0 ‘z davrida musulmon
olamining madaniy-diniy, iqtisodiy-siyosiy
markazi bo‘lib kelgan Usmonli turklar imperiyasining vorisi bo‘lgan Turkiya
Respublikasi murakkab taraqqiyot yo‘lini bosib o ‘tdi. 0 ‘zining G'arbga
moyilligi, demokratiya va dunyoviylik ustuvorligini ta’minlashga harakat
qilishini namoyon etayotgan bugungi Turkiyaning
shakllanishida XX asr
boshlarida amalga oshirilgan jarayonlar muhim ahamiyat kasb etdi.
Mustafo Kam ol. Otaturk va uning safdoshlari islomni dunyoviy
davlat
qurishdek maqsadlariga erishishda asosiy to‘siqb o ‘ladi deb hisoblab, uni
ijtimoiy-siyosiy minbardan siqib chiqarish va mamlakatda din ustidan
to‘liq nazorat o‘matishga harakat qildilar. 1922-yil 1-noyabrda Otaturk va
uning do‘stlari sultonlikni yo‘q qildilar. 1923-yil 29-oktyabrda davlat
tuzumi Respublika deb e’lon qilindi. Shariat va vaqf ishlari boshqarmasi
o‘rniga Din ishlari bo‘yicha vazirlik tashkil etildi. Barcha maktablar maorif
vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi. 1926-yil 1-yanvardan
boshlab Turkiya
Grigorian kalendariga o'tdi. 1928-yil 10-apreldamamlakatKonstitutsiyasidan
«Turkiya Respublikasi dini — islomdir» degan ibora olib tashlandi. 1934-
yilga kelib, an’anaviy ismlar va titullar ham bekor qilindi.
Ayni shunday harakatlar natijasida Turkiya dunyoviy davlat tizimini
qabul qildi. Bu islomning siyosiy jarayonlarga ta ’sirini birm uncha
susaytirdi. Shunday b o isa -d a , saylovchilarning ishonchini qozonish
m aqsadida b a’zi konservativ partiyalar
Otaturkning din borasidagi
siyosatidan uzoqlasha boshladilar. Otaturkning o ‘limidan so‘ng esa,
Respublika xalq partiyasining ko‘zga ko‘ringan a’zolari ham islomni
keragidan ortiq siqib chiqaribmiz, degan fikrni ayta boshladilar.
Biroz
vaqt o'tib, imomlar tayyorlaydigan oliy diniy maktab tashkil qilindi.
Shundan keyin, asta-sekin islomiy tashkilotlar soni ham ko‘paya
bordi. Ular kam ta’minlangan talabalarga moddiy va moliyaviy yordam
ko‘rsatib, o‘z ta’sirlarini maorif sohasiga ham o‘tkaza boshladilar, Pirovard
n a tija d a bugungi ku n da T urkiyad a dunyoviy tizim n i q o ‘llab-
quwatlaydigan, an ’anaviy islomiy qadriyatlar ustuvorligini ta’minlash
tarafdori bo‘lganlar va radikal oqimdagi musulmonlardan iborat uch
toifa shakllandi. Bu uch toifaning ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga ta’siri
turlicha bo ‘lsa-da, ularning harbirining jamiyatda o‘z o ‘rni va mavqei
borligini va o‘z tarafdorlariga ega ekanini qayd qilish zarur.
Islomning jamiyat hayotidagi o ‘rni va
mavqeini
Do'stlaringiz bilan baham: