«Elkadagi tog’»
Maqsad:
yelka, bel sohalari mushaklaridagi zo’riqishlarni yo’qotish,
qaddi-qomatni tik tutish va o’ziga ishonchni nazoratda ushlab turish.
Bajarish vaqti:
3 soniya.
Bajarish tartibi:
tik turgan yoki yurib ketayotgan holatlarda bajariladi.
Yelkalar yuqoriga maksimal darajada tez ko’tariladi, ularni keng yoyib orqaga
tashlanadi.
Bu mashqni bir necha marotaba takrorlash natijasida qaddi-qomatni tik
ushlash va turli salbiy kechinmalar tufayli yelkaga og’irlikni tushirmaslik
ko’nikmasi shakllantirib boriladi.
“Oldin va keyin testi”
Maqsad:
ishtirokchilarning treningdan oldingi va keyingi kayfiyatlarini
qiyoslash, umumiy guruhiy kayfiyatni ko’tarinkilik darajasini aniqlash, trening
samarasini tekshirish, ishtirokchilarda o’zgarish yoki rivojlanish borligini
o’zlariga ko’rsatish, ishtirokchilar bilan qayta aloqa o’rnatish.
236
Kerakli resurslar:
1ta marker, oldindan tayyorlab qo’yilgan 2 ta test
blankasi u quyidagicha (A4 formatda bo’lishi kerak).
Jarayon:
treningga kirishishda oldin ishtirokchilardan o’z kayfiyatlari yoki
ruhiy holatlaridan kelib chiqib balankadagi ixtiyoriy yuz qiyofalarining faqat
bittasining ostiga, ko’rsatiklanidek qushcha belgisini qo’yib chiqish so’raladi.
Bu jarayon anonimligi ta’minlanishi uchun, uni trener kuzatishi kerak emas. Uni
ishtirokchilar aylana bo’lib o’tirganlarida qo’lma-qo’l tazrda belgilab bir
birlariga uzatib yuboiladi. Ishtirokchilardan haqiqiy ichingizdagi ruhiy
holatingiz va kayfiyatingizdan kelib chiqib rost belgini qo’yish so’raladi va bu
trening samaradorligi uchun muhimligi ta’kidlanadi.
Trener blankani ohirida o’ziga olib, uni tezda tahlil qilib shunga qarab,
treningni qay tarzda va nimalarga ko’roq urg’u berib tashkil qilishni yanada o’zi
uchun bilib olishi mumkin.
Trening oxirida esa ishtirokchilar bilan qayta aloqa o’rnatish uchun va
ulardagi ijobiy yoki salbiy o’zgarishlarni bilish uchun ikkinchi yangi blankani
ishtirokchilarga beradi, ishtirokchilar esa, yana trening boshidagidek qo’lma-
qo’l tarzda bir-birlariga blankadagi qiyofalar tagiga o’z belgilarini qo’yishadi.
Bunda yana bir bor eslatib o’tish darkorki, ular o’z kayfiyati va ichki holatlariga
qarab maqbul bir yuz ko’rinishi ifodasining ostiga (ya’ni ajratilganjoyga) belgi
qo’yishlari kerak. Bu orqali trener o’z treningi qanchalik samarali bo’laganini
hamda ishtirokchilar bo’lsa, o’zlarida qanchalik ijobiy o’zgarish bo’lganini bilib
olishlari mumkin. Agar ishtirokchilarda ijobiy tomonga o’zgarish aytarli
darajada bo’lsa, trener har ikki blankani (ya’ni trening boshida va ohirda olingan
test varqalarini) ishtirokchilarga namoish etishi mumkin.
237
Do'stlaringiz bilan baham: |