Psixologik trening asoslari



Download 2,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/190
Sana14.07.2022
Hajmi2,48 Mb.
#799115
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   190
Bog'liq
fayl 776 20210505

Intrektsiya. 
Intrektsiya odamning tashqi olamdagi narsalarni birovlar 
obroyiga asoslanib qabul qilib olishi hisoblanadi. “intrekt - singmay qolgan, 
chaynalmagan ovqatga o’xshaydi”, deb yozadi Peres. Intrektni anglash ham 
muammoni yechishga yordam beradi. Masalan “Qiz bolaning sochi uzun 
bo’lishi kerak” degan interekt bo’lishi mumkin. Bu narsani anglamasdan qabul 
qilgan qiz chiroyli bo’lishi uchun sochini kestiradi va vijdon azobida qoladi. 
Buni tushunib yetishi uni vijdon azobidan qutqaradi.
Proeksiya.
Proeksiya-interektsiyaga 
qarama-qarshi 
o’z 
fikrini 
boshqalarning fikrlari deb qabul qilishdan iborat. Masalan, hammaga qarama-
qarshi turadigan odam “Boshqalar ham menga qarshi” degan fikrda bo’lishi 
mumkin. Boshqalar bunday fikrda bo’lmasada, u o’z fikrlaridan qaytmaydi. 
Peres proektsiyaning oldini olish uchun “Uz fikriga javobgar qilish” degan 
goyani ilgari suradi. Javobgarlikni qabul qilish orqali, ya’ni muammo o’ziniki 
ekanligini qabul qilish natijasida mijoz yetulikka erishishi mumkin. 
Geshtal’tterapiya - shaxsning o’zligini anglashga, anna shu orkali uz 
muammolarini “shu yerda va hozir” hal qilishga yordam beruvchi metod 
hisoblanadi. 
2. Guruhiy tahlil yo‘nalishi. Guruxiy psixoterapiya
termini Yakob 
Moreno tomonidan psixologiya faniga olib kirilgan. Psixologiya fani insonning 
ruhiy olami, xulqi, insonlararo munosabatni o’rganadi. Uning amaliy yo’nalishi 
tadqiqot predmetining cheklanganligi bilan chegaralanib qolmasdan, balki 
insonning shaxs sifatida o’sishiga yordam beruvchi bir qancha jabxalarni o’ziga 
qamrab oladi va tekshiradi. Psixoterapiyadan farq qilgan holda, bu yo’nalishlar 
o’z oldiga maqsad qilib ruhan nosoglom odamni emas, balki soglom inson 
shaxsining kamol topishini, insonning o’zligini anglashga yordam berishni 
masad qilib qo’yadi. Mazkur amaliy psixologiya yo’nalishida klinik psixologlar 
va psixolog kontsul’tantlar fanning sunggi yutuqlariga tayanib ish olib boradilar. 
Jamiyat taraqqiyoti, Fan-texnika revolyutsiyasi , iqtisodiy uzgarishlar insonning 
ruhiy ekologiyasiga ba’zan salbiy ta’sir qiladi. Agarda bunday salbiy ta’sirlar 
yig’ilib qolsa, “Toma-toma ko’l bo’lur” deyilgandek, odamnmng ruhiyatida 
o’zgarishlar sodir bo’lib, ruhiy qusurlik darajasiga yetishi mumkin. Shuning 
uchun kasallik paydo bo’lishidan ilgari uning oldini olsa, u holda insonning 
barkamol shaxs bo’lib yetishuviga shart-sharoit yaratiladi. Bu esa amaliy 
psixologiyaning vazifasidir. 


135 
Mashhur yo’nalishlardan biri venalik psixolog Z.Freyd tomonidan ishlab 
chiqilgan psixoanalizdir. Psixoanaliz ta’limoti bo’yicha insonning asosiy 
ehtiyoji - bu seksual (shaxvoniy) ehtiyojlardir. Jamiyat axloq normalarining bu 
ehtiyojlarga qarama-qarshiligi natijasida inson shaxsida turli xil ruhiy 
kamchiliklar paydo bo’ladi, deb hisoblaydi. Z.Freydning fikricha, bu jarayon 
ongsiz holda kechadi, ya’ni odam o’zida bu narsalar kechayotganligini anglab 
yetmaydi. 
Insonning har bir xatti-harakati “ U”, “Men”, “Mening menligim” lar 
o’rtasidagi konfliktlar (ziddiyatlar) natijasi deb taxmin qilinadi. 
“U” - biologik ehtiyojlar, “U”ning tabiati asosan ongsizdir. 
“Men” - tashqi muhit bilan muloqotdan hosil bo’lgan rhxiy tuzilmadir. 
“Mening menligim” - ijtimoiy muhit va bu muhit ta’sirlarining to’siqlaridir. 
Z.Freydning fikricha shu narsalar orasidagi qarama-qarshiliklar, turli 
kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Psixoanaliz 
nazariyasi 
psixodinamik 
yo’nalish 
qatoriga 
kiradi.Psixodinamik 
yunalish 
tarkibiga 
yana 
Adlerning 
individual 
psixologiyasini va Yungning analitik psixologiyasini kiritish mumkin.
T. Adler Z.Freydning shogirdi, keyinchalik esa undan ajralib o’z 
nazariyasini ishlab chiqqan olimdir. Uning fikricha, odamda asosan 
hukmdorlikka intilish hissi ustun turadi. Bolalikdagi bunday intilish unda o’zini 
toliq anglamaslik hissini paydo qiladi. Natijada u kattalarga nisbatan o’zini 
kamsitilgan deb hisoblaydi. Mazkur psixologik holat odamning bundan keyingi 
hayotida muammolar kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Ayrim odamlarda bu his 
kamsitilganli majmuasini (kompleksini) keltirib chiqarsa, boshqalarda esa 
ustunlik majmuasini (kompleksini) keltirib chiqaradi. Adlerning fikricha, bu ikki 
majmua inson faoliyatining asosidir. 
Psixolg Yung ham Freydning shogirdlaridan biri edi. U ham alohida bir 
yo’nalish, ya’ni analitik psixologiyani ishlab chiqqan. Yungninig fikricha, libido 
(jinsiy aloqaga intilish) inson yashashi, turmush kechirishi uchun zaruriy 
ehtiyojlar energiyasidir. Uningcha, libido faqat seksuallikdan iborat emas. 
Chunki Yung jamoviy ongsizlik mavjud bo’lishini ko’rsatib o’tadi. Yungning 
fikricha, shaxs individualizatsiya, ya’ni uzoq davom etuvchi psixologik 
rivojlanish jarayoni orqali o’zini anglaydi. 
Psixoanalizning terapiya sifatida qo’llanilishi murakkab va uzoq 
kechadigan jarayon hisoblanadi. 
Psixoanalitik terapiyada 5 ta asosiy holatni ajratib ko’rsatish mumkin: 


136 
1. Mijoz bilan chuqur hissiy munosabatga kirishish. Mijoz bu holat 
kechishida o’zining ijobiy va salbiy hislarini terapevtga yunaltirishi uchun 
imkoniyat paydo bo’ladi. Buning natijasida mijoz terapevtga o’zining hayot 
tajribasini proektsiya qiladi. Masalan onasini rashk qilgan bo’lsa, terapevtni o’z 
otasi deb, ongsiz ravishda yomon ko’rib qolishi mumkin. 
2. Tushlarni talqin qilish. Tushlar, Freydning fikricha, ongsizlik zonasiga 
yo’ldir. 
3. Erkin assotsiyalar - mijoz bir-biri bilan boglanmagan fikrlarni bildiradi. 
Terapevt uni erkin holda eshitib turib xulosa chiqarishi lozim. 
4. Terapevt mijoz karshiliklarini aniqlab, uning sababini tushunib yetishi 
kerak. 
5. Terapevtning tushuntirishi natijasida mijoz bolaligida bo’lgan hodisani 
ob’ektiv ravishda boshidan kechirganday his etib, katarsis oqibatida kasallik 
yo’q bo’lib ketishiga olib kelish jarayonidir. 
Guruhiy yo’nalishda, yuqorida ko’rilgan terapevtik yo’nalishlarning 
aksariyatidan foydalaniladi. Guruhiy yunalish faqat rhxiy kasallar bilan emas, 
balki sog’lom, o’zini shaxsan rivojlantirishga va anglashga, muammosini 
yechishga intiladigan odam bilan ishlashga ham qaratilgan. Guruhiy 
yo’nalishning ustun tomoni shuki, unda terapevt emas balki guruh a’zolari 
muammoni yechishga yordamlashadi, ya’ni boshqalar muammosini hal qilish 
orqali o’z ruhiy olamini boyitishadi. Bizda guruhiy yo’nalish ijtimoiy psixologik 
trening deb nomlanadi. 
Hozirda Respublikamizning barcha viloytlarida ham trening guruhlari 
bilan ishlash asta-sekinlik bilan rivojlanmoqda, jumladan, ta’lim va tarbiya, 
tibbiyot, oilaviy munosabatlar sohalarida, turli tashkilotlarda tadbiq qilinmoqda, 
biroq bu xali yetarli darajada emas. Chet ellarda guruhiy trening ishlari yaxshi 
yo’lga qo’yilgan, shulardan ayrimlariga to’xtalib o’tamiz.
 
Guruhiy trening 
odamning boshqalar xaqidagi tasavvurini o’zgartirib, yangi xarakat shakllarini, 
ya’ni jamiyatning kichik modelini guruhda o’rganish metodidir. 
Guruhiy psixoterapiyada asosiy narsa guruhda labilizatsiya, ya’ni doimiy 
o’rganilgan harakatlardan kuchli hislar natijasida voz kechish va yangi xatti-
harakat shakllarini qabul qilishi, boshqacha qilib aytganda, olamni tor kobiqdan 
chiqib idrok qilishdir. 

Download 2,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish