Xalqaro terrorizm (lotin. tеrror – qo‘rquv) – odamlarning
behuda halok bo‘lishiga olib keluvchi, davlatlar va ular vakillarining
normal diplomatik faoliyatini buzuvchi hamda xalqaro aloqalar va
uchrashuvlarni, shuningdek davlatlar o‘rtasidagi transport aloqalarini
amalga oshirishini qiyinlashtiruvchi xalqaro miqyosdagi ijtimoiy xavfli
qilmishlar yig‘indisi.
Xalqaro tribunallar – xalqaro jinoyatlarni sodir etishda aybdor
bo‘lgan jinoyatchilar va davlarni sud qilish uchun tuziladigan xalqaro
organlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |