1.4. Xalq pedagogikasida m illiy u r f - odatlar, an ’analar,
udum lar, xalq o ‘yinlari va o ‘yinchoqlari, bayram va
m arosim larning tarbiya vositasi sifatidagi o ‘rni
M a’lumki, Respublikamizda joriy etilgan uzluksiz ta’lim tizimining
barcha bo‘g ‘inlari, shu jumladan oliy ta’lim muassasalarining oldiga
davlat va ijtimoiy buyurtmalar qo‘yilgan. Oliy ta’lim muassasalarining
oldiga qo‘yilgan davlat buyurtmasi har tomonlama rivojlangan barkamol
raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash bo‘lsa, ijtimoiy buyurtma yoshlar
ongi va qalbiga milliy g‘oyani singdirish sanaladi.
Respublikamizda qabul qilingan «Milliy istiqlol g ‘oyasi: asosiy
tushuncha va tamoyillar»da milliy g ‘oya « 0 ‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi,
demokratik
tamoyillar,
milliy
va
umuminsoniy
qadriyatlar»l7ga asoslanishi qayd etilgan.
Talaba-yoshlar ongi va qalbiga milliy g ‘oyani singdirishda dastlab
ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish orqali
mazkur qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb
etadi. Milliy qadriyatlar tarkibiga kiruvchi milliy urf-odatlar, an’ana va
udumlar, bayram va marosimlar avlodlar kamolotida katta tarbiyaviy
ahamiyatga ega. Xalqimiz asrlar davomida shu qadriyatlarga sodiq
qolgan, ulardan farzandlar tarbiyasida foydalana olgan.
17 «Миллий истиклол гояси: асосий тушунча ватамойиллар» Т.:Учбекистон. 2000.
51
Istiqlol tantanasi bilan bugungi kunda barkamol avlodni asrlar osha
sayqal topgan milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz ruhida tarbiyalash,
madaniy merosimiz, m a’naviy boyligimizni har tomonlama o ‘rganib,
ta’lim-tarbiya sohasida qo‘llashga keng imkoniyatlar yaratildi. Yurt-
boshimiz I.A.Karimov: «Biz quradigan jam iyat 0 ‘zbekiston xalqining
munosib turmushini, huquqlari va erkinliklarini kafolatlashi, milliy
qadriyatlarimiz va madaniyatimiz qayta tiklanishini, insonning m a’naviy
axloqiy barkamolligini ta’minlashi kerak»,18 - deb ta’kidlaydi. Urf-
odatlar, islom dini bilan bog‘liq rasm-rusumlar, xalqona udumlar,
marosimlar, an’analar xalq ijtimoiy hayoti, orzu-umidlari va xalqona
ideallarini aks ettiradi, insonni iymon-e’tiqodda butun, m a’naviy-
m a’rifiy va axloqiy-ruhiy tarbiyada komil bo‘lishga undaydi.
Xalqona qadriyatlar va urf-odatlarimiz islomiy qadriyatlar bilan
hamohang. Ularda vatanparvarlik, halollik, elni e ’zozlash, adolat,
mehnatsevarlik, kamtarlik, mardlik, hushyorlik, saxiylik, mehmon-
do ‘stlik, vafodorlik, sabr-qanoat kabi insoniy fazilatlar ulug‘lanadi.
Adovat, kibr-havo, hasad, fitna-fasod, dilozorlik, xudbinlik, tekinxo‘rlik,
ilmsizlik, nodonlik, farosatsizlik kabi illatlar qoralanadi.
Har bir urf-odat, udum, an’analar yuqorida ulugMangan fazilatlarni
yosh avlod tarbiyasiga singdirish, qoralangan illatlardan yiroqlashtirish
yoki forig‘ qilish kabi o ‘z maqsad-vazifasiga, o ‘z yo‘nalishiga ega.
Masalan, odamiylik, do‘st-birodarlik, bir-biriga ixtiyoriy yordam, ahillik
va o ‘zaro hamkorlikning yorqin namunasi bo‘lgan hashar hozirgi
kungacha yetib kelgan go‘zal odatlarimizdan biridir. Hashar o ‘zbeklarda
jam oat yoki shaxs ishiga ixtiyoriy yordam berish, ko‘pchilikning bir
maqsadda, bir yoqadan bosh chiqarib, tezkorlik bilan bajarilishi zarur
bo‘lgan ishlami bajarishda qo‘llangan. Bu haqida yurtboshimiz shunday
deydilar: «Xalqimiz m a’naviyatini yuksaltirishda milliy urf-odatlarimiz
va ulam ing zamirida mujassam boMgan mehr-oqibat, insonni ulug‘lash,
tinch va osoyishta hayot, do‘stlik va totuvlikni qadrlash, turli muam-
molarni birgalashib hal qilish kabi ibratli qadriyatlar tobora muhim
ahamiyat kasb etmoqda. M a’naviy hayotimizning uzviy qismiga
aylangan hashar odati istiqlol davrida yangicha m a’no-mazmunga ega
bo‘lib, umummilliy an’ana tusini olgani barchamizni mamnun etadi. Har
yili N avro‘z va Mustaqillik bayramlari arafasida o ‘tkaziladigan
umumxalq hasharlari buning tasdig‘idir. ...B u esa, hech shubhasiz,
jam iyat tafakkurining yangilanishiga kuchli ta’sir qilmoqda.» 19
18 Каримов И.А. Истиклол ва маънавият. Т. Узбекистан, 1994, 113-6.
19 Каримов И.А. Юксак маънавият — енгилмас куч. Т.: Маънавият, 2008.-96-бет.
52
Darhaqiqat, hashar xalqimizda mehr-oqibat tuyg‘usini tarbiyalagan,
zero bugun hasharda ishtirok etgan kishi ertaga shu ko‘pchilik unikiga
ham hasharga kelishini avvaldan bilgan. Xuddi shu odat dunyoning eng
rivojlangan davlatlaridan biri Yaponiyada ham bor ekan. «Hech qayerda
uchramaydigan, faqat Yaponiyada bir-birini to ‘ldiradigan bir uyg‘unlik
bor. Bu - eng zamonaviy sanoat bilan milliylikning uyg‘unligidir.
Shuning uchun ham italyan jumalistlaridan biri hayrat bilan:
«Hozirgi yaponlar yuksak taraqqiyotga erishgan boMsa ham xulq, odat,
tafakkurda bobolari, momolaridan farq qilmaydigan odamlardir», - deb
yozgan. Yaponlar yuksak texnik taraqqiyotga o‘zbeklarga xos bo‘lgan
mehr-oqibat munosabatlarini kiritishdi va dunyoning eng qudratli
davlatlaridan biriga aylandi».20
Demak, aytish joizki, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-
mafkuraviy taraqqiyotida qadriyatlarning o ‘rni va ahamiyati beqiyosdir.
Shu bois ham yosh avlod tarbiyasida xalq an’analari, urf-odatlari,
udumlari, marosimlarining mohiyatini keng tushuntirishimiz darkor.
Shu o ‘rinda «G’arb - qonunlar, Sharq - urf-odatlar asosida boshqa-
riladi», -degan gapni eslashimiz joiz. Avvallari qonunchilik axloqiy-
huquqiy qadriyatlar, turli irim shaklidagi ta ’qiqlar, keyinchalik diniy
e ’tiqodning kuchayishi bilan «uvol» deyilguvchi taqiqlar ko‘rinishida
amalga oshirilgan. Masalan, o‘ng - to‘g‘rilik, rostgo‘ylik, chap esa
egrilik, yolg‘onchilikning ifodasiga aylangan. Shu bois ham kelin-
kuyovlar ostonaga ilk qadamni chap oyog‘idan boshlashi, nikoh uzugini
chap qo‘lga taqishi ta’qiqlangan. Garchi bugungi kunda jamiyatimiz
Davlat Konstitutsiyasi va qonunlar tomonidan boshqarilsa-da, o ‘zbek
turmush tarzidagi ko‘plab urf-odatlar qonunlar darajasida bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |