boshlanganda u hali ko'krakdan ajralmagan go'dak edi.
A) ega, payt holi, ega, payt holi, vositali to'ldiruvchi, sifatlovchi aniqlovchi, kesim
B) payt holi, ega, payt holi, sifatlovchi aniqlovchi, kesim
C) payt holi, ega, payt holi, vositali to'ldiruvchi, kesim
D) ega, kesim, ega, payt holi, sifatlovchi aniqlovchi, kesim
21. Qaysi qatorda paronimlar qo'llash bilan bog'liq xato mavjud? A) Ochilov o'zini quyoshga toblab
yotardi.
B) Yarqiraydi doim tovlanar, Oy nuriga cho'miluvchl tosh.
C) Ko'ylagi quyoshda tovlanib hushini yanada ochdi.
D) Suv jimirlab, ko'zni quvnatib toblanardi.
22. Yurtimizda yashayotgan har qaysi inson o'zini, eng avvalo, O'zbekiston fuqarosi deb, shundan
keyingina muayyan hudud vakili, aytaylik, xorazmlik, samarqandlik yoki Farg’ona vodiysi farzandi
deb his qilishi lozim. (I. Karimov)
Ushbu gapda ishtirok etgan yasama so’zlar sonini aniqlang.
A) 3 ta
B) 5 ta
C) 6 ta
D) 4 ta
23. Och-yalang’och yashayotganlarni men hech qachon unutolmayman.
Ushbu gap tarkibida nechta so’z birikmasi mavjud?
A) 3 ta
B) 5 ta
C) 4 ta
D) 2 ta
24. “Maqsad ul-atvor” dostonining muallifini aniqlang. A) A. Jomiy
B) Xoja
C) H. Xorazmiy
D) Rudakiy
25. “Boburnoma" ning dastlabki nomi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) “Xatti Boburiy”
B) “Mubayyin”
C) “Risolayi volidiya”
D) “Vaqoyi’”
26. Mirzakalon Ismoiliy tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan asarning nomini toping. A) “Sirli qo’l”
B) “Xazonrezgi”
C) “Choliqushi”
D) “Tamg’a”
27. U avval-avval rasmlar chizdi. Rassom bo‘lmoqchi bo'ldi. Qator-qator rasmlar chizdi. Rasmlarni
ko‘rgazmaga qo‘ydi... U ajoyib animalist - jonivorlar tasvirini yaratuvchi rassom bo‘ldi. Ammo
“baxt qushi”ni tabiatshunos olimlikdan, adiblikdan topdi...
Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida?
A) Jonatan Svift B) Ernest Seton-Tompson
C) Antuan de Sent-Ekzyuperi
D) Hans Kristian Andersen
28. Akalari kinoga olib bormay aldab tashlab ketganida ham, o‘rtog‘i Qahramon teplitsa oynasini
sindirib unga (muallifда) to‘nkaganida ham, eng yaqin do‘sti uning yoqtirgan qizi bilan yurib
ketganida ham onasi tasalli beradi.
Ushbu mazmundagi voqealar “Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi hikoyada keltiriladi? A)
“Gilam paypoq”
B) “Imon”
C) “Qanoat”
D) “Xiyonat”
29. Qaysi javobda “Alpomish” dostoni qahramoni Oybarchin haqida ma’lumot berilgan?
A) U o‘zining suratini qog‘ozga soldirib, bir sandiqcha tayyor qilib, o‘zining sochidan bir tola soch
olib, to‘raning uzugini o‘zining suratiga o‘rab, ... sandiqni qulflab, daryoga oqizib yuboradi.
B) U yorining zolim xon qo‘lida bandi bo‘lib, qirq kun muhlat bilan zindonga solingani haqida
maktub yozib mayna orqali yigitning ota-onasiga yo‘llaydi.
C) Otasi uni Ko‘kqamish ko‘lida qo‘y sog‘dirib, chorvachilik ilmini o‘rgatish maqasadida
maktabdan chiqarib oladi.
D) U oshiq yigitga: “...menga qarab sen ham nobud bo‘lma, sen elga yetib, odamlarga qo‘shilsang,
yurtingga borsang, men sendan roziman deya iltijo qiladi”.
30. Tig’i ishqing yorasidur butmagan, Dardini har kimga aytib butmagan.
Hajr sahrosidur ohim o’tidin,
Anda gul yoxud giyohe butmagan. Ushbu misralar haqida qaysi hukm to’g’ri emas?
A) Tajnis turkiy ( o’zbekcha ) so’ziga tayangan holda yuzaga keltirilgan.
B) Ushbu misralar o’zbek adabiyotidagi tuyuq janriga mansub. C) Ushbu misralar A. Navoiy
qalamiga mansub
D) Ushbu misralar didaktik mavzuda yozilgan.