Qirg'izlarning ilk etnik tarixi qadimiy gunn, sak, dinlin, usun qabila ittifoqlari bilan bog'liq.
Mil.avv. I ming yillikning o'rtalarida yuqori Yenisey vohalarida qirg'izlar o'z davlatlarini tuzganlar.
VI-X asrlarda qirg'izlarga qo'shilgan turkiy qabilalar dastlab Irtish bo'ylarida, Sayan-Oltoy
hududida va Tyan-Shan etaklarida joylashgan. Hozirgi hududga IX-X asrlarda ko'chib kelgan
Yenisey qirg'izlarning ayrim guruhlari qadimiy davrlarda eroniy tilda gapiradigan keyin
turkiylashgan mahalliy elatlar, qarluqlar va uyg'urlar bilan aralashib ketgan. Xronologik
ma'lumotlarga binoan XIII asrgacha Tyan-Shan aholisi antropologik jihatdan yevropoid bo'lgan.
Qirg'izlarning mongoloid irqiga o'tishi va turklashtirish jarayoni asosan, mo'g'ul istilosidan keyin
ro'y bergan. XVI-XVII asrlarda qirg'iz etnosiga qozoq-no'g'oylaridan chiqqan qabilalar ham kelib
qo'shiladi. O'sha davrdan boshlab Tyan-Shanda qirg'iz xalqi shakllanadi. Ammo keyingi ikki asr
davomida jungar xonlari qirg'iz elini to'xtovsiz talon-taroj qilib turgan. XIX asrning 1-yarmida
Qo'qon xonligiga bo'ysunadi. 60-70-yillarga kelib Qirg'iz yerlari-ning ko'pchiligi Rossiya
imperiyasi tomonidan zabt etiladi va etnik jarayon tezlashib ketadi.
Prjevalsk hududida qirg'izlarga qo'shilib ketgan g'arb mo'g'ul-o'lat guruhi - sart-qalmiqlar
yashaydi. Keyinchalik u yerda barcha qabila va elatlar qirg'iz xalqi bilan birikib zamonaviy millat
tashkil qiladilar.
Turkmanlarning hozirgi hududida qadimdan shakllanib kelgan. Ularning soni 2,4 mln.dan
ortiq (1985), ularning kam sonli jamoalari qo'shni O'zbekiston va Tojikiston respublikalarida,
Shimoliy Kav-kazda va Astraxan viloyatida joylashgan. Turkmaniston bilan che-garadosh Eronda
550 ming, Afg'onistonda 300 ming, Turkiya, Iroq va boshqa Old Osiyo mamlakatlarida 1,2 mln.ga
yaqin turkmanlar g'uj holda yashaydilar (1980-yillar).
Turkman xalqining etnogenezi hali to'liq aniqlanmagan. Uning eng dastlabki etnik
tuzilishida qadimiy dax-massaget va sarmat-alan qabilalarining roli katta. Qadimiy Marg'iyona,
Parfiya va Xorazm davlatlarining aholisi ham mazkur jarayon-da qisman ishtirok etgan.
Turkmanlarning etnik shakllanishi Orol-Kaspiy dashtlarida yashovchi eroniy tillarda gapiradigan
qabilaviy birikmalarning IV-V asrlarga kelib turklashish jarayoni bilan bog'liq, degan fikr mavjud.
Keyinchalik mazkur turklashgan qadimiy qabilalarga o'g'uzlar qo'shilib turkman xalqiga asos
solgan. Ikkinchi fikrga ko'ra, antropologik dalil-larga asoslanib turkmanlar asli mil.avv. turklashgan
ko'chman-chi skiflarning avlodi, deb qaraladi. Ammo ikki fikr ham to'liq isbotlanmagan. Ma'lumki,
«turkman» nomi dastlab X asr oxir-larida paydo-bo'ladi. Ko'petdog' etaklarida dehqonchilik bilan
shug'ullanuvchi aholi bilan Kaspiy va Sirdaryo qirg'oqlarida yashovchi qadimgi ko'chmanchi
qabilalar negizida XI asrlarda paydo bo'lgan yirik o'g'uz turklarining birikmasi - saljuqiylarning
turkman xalqining shaklanishida muhim rolni o'ynaganligi shubhasiz. Saljuqiylar hatto Ozarbayjon
xalqi va yaqin sharq turklarining shakllanishida ham faol ishtirok etganlar. Asli turkman xalqining;
shakllanisni mo'g'ul-turk istilolaridan keyingi davrda, asosan, XV asarlarda tugaydi. O'sha davrda
turkman etnosiga ayrim noo'g'uz turkiy qabilalar (chunonchi, qipchoqlar) ha.m qisman qo'shilgan.
XIX asrning 80-yillarida Turkmaniston Rossiya tomonidan istilo qilingach, etnik birikish
jarayoni kuchaygan bo'lsa-da, qabilaviy bo'linish hanuzgacha mustahkam saqlangan. Eng yirik
qabilalar-dan taka turkmanlari axal, murg'ob havzasi va Tajanda, yovmutlar Kaspiy ersarilar Xiva
yerlarida yaxlit holda yashaganlar. Xo'jalik -madaniy jihatdan turkmanlar, ko'chma (chorva) va
o'troq dehqon (cho'mur) qismlarga bo'lingan. XX asr boshlariga kelib, turkman millati shakllanib,
qabilaviy bo'linishlarga barham berildi. Ular to'liq o'troq turmush tarziga o'tdilar.
Qoraqalpoqlarning ham etnogenezi murakkab sharoitda kech-gan. Ular hozir o'zlarining
avtonom respublikalariga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: