7
GLOSSARIY
Agressiya (lot. aggressio – hujum)
– umume‘tirof etilgan
prinsiplar va xalqaro huquq normalariga binoan tinchlik va xavfsizlikka
qarshi jinoyat hisoblanadi. BMT Bosh Assambleyasining 1974-yil 14-
dekabrda qabul qilingan “Agressiya tushunchasi” to‘g‘risidagi
rezolyutsiyasining 1-moddasida belgilangan xatti-harakatlar agressiya
hisoblanadi.
Aparteid – insoniyatga qarshi yo‘naltirilgan xalqaro jinoyat bo‘lib
davlat aholising irqiy belgilari bo‘yicha ajratishga yo‘naltirilgan irqiy
siyosat.
Biotsid (hayotdan mahrum etish)
– insoniyatga qarshi qaratilgan
xalqaro jinoyat. Barcha tirik jonzotlarga qarshi qaratilgan, harbiy nizoda
dushman ustidan g‘alaba qozonish maqsadida qasddan ommaviy qirg‘in
qurollarini ishlatishni bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: