Psixologik trening asoslari


“Kechirib yuborish” trening mashg’uloti



Download 2,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/190
Sana14.07.2022
Hajmi2,48 Mb.
#799115
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   190
Bog'liq
fayl 776 20210505

 
“Kechirib yuborish” trening mashg’uloti. 
Mashg’ulot tavsiya etiladigan holatlar: guruhiy psixokorreksion faoliyatda 
hamda individual psixokorreksion faoliyatda qo’llanilishi mumkin bo’lib 
emotsional-hissiy sohadagi buzilishlarni, shaxslar aro (guruhiy, oilaviy, ota-ona 
va farzand) munosabatlaridagi buzilishlarni korreksiya qilish.
Trener so’zi: Insondagi yopishqoq va orom bermas fikrlar - alam, ranjish, 
nafrat, o’ch olish hislari sabablidir. Bundan qutulishning eng maqbul yo’li bu 
barcha-barchasini kechirib yuborib qayta eslamaslik. Kimnidir inson kechira 
olmasa quyidagi mashqdan foydalanishi mumkin. Inson ko’zlarini yumadi, 
kechirishni maqsad qilib qo’ygan insonini katta, yorug’ sahnada tasavvur qiladi, 
15-20 soniya davomida hamma o’sha insonga gullar va sovg’alar berayotganini 
hayolan tasavvurda ko’zatadi. Shundan so’ng inson o’sha sahnaga va o’sha 
holatga o’zini qo’yadi va o’zini ham shu tarzda 15-20 soniya hayolan tasavvurda 
kuzatadi. Bu mashg’ulotni har kuni 1-2 marotaba 21 yoki 40 kun davomida 
bajarish kerak…toki o’sha insonni chindan kechirib yubormaguncha. Bu 
mashg’ulotni trener amaliyotda bajarib ko’rishni ishtirokchilarga taklif etadi.
“Agar nafratlansang, demak seni ustingdan g’alaba qozonishdi!” Konfutsiy.
Yuqoridagi xikmatli so’zni asosan xafagarchilik, aybdorlik hissi yuqori 
bo’lgan o’smirlar bilan birga muhokama qilish va ularga salbiy his tuyg’ularning 
salbiy ta’sirini tushuntirish kerak. Shuningdek, agar guruhda bo’lsa, o’quvchilar 
bilan Konfutsiyning yuqoridagi jumlasi asosida muhokama yoki debat o’tkazish 
ham samara beradi. 
“Tezkor yozuv” trening mashg’uloti.
Mashg’ulot tavsiya etiladigan holatlar: guruhiy psixokorreksion faoliyatda 
hamda individual psixokorreksion faoliyatda qo’llanilishi mumkin bo’lib 
emotsional-hissiy sohadagi buzilishlarni, qadriyatlar tizimida yuzaga kelgan 
buzilishlarni, xarakter aktsentuatsiyasini psixokorreksiya qilishda, shuningdek, 
motivatsion sohani rivojlantirishda va psixologik resurslarni shakllantirishda, 
shaxslararo (guruhiy, oilaviy, ota-ona va farzand) munosabatlaridagi 
buzilishlarni korreksiya qilishda.
Bu mashg’ulot ishtirokchilardan mas’uliyat va javobgarlik hissi bilan 
yondoshuv talab qilganligi uchun, trener bunga o’smirlarni tayyorlashi hamda 
undan avval emotsiyalarni qo’zg’atuvchi, kulguli mashqlar o’tkazmagani 


209 
ma’qul. Ishtirokchilarga quyidagi savollar beriladi va ularning har biriga 30 
sekund davomida javob berish so’raladi.
1. Hayotda erishmoqchi bo’lgan 3 ta eng asosiy maqsadingizni yozing? (30 
sekund vaqt beriladi yozishga)
2. Agar umringiz tugashiga 6 oy qolganligini bilsangiz nimalarni amalga 
oshirgan bo’lar edingiz? (30 sekund vaqt beriladi yozishga)
3. Hayotda sizni qiynaydigan 3 ta muammoni yozing? (30 sekund vaqt 
beriladi yozishga)
Trener: Hozir siz bilan birga “Tezkor yozuv” texnikasidan foydalandik. 
Uning o’ziga xosligi shundaki, inson shoshilganida ong faoliyati jadallashadi 
hamda eng kerakli ma’lumotlarni tabiiy tarzda yuzaga chiqaradi. Bunda 
insonning haqiqiy qadrli va muhim hayotiy maqsad hamda qadriyatlari 
oydinlashadi.
Diqqat: Bunda har bir savolning javobini trener o’smir bilan muhokama 
qilishi hamda kerakli joyda muntazam unga konstruktiv (bunyodkorona) 
yo’nalish berishi kerak.
1-savolning javobida keltirilgan maqsadlar insonning asl maqsadlaridir. 
Inson o’sha maqsadlarga ko’ra boshqa maqsadlarini qo’yishi maqul. Sababi 
bular insonning chin dildan istagan maqsadlaridir. Asl maqsadlar sari intilgan 
odam charchamaydi, kichik yutuqlar ham unga zavq bag’shlaydi…mamnun va 
baxtli qiladi. Muhimi o’zini o’zi aldashiga yo’l qo’ymaydi. Gohida inson asl 
maqsad va qadriyatlar tizimiga kirmaydigan muammolarni ko’p o’ylab, 
tashvishlanib yuradi. Shunday paytda inson muhim bo’lmagan narsalar bilan 
fikrini chalgitayotganini shu 30 soniyada yozgan maqsadlariga qiyosan anglab 
yetishi ham mumkin.
2-savolning javobida insonning asl qadriyatlari namoyon bo’ladi. Inson har 
qanday holatda ham ushbu qadriyatlarini yodda tutishi kerak. Sababi asl 
qadriyatlar insonning to’laqonli hayotini ta’minlaydi, hissiy jihatdan barqaror 
qiladi, quvvat manbai bo’ladi… Muhimi o’zini o’zi aldashiga yo’l qo’ymaydi.
3-Inson muammosiz yashamaydi, doim va hammada muammo 
bo’lgan…insonning ishonchi, intilishlari, iroda kuchi bilan muammolarni 
bartaraf qiladi…bundanda avval inson shuni bilib olishi kerakki “muammo 
aslida muammo emas, muammoga bo’lgan munosabatning o’zi muammodir”. 
Har qanday amalga oshirmoqchi bo’lgan tadbiringizda eng muhim omil bu-
pozitsiya yoki munosabatdir. Munosabatning noto’griligidan noto’g’ri xulosalar 
va inson istamagan natijalar yuzaga keladi. Munosabat misli fonar(chiroq) u 


210 
qizil bo’lsa u qaratilgan narsa ham qizil bo’lib ko’rinadi… shunday ekan inson 
o’z munosabati bilan butun dunyoni zulmatga yoki nurga to’ldirishi mumkin.
Trener o’zining bildirgan fikrlariga ishtirokchilardan qayta aloqa so’rashi 
va ularning munosabatlarini bilishi hamda ular bilan birga tahlil qilishi kerak. 
Agar, ularda biror-bir destruktiv fikr payqasa, uni konstruktiv talqin va tahlil 
qilish chorasini ko’rish joiz. 

Download 2,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish