Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги муҳаммад ал-хоразмий номидаги


-chizma. Mamlakatlar YaIMda elektron tijoratning ulushi



Download 10,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/244
Sana21.02.2022
Hajmi10,07 Mb.
#79225
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   244
Bog'liq
иктисодиётда АКТ

1-chizma. Mamlakatlar YaIMda elektron tijoratning ulushi
17
 
 
Rivojlangan mamlakatlarda elektron tijoratga biznes yuritishning ajralmas bo’lagi sifatida 
qaralsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda uni muqobil biznes yuritish usuli deb qaraladi. Biroq hali 
ham elektron tijorat xalqaro miqyosda mamlakatlar iqtisodiyotida sezilarli o’rin egallamagan. 
Agar elektron tijoratning kichik va o’rta biznes vakillari jahon bozoriga chiqishlari uchun juda 
qulay vosita ekanini, xom-ashyo bozoriga kirishni osonlashtirishi, qishloq xo’jaligi mahsulotlari 
marketingini xalqaro ko’lamda olib borish imkoniyatini oshirishini inobatga olsa, bu ayniqsa, 
rivojlanayotgan mamlakatlardagi tadbirkorlar uchun ancha foydali degan xulosaga kelinadi. 
Shunday bo’lsada, elektron tijoratni rivojlantirish talab va taklif darajasiga bog’liq va bunda 
sezilarli natijalarga erishish uchun, albatta, faoliyatni eksportni oshirishga yo’naltirish zarur. 
Shu bilan bir qatorda, soha rivojlanishida “Elektron raqamli imzo to’g’risida”gi, “Elektron 
hujjat almashinuvi to’g’risida”gi va “Elektron hukumat to’g’risida”gi Qonunlar ham muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
2015-yilda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektron tijoratni 
amalga oshirish qoidalari ishlab chiqildi, 2016-2018-yillar davrida O’zbekiston Respublikasida 
elektron tijoratni rivojlantirish konsepsiyasi bo’yicha tadbirlar kompleksi doirasida ishlar ham 
boshlab yuborilgan. Xususan, Konsepsiyada 2018-yilga qadar elektron tijorat sohasida: elektron 
17
statista.com sayti ma’lumotlari asosida muallif tomonidan ishlab chiqildi 


172 
tijoratnining to’lov operatsiyalari sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish, elektron 
tijorat sektorini tavsiflovchi indikatorlarni shakllantirish, axborot vositachilari faoliyatini tashkil 
etish tartibini ishlab chiqish, elektron tijorat qatnashchilarining mumkin bo’lgan 
tavakkalchiliklarini kamaytirish bo’yicha qonunchilikni takomillashtirish, elektron tijoratda 
eksport bitimlarini hisobga olish tizimini ishlab chiqish, elektron tijorat doirasida xalqaro pochta 
jo’natmalarini bojxonada rasmiylashtirishni tartibga solish va boshqa masalarni hal etish 
belgilangan.
Shunday bo’lishiga qaramasdan, O’zbekistonda elektron tijoratning ko’proq C2C 
yo’nalishi keng tarqalgan bo’lib, aholi ya’ni jismoniy shaxslar ijtimoiy tarmoqlar va olx.uz, 
zor.uz, irr.uz kabi axborot portallaridan foydalangan holda o’zaro savdoni amalga oshirmoqda. 
Bu esa, o’z navbatida, raqobat muhitining buzilishiga, tovarlar sifatining pasayishiga, 
soliqlarning to’lanmasligiga va kishilarda ishonchsizliklar paydo bo’lishiga olib kelmoqda. Zero, 
elektron tijorat iqtisodiyotning samaradorligini oshirishga, tanlov erkinligi va axborotni qidirish, 
olish, uzatish, tarqatish erkinligiga, yangi ish o’rinlari va yangi mutaxassislar paydo bo’lishiga 
zamin yaratmog’i kerak edi.
“Elektron tijorat to’g’risida”gi Qonunning ijrosini ta’minlash, AKT infratuzilmasini 
yaxshilash, elektron tijorat bo’yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash, elektron tijoratni 
rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish orqali O’zbekistonda 
elektron tijoratni yanada rivojlantirishga erishish mumkin.

Download 10,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish