Pnevmoniya reja; Kasallik tasnifi



Download 204,72 Kb.
Sana31.03.2022
Hajmi204,72 Kb.
#520592
Bog'liq
PNEVMONIYA


PNEVMONIYA
REJA;

  1. Kasallik tasnifi.

  2. Kasallik davosi.

  3. Kasallik etiologiyasi.

Zotiljam yoki pnevmoniya — oʻpka yalligʻlanishi, oʻpkaning infeksion kasalligi, mustaqil kasallik yoki boshqa kasalliklarning asorat hisoblanadi. Pnevmakokni turli bakteriyalar (pnevmokokkstreptokokkstafilokokklar) va viruslar qoʻzgʻatadi. Kasallikning yuzaga kelishi va rivojlanishiga odamning qattiq sovuq qotishi, jismoniy va ruhiy oʻta toliqishi, organizmning ichki zaharlanishi — intoksikatsiya hamda organizmning kasallikka qarshi kurashish qobiliyatini susaytiruvchi boshqa omillar sabab boʻladi, natijada yuqori nafas yoʻllariga mikroblar oʻtkir va surunkali, joyiga qarab chegaralangan sohalardagi yoki pnevmoniya (oʻpkaning butun bir boʻlagi zararlanadi) va oʻchoqli bronxopnevmoniya farq qilinadi.


Krupoz pnevmoniyani pnevmokokklar qoʻzgʻatadi. Mikroblardan tashqari organizmni kasallikka moyil qilib qoʻyuvchi baʼzi omillar (masalan, shamollash) ham taʼsir etgandagina zotiljam paydo boʻladi. Shuning uchun krupoz pnevmoniya qishda koʻproq uchraydi. Ichkilikka mukkasidan ketgan kishilar (alkogoliklar) Zotiljamga koʻproq moyil boʻladi. Krupoz pnevmoniya, odatda, toʻsatdan boshlanadi: temperatura birdan 39,5—40° gacha koʻtariladi, bemor qattiq qaltiraydi, tez-tez yoʻtaladi, biqini, koʻkragi ogʻriydi, nafas olganda, yoʻtalganda va aksa urganida ogʻriq (sanchiq) kuchayadi. Sababi shuki, oʻpkaning yalligʻlangan boʻlagini qoplagan plevra ham yalligʻlangan boʻlishi mumkin. Bemor tez-tez, yuza nafas oladi (halloslaydi), lunji qizaradi. Labi, burun kataklarining atrofiga uchuq toshadi, oʻtkir yurak-tomir yetishmovchiligi kuzatiladi, bemorning aqvoli ogʻirlashadi. Goʻdaklarda, ayniqsa, nimjon, chala tugʻilgan, raxit, anemiya, gipotrofiya bilan ogʻrigan bolalarda zotiljam juda ogʻir kechishi, agar oʻz vaqtida tibbiy yordam koʻrsatilmasa, koʻpincha nohush holatlarga sabab boʻlishi mumkin.
Sulfanilamid preparatlari va antibiotiklar kashf etilguncha zotiljam (ayniqsa bolalar va keksalarda) ogʻir oʻtib, koʻpincha oʻlimga olib kelar edi. Zamonaviy davolash usullari qoʻllanila boshlagach, kasallik uzoqqa choʻzilmay bemor tez tuzaladigan boʻldi. Zotiljamdan oʻlish deyarli hamisha vrachga kech murojaat qilishda oʻz vaqtida toʻgʻri davolanmaslik oqibati hisoblanadi.
Davosi
Kasallik zoʻriqib ketgan boʻlsa, bemor kasalxonada davolanadi. Bemorni toʻgʻri parvarish qilishning, shuningdek, antibiotiklardan toʻgʻri foydalanishning ahamiyati katta. Salqin, toza havo uyquni va nafas olishni yaxshilaydi, shuning uchun bemor yotgan xonani tez-tez shamollatib turish muhim. Ichimlik (choy, meva suvi), suyuq ovqat (shoʻrva, ilitilgan tuxum, shirguruch, sut, sariyogʻ, qatiq, kefir, kisel va h.k.) tez-tez berib turiladi. Bemor terlaganda quruq sochiq, araq yoki teng baravar suv qoʻshilgan odekolon bilan artiladi. Ichi yurishishiga, siydigi kelishiga qarab turish zarur. Yurak-tomir sistemasi yaxshi ishlamaganda uning faoliyatini kuchaytiruvchi dorilar buyuriladi, kisloroddan nafas oldiriladi va h.k. Orqaga gorchichnik qoʻyiladi, yurak-tomir faoliyatini yaxshilovchi (masalan, korglyukon, strofantin) va balgʻam koʻchiruvchi dorilar tavsiya etiladi va boshqalar. Harsillash paydo boʻlsa, bemorning boshini balandroq qilib yotqizib qoʻyish kerak. Bemor gigiyenik rejimga rioya qilishi, ochiq havoda sayr etishi, davo gimnastikasi bilan shugʻullanishi lozim. Kasallikning oldini olish, asosan, organizmning umumiy holatini yaxshilashga (chiniqish, badan tarbiya va boshqalar), yomon odatlar (chekish, spirtli ichimliklar ichish)ni tark etishga, infeksiya manbalarini yoʻqotishga va turmush sharoitini yaxshilashga qaratilmogʻi lozim.
Nafas yo‘llariga yot jismlar tushishi, ko‘krak bo‘shlig‘i yoki o‘pkaning shikastlanishi ham o‘pka abssessiga sabab bo‘lishi mumkin. O‘pka abssessi va o‘pka gangrenasiga ko‘proq kamquvvat, zaifroq (mudom araq ichavrib ozib-to‘zib ketgan) kishilar chalinadi. Bemorni mutaxassis shifokor davolaydi. O‘pka yalliglanishini yaxshi naf beradigan vositalar yordamida asoratlarsiz tuzatib yuborish tufayli o‘pka abssessi bir qadar kam uchraydi.

O‘pka absessi yakka yoki ko‘p bo‘shliq hosil bo‘lishi bilan ifodalanadi. Yiringlash o‘chog‘i sog‘lom to‘qimadan chegaralangan yallig‘lanish infiltratsiyasi (biriktiruvchi to‘qima pardasi) bilan o‘ralgan. O‘pka gangrenasi - qo‘lansa xidli balg‘am ajralishi bilan kechadigan o‘pka to‘qimasining nobud bo‘lishi, chirib yemirilishi. Uning sog‘lom to‘qimadan aniq ajralish chegarasi yo‘q (abssessdan farqi).
Kasallik infeksiya aralashgan har xil moddalarni, yot jismlarni, burun-tomoq suyuqliklarining nafas yo‘li orqali bronx va o‘pkaga tushishi, o‘tkir zotiljamlar, infeksiyali o‘pka emboliyasi, ko‘krak qafasining shikastlanishi natijasida vujudga keladi. Kasallikni har xil bakteriyalar - streptokokk, stafilokokk, pnevmokokk, fridlender diplokokklari, ichak tayoqchalari, hamda anaerobli mikroorganizmlar chaqiradi.
Infeksiyaning o‘pka to‘qimasiga kirishining bir qancha yo‘llari mavjud. Bronx yoki bronx o‘pka yo‘li. O‘pka va bronxlarga infeksiya aralashgan ovqat parchalari va quruq moddalar tushishi natijasida rivojlanadigan aspiratsionli abssess alohida o‘rin egallaydi. Bunday hodisalar bemor xushini yo‘qotganda, narkoz va mast holatlarda yuzaga keladi. Ba’zi hollarda abssess bronxning o‘pka atelektazi bilan siqilishi natijasida vujudga keladi. Masalan, bronx o‘pka saratonida, aorta anevrizmasida, ko‘ks oralig‘i o‘smalarida. Uchoqli va krupozli zotiljamdan keyingi abssess alohida o‘rinni egallaydi. Bunga sabab o‘tkir zotiljamni kech davolash, antibiotik dozasining kamligi, organizmning immun-biologik va reaktivlik xususiyatining pasayishidir. Gematogen yo‘li. Bunda abssess o‘pka tomirlarida infeksiyalangan embollarni qon oqimi bilan o‘pkaga tushishi natijasida rivojlanadi. Bu holat septikli endokardit, tromboflebit, tug‘ruqdan keyingi septikopiyemiyada kuza tiladi. Limfa yo‘lida qo‘shni a’zolarda - jigar, taloq va diafragma osti abssessida, yiringli mediastenit va plevritlarda, paranefritlarda, qizilo‘ngach saraton kasalligida to‘plangan yiring o‘pkaga siljiydi va abssessni vujudga keltiradi. Shikastlanish yo‘li orqali abssess rivojlanishi ko‘krak qafasining ochiq va yopiq jarohatlanishida kuzatiladi. Bunda jarohatlangan o‘pka sohasida qon quyilishi qon aylanishi buzilishi va yiringlashni vujudga keltiruvchi infeksiyaning qo‘shilishi ahamiyatga ega.
. Abssess yakka yoki bir nechta bo‘lishi mumkin. Asosan ular o‘ng o‘pkada joylashadi, bunga sabab o‘ng bronxning ancha kattaligi va kengligidir. Aksariyat o‘pkaning pastki sohalari shikastlanadi, chunki bu qismdagi bronxlarning drenaj faoliyati zaifroq Absses bo‘shligining yuzasi notekis, granulyatsiya bilan qoplangan va yiring saqlaydi. Uning atrofini o‘pka to‘qimasining yalliglanish infiltratsiyasi qoplaydi. Gangrenada bo‘shliq



aniq chegaraga ega emas, gangrenali soha sezilmagan holda sog‘lom to‘qimaga qo‘shilib ketadi. 1 Utkir abssessning klinik ko‘rinishi. Kasallik kechishida 3 davr farqlanadi. Abssess shakllanishi davri. O‘pka to‘qimasida 10-12 kun davomida yiring to‘planadi. Shikoyati. Kasallik boshlanishida yengil qaltirash, et uvishishi, yuqori harorat, ko‘p terlash, hansirash, bosh ogrig‘i, og‘izdan yoqimsiz hid kelishi, quruq yo‘tal yoki juda oz miqdorda shilliq-yiringli balg‘am ajralishi, ko‘kra qafasining shikastlangan tomonida ogriq, ifodalangan intoksikatsiya belgilari (darmonsizlik, ishtaha yuqolishi, bo‘gimlardagi ogriq) aniqlanadi. Obyektiv belgilari. Bemor ahvoli og‘ir, rangi bo‘zargan, lablari ko‘kargan. Nafas olishi tez va yuzaki. Ko‘pincha bemorlar shikastlangan tomonni bosib yotadilar. Palpatsiyada zararlangan sohaning qovurg‘alar orasida bemor ogriq sezadi, tovush titrashi kuchaygan. Perkussiyada shikastlanish o‘chogi yuza joylashganda va katta hajmda bo‘lganida bo‘giqroq yoki bo‘giq tovush aniqlanadi. Auskultatsiyada dagal vezikulyar, ba’zida bronxsimon nafas, oz miadorda quruq va mayda pufakchali nam xirillashlar eshitiladi. Qonda neytrofilli leykotsitoz (15,0 - 26,0 • 109 g.l.), leykotsitlar formulasining chapga siljishi (miyelotsitlar paydo bo‘lishi), ECHT oshishi kuzatiladi. Rentgenda oddiy pnevmoniya yoki sil infiltratiga o‘xshash chetlari to‘gri bo‘lmagan katta o‘choqli qorayishi aniqlanadi. 2-davr — yiringlash o‘chog‘ining bronx yo‘liga yorilishi to‘satdan yo‘tal bilan ogiz to‘lib ko‘p miqdorda qo‘lansa hidli yiringli, ba’zida qon aralash balgam ajralishi kuzatiladi. Balgamning bir kecha-kunduzgi miqdori patologik jarayon xarakteriga, bo‘shliq xajmiga va bronxlar drenaj faoliyati holatiga bog‘liq (200 ml dan 1-2 litrgacha). Balgam ko‘chishining ko‘payishi bilan bemor ahvoli yaxshilanib boradi: tana harorati pasayadi, asta-sekin ko‘krak qafasidagi og‘riq, xansirash, zaharlanish belgilari yo‘qoladi, ishtaha tiklanadi, gematologik ko‘rsatkichlar normaga yaqinlasha boradi. Abssess bo‘shlig‘i yiringdan tozalangach, uning joylashishi va hajmiga nisbatan fizikal ma’lumotlar har xil bo‘lishi mumkin. Agar bo‘shliq katta va yuza joylashgan bo‘lsa, perkussiyada timpanik tovush, auskultatsiyada bronx va xatto amforik nafas, chegaralangan o‘pka qismlarida jarangli o‘rta va katta pufakchali nam xirillashlar eshitiladi. Balg‘am stakanda tindirilganda 3 qavatga bo‘linadi: yuqorisi - ko‘pikli, shilliqli, o‘rtasi-serozli, cho‘ziluvchan loyqa suyuklik, pastkisida yiring bo‘ladi. Mikroskopiyada: ko‘p miqdorda leykotsitlar, eritrotsitlar, cho‘ziluvchan tolalar, parchalangan o‘pka to‘qimalari aniqlanadi. Rentgenda yumaloq yoki tuxumsimon shaklda chegaralangan oqish joylar ko‘rinadi. Agar bo‘shliq bronx bilan tutashsa, unda ekssudat va havo bo‘lsa, u holda bo‘shliqda suyuqlikning gorizontal yuzasi paydo bo‘ladi, suyuqlik sathi ko‘rinishi tana holatiga qarab o‘zgaradi. Qonda gipoxromli anemiya, neytrofilli leykotsitoz, ECHT ortishi kuzatiladi. 3-davr - pirovard-abssessning yakuni bemor sog‘ayishi yoki umumiy qoniqarli ahvolda o‘pkada bo‘shliq hosil bo‘lishi yoki jarayonning surunkali turiga o‘tishi bilan yakunlanadi. Sog‘ayish holatida 15-20 kundan keyin yo‘tal kamayadi, balgam ajralishi, zaharlanish belgilari yo‘qoladi. Rentgenda bo‘shliq yuqolishi aniqlnadi. Bunda jarohatlangan o‘pka sohasida qon quyilishi qon aylanishi buzilishi va yiringlashni vujudga keltiruvchi infeksiyaning qo‘shilishi ahamiyatga ega. Agar rentgenogrammada va tomogrammada o‘pkada hosil bo‘lgan kovakning kichrayganligi ko‘rinmasa va plevra qavatlari birikib ketgan bo‘lsa, bu o‘tkir abssessni surunkali turiga o‘tganligini ko‘rsatadi.
Download 204,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish