O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Ishlab chiqarish kooperativlari



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/147
Sana14.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#798356
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   147
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism)

69-modda. Ishlab chiqarish kooperativlari
Fuqarolarning shaxsiy ishtirok etish hamda a’zolarning (ishtirokchilarning) mulk bilan
qo‘shiladigan pay badallarini birlashtirish asosida birgalikda ishlab chiqarish yoki boshqa xo‘jalik
faoliyatini olib borish uchun a’zolik negizidagi ixtiyoriy birlashmasi ishlab chiqarish kooperativi
hisoblanadi. Qonunda va ishlab chiqarish kooperativining ta’sis hujjatlarida uning faoliyatida a’zolik
asosida yuridik shaxslar ham ishtirok etishi nazarda tutilishi mumkin.
Ishlab chiqarish kooperativining a’zolari kooperativning majburiyatlari bo‘yicha qonunda va
kooperativ ustavida nazarda tutilgan miqdorlarda va tartibda subsidiar javobgar bo‘ladilar.
Kooperativning firma nomi kooperativning nomini, shuningdek “ishlab chiqarish kooperativi”
degan so‘zlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ishlab chiqarish kooperativlarining huquqiy mavqeyi va ular a’zolarining huquq hamda
burchlari ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
(69-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
70-modda. Unitar korxona
O‘ziga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkka nisbatan mulkdor tomonidan mulk huquqi berilmagan
tijoratchi tashkilot unitar korxona hisoblanadi.
Unitar korxonaning mol-mulki bo‘linmasdir va u qo‘shilgan hissalar (ulushlar, paylar) bo‘yicha,
shu jumladan korxona xodimlari o‘rtasida ham, taqsimlanishi mumkin emas.
Unitar korxonaning ustavida ushbu Kodeks 43-moddasining 
to‘rtinchi
va 
beshinchi
qismlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan tashqari korxona ustav fondining miqdori to‘g‘risidagi, uni
tashkil etish tartibi va manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
Unitar korxonaning mol-mulki unga xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi asosida
tegishlidir.
Unitar korxonaning firma nomida uning mol-mulkining egasi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Unitar korxona rahbari, shuningdek agar bu korxonaning ustavida nazarda tutilgan bo‘lsa,
kuzatuv kengashi uning boshqaruv organidir. Unitar korxonaning rahbari va kuzatuv kengashi
mulkdor tomonidan yoki mulkdor vakil qilgan organ tomonidan tayinlanadi hamda ularga hisob
beradi.
(70-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi O‘RQ-760-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Unitar korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi.
Unitar korxona o‘z mol-mulki egasining majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Unitar korxona o‘z mulkida o‘z mulkdorining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushga ega
bo‘lishga haqli emas. Ushbu qismda belgilangan taqiq kuchga kirguniga qadar o‘z mulkdorining
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni olgan unitar korxona xo‘jalik jamiyati (shirkati)
ishtirokchilari umumiy yig‘ilishida ovoz berishga haqli emas.


(70-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli 
Qonuniga
asosan
to‘qqizinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-
son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Unitar korxonalarning huquqiy mavqeyi ushbu Kodeks hamda boshqa qonunchilik bilan
belgilanadi.
(70-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Unitar korxona mol-mulkining egasi korxona majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi, ushbu
Kodeks 48-moddasining 
uchinchi 
va 
to‘rtinchi 
qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan
mustasno. Bu qoida sho‘ba korxona ta’sis etgan unitar korxonaning sho‘ba korxona majburiyatlari
bo‘yicha javobgarligiga nisbatan ham qo‘llaniladi.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish