O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/147
Sana14.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#798356
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   147
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism)

63-modda. Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat
Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi ta’sis hujjatlarida belgilangan
miqdorlardagi ulushlarga bo‘lingan jamiyat qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat hisoblanadi. Bunday
jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha o‘z mol-mulklari bilan qo‘shgan hissalari
qiymatiga nisbatan hamma uchun bir xil bo‘lgan, jamiyatning ta’sis hujjatlarida belgilanadigan
karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar bo‘ladilar. Ishtirokchilardan biri nochor (bankrot)
bo‘lib qolganida uning jamiyat majburiyatlari bo‘yicha javobgarligi, agar jamiyatning ta’sis
hujjatlarida javobgarlikni taqsimlashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo‘lmasa, boshqa
ishtirokchilar o‘rtasida ularning qo‘shgan hissalariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning firma nomi jamiyatning nomini, shuningdek
“qo‘shimcha mas’uliyatli” degan so‘zlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Ushbu Kodeksning mas’uliyati cheklangan jamiyat haqidagi qoidalari, agar ushbu moddada
boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatga nisbatan
qo‘llaniladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.


64-modda. Aksiyadorlik jamiyati
Ustav fondi muayyan aksiyalar soniga bo‘lingan jamiyat aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi;
aksiyadorlik jamiyatining ishtirokchilari (aksiyadorlar) uning majburiyatlari bo‘yicha javob
bermaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zarar uchun o‘zlariga qarashli aksiyalar qiymati
doirasida javobgar bo‘ladilar.
Aksiyalar haqini batamom to‘lamagan aksiyadorlar aksiyadorlik jamiyatining majburiyatlari
bo‘yicha o‘zlariga qarashli aksiyalar qiymatining to‘lanmagan qismi doirasida solidar javobgar
bo‘ladilar.
Aksiyadorlik jamiyatining firma nomida jamiyatning nomi hamda bu jamiyat aksiyadorlik
jamiyati ekanligi o‘z ifodasini topishi kerak.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Aksiyadorlik jamiyatining huquqiy mavqeyi hamda aksiyadorlarning huquq va burchlari
ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
(64-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
(65 va 66-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli 
Qonuniga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish