nuvchi tebranma harakat bo‘lmasdan,
harakatni xarakterlovchi kattaliklar amplituda, chastota, harakatning formasi boshlang‘ich shartdan
ya’ni
0
0
, y
x
dan bog‘liq bo‘lmaydi.
(1) sistemaning fazoviy portreti bir tekislikni yoki ikki o‘lchamli qandaydir sirtni ifodalaydi,
qaysiki fazoviy portretning oilasi sistemani sifat jihatdan tekshirish imkoniyatini beradi. Masalan,
sistemaning muvozanat holati nechta, sistema turg‘unlik holatini saqlay oladimi, yopiq egri chiziqlar
Do'stlaringiz bilan baham: |