Jinoyatchilikni oldini olish va huquqbuzarlar bilan muloqot
qilish bo‘yicha BMTning Kongressi – 1950-yil 1-yanvarda
Birlashgan Millatlarning Bosh Assambleyasi tomonidan 415/Y
Rezolyutsiyasiga asosan tashkil qilingan va har besh yilda bir marta
yig‘ilishlari lozim. Kongress o‘z vakolati doirasida jinoyatchilikni oldini
olish bo‘yicha davlatlararo hamkorlikni amalga oshiradi, huquqbuzarlar
bilan muloqot qilish bo‘yicha xalqaro hamkorlik va o‘zaro tajriba
almashishni muvofiqlashtiradi. Kongressning qilingan ishlari bo‘yicha
ma’ruzalarini BMTning Bosh Assambleysiga taqdim etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |