Osiyoning xo'jalik-madaniy tiplari ham juda qadim
- tosh asridayoq paydo bo'lib, tabiiy
sharoitga moslashgan. Tog'li va tog' etaklaridagi nisbatan qurg'oq issiq hududlardagi aholi yuqori
paleolit davrlaridan yirik hayvonlarga ov qilishdan mayda jonivorlarni ovlashga va yemishli
o'simlik va mevalarni, ildizmevali ekinlarni terib-termachlashga o'tadi. Bu madaniyatga xos ishlab
chiqarish qurollari uzunchoq chaqmoq toshlardan sindirib olingan turli shakldagi yassi tosh
parchalaridan iborat bo'lgan. Janubi-sharqiy Osiyoning namli tropik va subtropik hududlarida
(Hindixitoy, Janubiy Xitoy, Malayziya) tosh qurollariga qaraganda bambukdan yasalgan qurollar
muhim rol o'ynagan. Tabiati issiq va namli changalzor (jungli)da yirik tosh qurollar ishlatilgan.
Shimoliy qurg'oq dasht hududlarda va qisman dengiz sohillarida (g'arbda Eronning sharqida,
Xuanxe vohasigacha) dasht hayvonlarini ov qilish, terib-termachilik va baliqchilik kabi xo'jalik
tiplari shakllana boshlagan, aholisi o'troq va yarim o'troq terimchi ham baliqchilarga, ikkinchidan
daydi ovchilarga bo'lingan. Sibirda bug'uchilik va ovchilik asosiy xo'jalik tiplari bo'lgan.
Taxminan 10 ming yillar muqaddam Janubi-g'arbiy Osiyo tog' etaklarida qadimiy
dehqonchilik paydo bo'la boshlagan, mahalliy aholi yovvoyi o'simliklarni terib-termachlashdan
parvarish qilishga, yovvoyi hayvonlarni ov qilishdan ularni xonakilashtirishga o'ta boshlagan. O'sha
davrlardayoq butun Janubi-sharqiy Osiyoda eng qadimgi chopqi dehqonchiligi paydo bo'la
boshlagan. Keyinroq (mil. avv. VII-V ming yilliklarda) Eron, O'rta yer dengizi, Hindiston, Shimoli-
sharqiy Osiyo, Indoneziya dehqonchilik o'choqlari paydo bo'ladi.
Hozirgi davrgacha saqlangan eng qadimiy birinchi tipga issiq iqlimli mintaqada
yashovchi o'rmon terimchilari va ovchilari -
Shri-Lanka veddalari, Hindistondagi chenchu,
mudugar, birxor kabi mayda elatlar, Malakka semangilari va senoilar, Sumatradagi kubu,
Kalimantondagi panan va Filippin orollaridagi aeta etnoslari kiradi. Ular oziq-ovqat axtarib, oddiy
o'q-yoy va yer kovlash uchun uchli tayoq bilan qurollanib pona yoki butoqlardan vaqtinch'a omonat
tikilgan chaylalarda yashab kun kechirganlar. Keyinchalik semanti, senoi va aeta kabi ovchi-
termachlovchi guruhlar chopqi dehqonchiligi xo'jaligiga o'ta boshlashgan. Sohil bo'yi
termachlovchilari va ovchilari (andaman orollari, Mergun arxipelagi, Indoneziya va Fi-lippindagi
ayrim elatlar) ham yarim o'troq holatda yashab chopqi dehqonchiligiga o'ta boshlashgan. Bu
guruhga Markaziy va Janubi-g'arbiy Osiyoning bepoyon dashtlarida ko'chmanchi qabilalardan
tashqari o'ziga xos xo'jalik-madaniy tip yaratgan tog'li terib-ter-machlovchi, ovchi va baliqchi
elatlar (masalan, Xitoydagi nu va dulun xalqlari), Tibet-Birmadagi ayrim etnoslar, Yaponiyadagi
aynlar dehqonchilikka o'tishdan oldin sanchqi, turli to'r va zaharlangan o'q-yoy bilan baliq
ovlaganlar, ayollar esa yemishli molluska va qisqichbaqalarni suvdan ushlaganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |