O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Qoraqal-poqlar O'zbekistonning Farg'ona, Xorazm va Buxoro



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/122
Sana14.07.2022
Hajmi5,76 Mb.
#800585
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   122
Bog'liq
Чиқаришга Этнология 2021

Qoraqal-poqlar O'zbekistonning Farg'ona, Xorazm va Buxoro 
viloyatlarida, qisman Turkmaniston va Qozog'istonda hamda qo'shni Afg'onis-tonda 
yashaydilar. Qoraqalpoqlarning soni 1985-yilgi aholi ro'yxatiga binoan 350 ming kishi edi. 
Avtonom respublikaning umumiy aholisi 906 ming bo'lib qoraqalpoqlar 31,1%, o'zbeklar 
31,5%, qozoqlar 26,9% ni tashkil etadi.
Qoraqalpoqlar qadimiy eroniy tildagi Orol bo'yi sak-massaget qabilalari (mil.avv. VII-II 
asrlar), gunnlar (milodning II-IV asrlari) bilan turkiy tildagi elatlarning (VIII-X asrlar) aralashishi 
natijasida paydo bo'lgan. O'sha davrda orol bo'ylarida pachanak va o'g'uz qabilaviy guruhlari paydo 
bo'lib qalmiq etnosiga asosiy component bo'lib kiradi. Qoraqalpoq xalqining so'nggi etnogenezida 


muhim rol o'ynagan Dashti Qipchoqlar ularga o'z tilini bergan. Millatning shakllanishi jarayoni va 
nomining paydo bo'lishi XVI-XVIII asrlarga to'g'ri keladi. XVIII asrlarda Qoraqalpoqlarning bir 
qismi Farg'ona vodiysiga ko'chadi, ko'pchiligi esa XIX asr boshlarida quyi Sirdaryodan 
Amudaryoning quyi oqimiga ko'chib kelib joylashadi. 
Turkiy til turkumiga oid yana bir xalq - uyg'urlar Markaziy Osiyo bilan bog'liq. O'rxo'n 
daryosi havzasida VII-IX asrlarda o'z yozuviga ega bo'lgan yuksak madaniyatli katta davlat 
tuzganlar. Uyg'urlarning ma'lum qismi Markaziy Osiyoga XVIII asrning o'rtalaridan to XX asr 
boshlariga qadar ko'chib kelganlar. Hozir Markaziy Osiyoda 200 mingdan ortiq uyg'ur yashaydi. 
Eroniy til turkumiga kiruvchi eng katta etnos tojiklardir. Ular ham nihoyatda murakkab 
sotsial-iqtisodiy, siyosiy va geografik sharoitda shakllanganlar. Tojiklarning umumiy soni 1985-
yilda 3,5 mln.ga yetgan bo'lib, asosan, o'z vatanlarida yashashadi, O'zbekiston va Qirg'izistonda 
ham joylashgan. Eng ko'p sonli tojik aholisi Afg'onistonda (3 mln.dan ortiq kishi), kichikroq 
guruhlari Shimoli-sharqiy Eron va Shimoli-g'arbiy Xitoyda yashaydi. 
Tojiklarning etnogenezi mil.avv. II ming yillikning oxiri va I ming yilliklarning boshlariga 
to'g'ri keladi. Bu davrda Markaziy Osiyoga Yevroosiyo dashtlaridan eroniy tillarda so'zlashuvchi 
qabilalar kelib mahalliy tub aholi bilan aralashish (assimilyatsiya) jarayoni ro'y bergan. Tojiklar 
shakllangan hududda kam sonli jamoalari (Qadimgi Baqtriya, So'g'diyona, Farg'ona vodiysi) dehq-
onchilik bilan shug'ullangan elatlar bilan yonma-yon ko'chmanchi saklar ham yashagan. Mil.avv. II 
asrda Baqtriyaga yuechjilar va sak qabilalari bostirib kiradilar va qudratli Kushon davlatiga asos 
soladilar. Keyin bu yerga eftalit («oq gunn»)lar, turklar va arablar kirib keladi. 
Hozirgi tojik xalqi somoniylar hukmronlik qilgan davrda (IX-X asrlarda) qadimgi so'g'd va 
baqtriya tili asosida shakllangan. O'sha davrda tojiklarning adabiy tili (dariy) paydo bo'lgan. Ammo 
so'nggi davrlargacha tojiklarning orasida turli etnografik guruhlar mavjud edi. Hozir ham tog'li 
tojiklar bilan vohada yashovchi tojiklar orasida xo'jalik va madaniy jihatdan ba'zi etnik tafovutlar 
saqlanib qolgan. Masalan, ilgari mustaqil xalq hisoblangan pomir tojiklari - ishg'oshimlar, vohanlar, 
yozg'ulomlar, shuqnonlar hozirgacha ba'zi etnik xususiyatlari bilan ajralib turadilar. 
Boshqa mayda millatlarning etnogenezi Markaziy Osiyo hudu* didan tashqarida o'tgan. 
Hozir Markaziy Osiyoda eroniy til turku-miga oid kurdlar (asosan, Turkmanistonning Ashxobod va 
Mari viloyatlarida), belujiylar (Mari viloyati va qisman Tojikistonning janubida), forsi-eroniylar 
(O'zbekistonning Buxoro va Samarqand shaharlari va atrofdagi tumanlarda) yashaydilar. 
O'zbekistonning Toshkent va Qozog'istonning Olma-ota viloyatlarida koreyslar joylashgan. 
XIX asr o'rtalarida bu yerda Xitoyning shimoliy hududlaridan xitoy shevasida gapiradigan 
dunganlar kelib joylashadi. Ular hozir Qirg'iziston va Qozog'istondagi Chu daryosi vodiysida 
o'rnashganlar. Asosan, o'zbek va tojiklar bilan aralashib ketgan arablar Zarafshon daryosining 
Markaziy va pastki oqimida, Qashqadaryoning etagida va Tojikistonning janubida kichik guruhlarni 
tashkil qilgan. 

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish