Nigeriya
islom diniga e’tiqod qiluvchilar
soni bo‘yichabirinchi o'rinda turadi.
Nigeriyada 200 dan ortiq etnik guruh va millatlar istiqomat qiladi.
Nigeriya aholisini asosan sunniylik yo‘nalishida e ’tiqod qiladigan
musulmonlar, xristianlar va mahalliy an ’anaviy dinlarga e ’tiqod qiluv
chilar kabi uchta katta konfessional guruhga bo‘Hsh mumkin.
Separatizm muammolarini bartaraf etish maqsadida mamlakat 19 ta
shtatga bolingan bo‘Isa-da, diniy va etnik ixtiloflar ham uchrab turadi.
Xususan, o ‘tgan asrning 80-yillarida shariat sudlarini amalga kiritish
masalasida mamlakatda musulmonlar va xristianlar o ‘rtasida katta
I
tortishuvlar bo‘lib o ‘tgan.
Aholining 80 foizini musulmonlar tashkil qiladigan Senegalda ham
islomning jamiyat hayotidagi o ‘rni sezilarli darajada kuchlidir.
!
Islom dini Senegalga XI asrda kirib kela boshlagan. Germaniyalik
olim Gerbert G oldning yozishicha, «Senegal reformatori Sengor ko‘p
sonli q ab ilalarn i, u chta din — islom , xristianlik va an im izm -
* marabutlarni, qashshoqlik va dabdabali hayot tarzini afrika ritmi bilan
mustahkamlashga urindi».
M arabutlar eng boy tabaqa va o ‘ta dindorlar rahnamolari bo‘lib,
m amlakatning eng hosildor yerlarini egallab olgan edilar. M arabutlar
mamlakat ichki siyosiy hayotida muhim o ‘rin tutganlar. Ular rasmiy
hukumat ruxsatisiz, Afrikadagi ko‘ pgina musulmon jamoalari bilan aloqa
o'rnatganlar.
M arabutlarni mamlakatdagi nufuzi va musulmon aholiga ta’sirini
hisobga olib, Senegal arboblari o‘zaro siyosiy kurashlarida ular yordamiga
tayanganlar. Senegal hukumati o‘z siyosatida dunyoviylik tamoyili haqida
; gapirsa-da, amalda marabutlar orasida mutanosiblikni qidiradi. 0 ‘tgan
• asrning oxirlariga kelib Oyatullo Humayniy g‘oyalari kuchayib ketdi.
M usulm onlar aholining ko‘pchiligini tashkil qiladigan davlatlar-
dan yana biri —
Uganda
hisoblanadi. Ushbu mamlakat siyosiy hayotida
ham din muhim mavqe egallaydi. Ugandaning etnik tarkibi juda murakkab.
Mamlakatning markaziy va janubiy mintaqalarini ko‘p sonli etnik guruh
va millatlar tashkil etadi. Ularning ichida eng kattasi «baganda» xalqi
bo'lib, umumiy aholining 18 foizini tashkil qiladi. Shimolda lango,
agoli, karamadjo va boshqa etnik guruhlar istiqomat qiladi.
1972-yildan boshlab, Ugandada mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va
ijtimoiy-siyosiy hayotini islomlashtirish rejasi tufayli, islomning nufuzi
orta boshladi. Bugungi kunda bu jarayon «etnik tozalashlar» bilan bir
qatorda kechayotgani mamlakatni og'ir ahvolga solib qo‘yayotganini
ta ’kidlash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |