aralashishi natijasida mag'rib xalqlari — marokashlar, jazoirlar, tunislik va liviyaliklar keyinchalik
mustamlakachilarga qarshi faol milliy-ozodlik kurashiga tortilib hozirgi millatlar shakllana
boshlagan edi.
Misr xalqi eng qadimiy yuksak madaniyat yaratgan etnoslardir. Misrliklar eramizdan avvalgi
IV ming yilliklardayoq sun'iy sug'orishga asoslangan dehqonchilikni bilganlar. Arxeologik
kashfiyotlarga, kraniologik dalillarga qaraganda (topilgan ibtidoiy kishilaming suyak qoldiqlari
asosida) antropologik jihatdan Misrning eng qadimiy aholisi eramizdan avvalgi III ming yillikda Nil
vodiysida paydo bo'lgan dastlabki Misr davlatining aholisidan farq qilmaydi. Hozirgi misrliklar
ham buyuk madaniyat yaratgan ajdodlaridan irqiy jihatdan kam farqlanadilar. 1952-yili iyul oyida
Misr qiroli Farruh taxtdan ag'darilib, Respublika e'lon qilinib, hozirgi misr millatining rivojiga keng
imkoniyat yaratilgan edi.
Misrdan janubda joylashgan Sudan xalqi ham milliy ozodlik kurashiga bel bog'lab, 1956-yili
1-yanvarda mustaqillikka enshgan va o'z davlatini respubllka deb e'lon qilgan. Sudanliklar
(Qadimgi Nubiya) misrliklar singari yuqori madaniyat yaratgan qadimiy elatlardan.
Nubiya
to'g'risidagi dastlabki ma'lumotlar eramizdan avvalgi III ming yilliklarida Misr solnomalarida tilga
olinadi. Miloddan avvalgi XVI-X1V asrlarda hatto Nubiyaning ancha qismi Misr provinsiyasi
hisoblangan. Bir-ikki asrlardan keyin bu yerda mustaqil Napata davlati paydo bo'ladi va miloddan
avvalgi IX asrga kelib u Nil vodiysini bosib olib, qisqa davr Misr ustidan hukmronlik qiladi.
Keyinchalik Sudanda quldorlik Meroe davlati tashkil topdi. Milodning VI asrlarida nasroniy dini
tarqalib. o'rta asrda Nubiya davlatining rasmiy dini deb e'lon qilinadi. Bu yerda arablar XIII asrdan
boshlab bir-ikki asr davomida asta-sekin arab tilini tarqatib, nasroniylikm siqib chiqaradi, islom dini
hukmron bo'ladi. Arablashtirish va islomni singdirish ancha qiyinchilik bi-lan o'tgan.
Shimohy Afrika xalqlarining xo'jaligi jahondagi eng qadimiy dehqonchilik va chorvachilik
bilan bog'liq bo'lib, unmg ajoyib an'analari hozirgacha yetib kelgan. Ammo dehqonchilik bilan
chorva xo'jaliklarining nisbati turli hududlarda o'zaro farq qiladi. Nil vodiysi va dengiz sohillaridagi
serunum yerlarda. asosan, dehqonchilik, sahro va yarim dasht hududlarda yarim ko'chmanchilik
asosiy xo'jalik tarmog'i bo'lib, daryo va dengiz sohillardan uzoqlashgan sayin chorva
dehqonchilikdan ustun turadi. Agar misrliklar va sudanliklar uzoq davrdan beri sug' orish
dehqonchiligi bilan shug'ullansa Janubiy Sudanda chopqi dehqonchiligi
bilan baliqchilik, Mag'rib
mamlakatlarida (ayniqsa, qirg'oq bo'yi Atlas tog'larida) dehqonchilik bilan bog'dorchilik va yirik
chorvachilik, bepoyon sahro hududlarida faqat mayda chorvachilik bilan kun kechiradilar. Yirik
chorva yaylovlar juda kam bo'lganligidan uncha rivojlanmagan, ko'p joyda yirik shoxli mol ishchi
kuchi sifatida saqlangan xolos.
Tarixiy etnografik nuqtayi nazardan Misr dehqonchiligi mu-him ahamiyatga ega bo'lib, uni
o'rganish umuman dehqonchilik-ning kelib chiqishi va taraqqiyotini bilishga imkon beradi. Eng
qadimiy neolit davrida paydo bo'lgan va qisman hozirgacha saqlanib kelgan sun'iy sug'orish tizimi
Yuqori Misrdagi daryo toshqinlaridan foydalanib ekin ekishdan iborat bo'lgan. Nil vodiysida ilgari
bir necha ming gektar maydonni qismlarga bo'lib, rosh bilan chek solingan va ikki metrgacha
yetadigan daryo toshqini shu yerlarni to'ldirib bir yarim oygacha suv saqlagan. Suv singib
qaytgandan keyin Nilning serunum loyqasiga urug' sepilgan. Odatda, bug'doy, arpa, lobiyo, beda va
boshqa ekinlar ekilgan va qish bo'yi o'sib yozga borib hosil olingan.
XIX asrga kelib sug'orish tizimi ancha
rivojlangan, Misrni Angliya o'zining to'qimachilik
sanoati uchun paxta bazasiga aylantirish maqsadida fallohlar kuchi bilan asr boshlaridan ekin
dalalarini kengaytirib, to'g'onlar va yangi kanallar qurdirgan. Sudanda ham Oq va Ko'k Nil
oralig'idagi Gezirada doimiy sug'orish tizimi qurilib, serunum yerlarda paxta plantatsiyalari
yaratilgan.
Yil bo'yi sug'orish imkoniyati paydo bo'lishi bilan qishloq xo'jalik ekinlarining turlari ham
ko'paygan. An'anaviy don, lobiyo va paxta ekinlaridan
tashqari fallohlar sholi, shakarqamish,
makka, suli, zig'ir, turli sabzavot va poliz ekinlari, molga yem uchun beda (bersim) kabilarni
ekkanlar. Yerni haydashda qadimiy temir uchli omoch ishlatilgan, unga ho'kiz, qo'tos, eshak, xachir
yoki tuya qo'shilgan. Yerga ishlov berishda chopqidan foydalanilgan, hosil o'roq bilan o'rilgan va
maxsus xoda yoki chanaga o'xshash yog'ochga ishchi hayvon qo'shib yanchilgan. Agar Misrda
asosan, don, paxta va sabzavot ekilsa, Marokashda makka, Tunisda zaytun daraxti, Janubiy
Mag'ribda xurmo ekilgan, dengiz sohillarida bog'dorchilik rivojlangan, bu yerda uzum, anjir,
bodom, sitrus o'simliklari va sabzavot o'stirilgan.
Misr dehqonchiligi qadimiy an'anaga binoan uch faslga bo'lingan: qishgi (shitvi), yozgi
(sayfi) va Nilning toshqin davriga to'g'ri kelgan kuzgi (nili). Shitvi (noyabr-mart) faslida bug'doy,
arpa, piyoz, lobiyo va bersim (beda) ekilgan, sayfi (aprel-avgust)da paxta, zig'ir, kandir,
shakarqamish, sholi va makka, Nil toshqini davri (sentabr-noyabr)da asosan, sholi, makka va suli
ekilgan.
Shimoliy Afrikaning qishloq aholisi qadimdan turli uy hunarmandchiligi bilan ham
shug'ullanadilar. Ular qo'lda va charxda sopol buyumlar yasaydilar, bo'yra va chipta to'qiydilar.
Chorva aholisi esa jundan har xil mato, gilam to'qiydilar, kigiz, teri poyabzal, egar kabi zarur
buyumlar ishlab chiqaradilar. Shaharlarda yirik hunarmandchilik, ayniqsa,
temirchilik, misgarlik,
zargarlik, ko'nchi, kulolchilik ancha rivojlangan. Sanoat keyingi yillarda o'sa boshlagan.
Arablarning moddiy madaniyati juda ko'p umumiylikka ega bo'lsa-da, ayrim o'lkalarda o'z
xususiyatlarini saqlab kelgan. Misr fallohlari kichik qishloqlarda Nil vodiysining sug'orma joylarida
yashaydilar. Ular xomg'ishtdan yoki guvaladan bir qavatli tekis tomli uy quradilar. Dehqon uylari,
asosan, bir xujrali to'g'riburchak, oynasiz va tuynuksiz, yarmisini supali pechka (mo'risiz o'choq,
tezak bilan yoqiladi) egallagan bo'lib, shunga to'shalgan bo'yrada yotib turiladi. Boylar katta
hovlilarda yashaganlar.
O'troq Mag'rib aholisi katta yo'l bo'yida joylashgan qishloqlarda tartibsiz joylashgan somon
aralash loydan to'g'riburchak shaklida qurilgan tekis tomli uylarda yashaydi. Atlas tog'larida uylar
toshdan tiklangan. Qishloq markazida minora qad ko'taradi. Har bir qishloq bir necha katta oilaviy
jamoadan iborat. Mag'rib aholisining 1|4 qismi shaharlarda yashaydi. Ba'zi shaharlar hozirgacha
o'rta asrlardagidek qing'ir-qiyshiq tor ko'chalar, ichkariga qaratilgan hovlili baland devorli bir-ikki
qavatli uylar, minorali machitlar, markazida hunarmand va savdogarlar rastalari joylashgan bozorlar
saqlanib qolgan. Dasht ko'chmanchi qabilalari jazirama issiq va izg'irin shamoldan saqlanish uchun
ko'chishga qulay jundan to'qilgan mato yoki kigiz yopilgan chodir (falij)larda yashaydilar.
Fallohlar og'ir turmush sharoitida tirikchilik o'tkazadilar. Ularning taomlari, asosan, makka,
suli yoki tariqdan yopilgan chuchuk non va atala, piyoz, qalampir yoki bodring, ba'zan qurt iste'mol
qiladilar, dengiz sohili va Nil vodiysidagilar baliq qovurib yeydilar, go'sht juda kam ishlatiladi.
Sabzavot ham iste'mol qilinadi. Ovqatlanish uch mahal, issiq ovqat odatda kechki payt yeyiladi.
Ichimliklardan qandsiz qora kofe, achchiq choy, arpadan tayyorlangan pivo ichiladi. Mag'ribda
sabzavot va meva ko'proq iste'mol qilinadi. Afrika arablarining eng sevimli taomi bug'doy yoki arpa
uni xamiridan yumaloq qilib turli ziralar solingan bug'da pishiriladigan kuskus. Uni tayyorlash katta
san'at talab qiladi. Ko'chmanchi qabilalarning taomi xurmo, chorva mahsulotlari — qatiq, suzma,
pishloq va qisman go'shtdan iborat.
Fallohlarning an'anaviy kiyimlari oq yoki ko'k chitdan (butun bo'yiga) tikilgan uzun va keng
yengli ko'ylak va kaltaroq ishton, sovuq paytlarda tuya junidan to'qilgan matodan chakmon, boshida
do'ppi yoki salla. Ayollar ham keng yengli yuqorisi bo'g'ma, tik yoqali uzun ko'ylak kiyadilar,
boshida shol yoki ro'mol yopinadilar, turli rangdagi munchoqlar. misdan,
kumush yoki oltindan
ishlangan uzuk, sirg'a, bilaguzuk taqadilar. Mag'ribliklar, ayniqsa, sohillarda yashovchi shahar
aholisi asosan, yevropacha kiyinishga o'tgan. Ammo milliy kiyimlar ham saqlangan. Aholi
qimmatbaho burn us (yaktak)ga o'xshash kiyim kiyadilar. Marokashda boshiga salla o'ralsa,
Tunisda ko'proq hoji do'ppi (fas) kiyiladi. Ayollar keng va uzun ko'ylak ustiga plash yoki shol,
yuziga oq yoki kulrang chachvon yopinadilar. Qishloqlarda shaharga nisbatan yuzini kamroq
bekitadilar. Tuareg qabilalarida, aksincha, erkaklar yuzini bekitib, ayollar esa ochiq yuradilar.
Shimoliy Afrika xalqlarining ijtimoiy tuzumida turli ukladlar mavjud. Ular quldorlik
tuzumini bosib o'tib, mustamlaka arafasida feodalizmga erishgan edilar. Ammo Mag'rib va Sharqiy
Sudandagi ko'chmanchi elatlar uzoq davrlargacha urug'chilik munosabatlarini saqlab kelganlar.
Yevropa davlatlarining mustamlaka hukmronligi o'rnatilgandan keyin Shimoliy Afrika
mamlakatlari bozor munosabatlariga tortilib, feodalizm tuzumi yemirila boshlaydi va uning o'rnida
yangi bozor munosabatlariga asoslangan ishlab chiqarish kurtak otib chiqadi.
Faqat ikkinchi jahon urushidan keyin milliy ozodlik kurashi g'alabasi tufayli Shimoliy
Afrika
xalqlari, ayniqsa, Jazoir, Misr, Liviya mustaqil taraqqiyot yo'liga o'tib katta yutuqlarga
erishmoqdalar.
Mag'ribning ichkari hududlarida yarim patriarxal yarim feodal munosabatlari. jamoatchilik
tuzumi qoldiqlari hozirgacha saqlanib kelmoqda. Saxaradagi tuareglarda jamoa kengashi
boshqaruvi mavjud bo'lib, unda ayollar ham ishtirok qiladi, Sudan ko'chmanchi qabilalarida ham
islom tarqalgan bo'lsa-da (bakkara va hk.) matri-arxat munosabatlari saqlangan. Ularda nikohdan
keyin kelin ikki-uch bola tug'ilguncha ona urug'ida yashaydi, meros ham ona tomoniga o'tadi.
Bakkara qabilasida qizlar va erli ayollar ham shaxsiy erkinlikka ega. Nilot qabilalarida ham ibtidoiy
qabila va urug' munosabatlari mustahkam negizga ega.
Shimoliy Afrika aholisining 94-95 % i musulmonlar (taxminan 87 milliondan ortiq kishi), 4
% i nasroniylar (4,7 mln.) qolganlari ibtidoiy va boshqa dinlarga itoat qiladilar. Mag'rib va Sudan
ko'chmanchi qabilalarida turli sehrgarlik urf-odatlari va irimlari keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: