Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/148
Sana29.12.2021
Hajmi2,35 Mb.
#79243
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   148
KIRISH  
 
Hozirgi kunda, huquq va qonunlarning ahamiyati oshib borayotgan 
bir  vaqtda,  jamiyatda  sodir  bo‘layotgan  o‘zgarishlarni  qonunchilikda, 
kodekslar  va  huquqiy  normalarda  ko‘rsatib  borish  oson  emasligini 
nazarda  tutgan  holda,  adolat  va  haqiqat  etalon  sifatida  yuridik  kasb 
faoliyatiga  nisbatan  katta  talab  qo‘yilayotganligi  bejiz  emas,  unga  ega 
bo‘lgan  shaxslarga  esa 
uning 
mavqei, 
mansabi  va  yuridik 
mutaxassisligidan  qat‘iy  nazar  faoliyatiga  jamiyatning  e’tiborini 
oshirmoqda.  
Yuridik kadrlarni hozirgi davr talabidan kelib chiqib tayyorlashda, 
respublikamizda  hukumat  tomonidan  katta  ahamiyat  qaratilmoqda. 
2013-yil  28-iyunda  “Yuridik  kadrlarni  tayyorlash  tizimini  yanada 
takomillashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
PQ  –  1990-sonli  qaroriga  Toshkent  davlat  yuridik  Instituti  Toshkent 
davlat  yuridik  universitetiga  aylantirildi.  hamda  “Yurisprudensiya” 
mutaxassisligi  bo‘yicha  yuridik  kadrlarni  tayyorlash  va  qayta 
tayyorlashda  oliy  o‘quv  va  ilmiy-metodik  davlat  muassasasi  deb 
belgilandi.  
Malakali yuridik kadrlarni tayyorlash borasida masalalarni amalga 
oshirish  borasida  TDYUda  bu  borada  tashkiliy-huquqiy  kompleks 
chora-tadbirlar  amalga  oshirilmoqda,  jumladan,  huquqiy  darsliklar 
“Yangi  avlod  darsliklari”ni  tayyorlash  borasida  kompeks  reja  qabul 
qilindi. 
Dasturni  tayyorlash  jarayonida  hozirgi  davr  yuridik  fan  yutuqlarini 
hamda  davlat  huquqiy,  sud  va  huquqni  muhofaza  qiluvchi  organlari 
sohasida  demokratik  o‘zgarishlarni,  shuningdek,  Oliy  va  o‘rta  maxsus 
ta’lim  vazirligi  tomonidan  2013-yil  2-avgustdagi  278-sonli  buyrug‘i 
bilan  tasdiqlangan  “Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta‘lim  muassasalari  uchun 
yangi  avlod  o‘quv  adabiyotini  tayyorlash  bo‘yicha  Konseptsiyasi”dan 
kelib  chiqqan  holda  yangi  avlod  o‘quv  adabiyotlariga  qo‘yilgan 
talablarni inobatga olgan holda ish olib borildi.  
Bu  borada  Sud  va  huquqni  muhofaza  qiluvchi  organlar  kafedrasi 
mualliflar  jamoasi  bilan  birgalikda  tayyorlangan  “Xalqaro  huquqni 
muhofaza  qiluvchi  tashkilotlar”  yangi  avlod  darsligi  bo‘yicha  barcha 
qo‘yilgan talablarga javob beradi. 
Hozirgi  davrda  shunday  vaziyat  hosil  bo‘ldiki,  hattoki  davlatning 
o‘zi ham jinoyatchilikning ko‘pgina turlarini hal etishga qodir emas. Shu 
bilan  birgalikda  jinoyatchilik  milliy  hududlardan  chetga  chiqib 



 
transchegaraviy  ko‘rinishga  ega  bo‘lib  kelmoqda.  Shuning  uchun  ham 
jinoyatchilikka  qarshi  kurashda  davlatning  muhim  manfaatlarini 
himoyasini  ta’milashda  ham  ichki  ham  xalqaro  darajadagi  harakatlarni 
umumlashtirish lozim. 
 
Alohida  turdagi  jinoyatlar  hamda  umumiy  ko‘rinishdagi 
jinoyatlarga qarshi kurashda xalqaro huquqiy choralarga hamda xalqaro 
huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarga katta ahamiyat berilmoqda.  
 
Prezidentimiz  I.Karimov  1998  yildaalohida  ta’kidlaganlaridek: 
“...O‘zbekiston  o‘zining  jo‘g‘rofiy-siyosiy  holati  jihatidan  kollektiv 
xavfsizlik  tizimi  izchil  yo‘lga  qo‘yilmagan  mintaqada  joylashgan.  Bu 
ham tahdid tug‘diruvchi sababdir”
1

 
Hozirgi  kunda,  jinoyatchilikka  va  boshqa  huquqbuzarliklarga 
qarshi  kurashda  davlatlar  bilan  bir  qatorda  xalqaro  hukumatlararo 
tashkilotlar  (BMT,  MAGATE,  MDH,  ShHT  va  bosh.)  muhim 
ahamiyatga  ega.  Jinoyatchilikka  qarshi  kurashda,  shuningdek,  maxsus 
xalqaro  hukumatlararo  tashkilotlar  (Interpol,  Yevropol,  XJS,  ShHT 
MATT) tashkil etilgan. 
Shu  bois  2013/2014  o‘quv  yilida  TDYU  o‘quv  rejasiga  “Xalqaro 
huquqni  muhofaza  qiluvchi  tashkilotlar”  fani  joriy  qilindi.  Fanning 
maxsus  vakolatga  ega  bo‘lgan  xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi 
tashkilotlarning  institutsional  va  funksional  faoliyat  asoslarini 
o‘rganishini inobatga olgan holda, “Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi 
tashkilotlar”  fanini  talabalarga  o‘qitish  vazifasi  Sud  va  huquqni 
muhofaza qiluvchi organlar kafedrasi zimmasiga yuklatildi. 
Sud-huquq 
islohotlarini 
chuqurlashtirish 
va 
jamiyatni 
modernizatsiyasi qilish jarayonida “Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi 
tashkilotlar”  o‘quv  qo‘llanmasi  talablarida  xalqaro  huquqni  muhofaza 
qilish  faoliyatini  tartibga  soluvchi  huquqiy  normalarni  ishlab  chiqishda 
va  qo‘llashda  muhim  bo‘lgan  ko‘nikmalarni  hosil  qilish  hamda  xalqaro 
huquqiy munosabatlarga oid bilimlarni egalashda muhim ahamiyat kasb 
etadi. 
Shu bilan birgalikda, taqdim etilgan darslikning materiallari oddiy 
va barcha uchun tushunarli tilda yoritilgan  hamda alohida yoritiladigan 
tushuncha va ta‘riflar sxemalar va illustratsiyalar bilan boyitilgan.  
Alohida  ta’kidlash  lozimki,  hozirgi  paytda  “Xalqaro  huquqni 
muhofaza qiluvchi tashkilotlar” o‘quv fani TDYuUning 2-kurs talabalari 
uchun  nazarda  tutilgan.  Shu  bilan  birga,  2-kurs  talabalari  uchun  o’quv 
                     
1
Karimov  I.A.  O‘zbekiston  XXI  asr  bo‘sag‘asida:  Xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot 
kafolatlari// Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida. T. 6. – T.: «O‘zbekiston», 1998. – B. 35.  
 



 
rejasi  “Xalqaro  huquq”,  “Jinoyat  huquqi”,  “Jinoyat-prozessual  huquq” 
kabi  fanlarni  oz  ichiga  kiritmaydi,  shunga  ko’ra,  oquv  qo’llanmasi 
tarkibi  faqat  xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi  tashkilotlar  faoliyatini 
tashkil  etishning  institutsional  va  funksional  asoslarini  qamrab  oladi. 
Xususan,  qo’llanmada  ushbu  tashkilotlarning  amaliy  faoliyat  ochib 
berilmasdan,  asosan  ularning  tizimi,  tuzilishi,  shuningdek,  asosiy 
funksiyalari, vakolat doirasi yoritiladi.         
 “Xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi  tashkilotlar”  o‘quv 
qo‘llanmasi  ham  milliy  ham  xalqaro  huquq  sohalari  uchun  yuksak 
malakali professional yuristlarni tayyorlashda asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Ushbu  o‘quv  qo‘llanma  talabalar  uchun  xalqaro  huquqiy  faoliyating 
asoslarini o‘zlashtirishda yordam beradi degan umiddamiz.  
 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish