Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   134
Xolmo‘minning 
onasi 
to ‘satdan vafot etadi, o ‘g‘il go‘dakni Xolbekaning onasi emizishga 
majbur b o ‘ladi, natijada ular «shirxo‘ra» (bir onani emgan) b o ‘lib, 
«nikoh yurmaydigan» b o ‘lib qoladilar. Xolbeka o ‘n to ‘rt yoshga 
yetgach, uning husni kamoli ovozasi olamga yoyiladi. U go‘zal, 
ayni paytda aqlli, nard o ‘yiniga moliir qiz b o ‘lib yetishadi. Unga 
barcha mamlakatlardan sovchilar kela boshlaydi. Xolbeka sovclii- 
larga: «Har kim m eni olam an deb kelsa, oldiga nard o ‘yinini 
qo‘yaman, o ‘ynayman, utsa1 tegaman, utdirsa2 so‘yaman», deb 
shart qo‘yadi. H atto shahar podshosi Buvraxonga ham shu javobni 
aytadi. Podsho g ‘azablanib, shaharga Xolbeka deb kelgan odamni 
tutib qatl qildirishga farm on beradi, shunday qilsam to ‘rt-besh 
yildan keyin menga tegishga majbur b o ‘ladi, deb o ‘ylaydi.
Xolbeka va K untug‘mish tush k o ‘radilar, ular tushlarida bir- 
birlarining qo‘liga uzuk taqisliib, uylangan emishlar. Shundan so‘ng 
Xolbeka bir m ohir suratkashga o ‘z rasm ini chizdiradi va uni 
sandiqqa solib, N o ‘g‘ay yurtiga oqizib yuboradi. Sandiq oqib borib 
daryo sohilida ov qilib yurgan K untug‘m ish q o ‘liga tushadi. 
K u n tu g ‘m ish X olbeka visoliga yetish u c h u n Z angar yurtiga 
otlanadi, bu yurtga kelib Xolbeka bilan topishadi, so‘ng ko‘p sargu- 
zashtlarni boshidan kechiradi: Buvraxon qo ‘liga tushib, o ‘limga 
hukm qilinadi, dahshatli ajdam i o ‘ldiradi, xiyonatkor Azbarxo‘ja 
tufayli xotini, egizak o ‘g ‘illaridan vaqtincha judo b o ‘ladi. D oston 
so‘ngida xotini, farzandlari Gurkiboy va M ohiboy, otasi Qoraxon 
bilan topishadi.
Dostonning bosh qahramoni — K untug‘mish yolg‘iz, erka o ‘g‘il 
b o ‘lishiga qaramasdan, aqlli, bilimli, jasoratli, elga g‘amxo‘r, xotini, 
bolalariga m ehribon, vafodor yigit. K untug‘mish va Xolbeka bir 
m o ‘jiza bilan Buvraxon jazosidan om on qolib, sahroda och, tashna
u Yutsa, yutdirsa 
(sheva).


qolishganda hayotdan um idini uzgan yori Xolbekaning «Meni 
taslilab ketaver, yo‘qsa o ‘zing ham h alo k b o ‘lasan», degan iltijosiga 
«Bir g‘ayrat qil, yo‘limiz yaqin qoldi», deb dalda beradi, unga 
vafodorligini quyidagicha bayon qiladi:
Po‘lat nayza qor ostida yotaraii,
Temir nayzang egovlasang o ‘taraii,
Sening to ‘rang nomardlardan emasdir,
Mard o‘g‘lon sevdigin tashlab ketarmi?..
K untug‘mish o ‘z maqsadiga sodiq, har qanday sharoitda tush- 
kunlikka tuslimaydigan inson. U nomsiz, poyonsiz to g ‘ darasidan 
vataniga boradigan yo‘lni rosa izlaydi, bu orada egizak farzandli 
b o ‘ladi, ular uch yoshga to ‘lganda ham biror bir el daragini topol- 
maydi. Xullas, K untug‘m ish fe’l-atvorida siz havas qiladigan, 
ergashadigan insoniy sifatlar ju d a k o ‘p. D ostonni sinchiklab 
m utolaa qilsangiz, bunga o ‘zingiz am in b o ‘lasiz.
Xolbeka siymosi ham dostonda baxshi bobom iz tom onidan 
alohida mehr, iliqlik bilan tasvirlangan. U o ‘z so‘zida turadigan, 
barcha hunarlarga moliir qiz. 0 ‘zi qanchalik bir ishga moliir bo ‘lsa, 
b o ‘lajak jufti halolidan ham shuni talab qiladi. Shu m a’noda Xolbeka 
o ‘z xulqi va fazilatlari bilan har jihatdan K untug‘mishga teng va 
munosib b o ‘lgan inson. U haqiqiy m uhabbatni tan oladi va unga 
ishonadi, e ’tibor bering: u o ‘z suratini cliizdirib, K untug‘mish 
yurtiga yuborar ekan, agar «shu ko ‘rgan tushim rahm oniy b o ‘lsa, 
oshiq-m a’shuqlik avvaldan pok b o ‘lsa, Xudoyo xudovando shu 
sandig‘im senga om onat, to ‘radan boshqasiga tegmasin», deydi.
Xolbeka hamiyatli, g‘ururi baland qiz. Garchi u Kuntug‘mishni 
tusliida sevib qolgan, uchrashganda esa yigitni ko‘rib biroz muddat 
ixtiyorini yo‘qotgan bo‘lsa-da, uning husniga talabgor barcha shoh-u 
shalizodalarga bergan va’dasi, ya’ni faqat nard o ‘yinida g‘olib chiqqanga 
tegam an degan fikridan qaytmaydi. K untug‘m ish m en uchun 
mashaqqat chekib kelibdi, deb unga tegib ketavermaydi, o ‘zi ko‘ngil 
qo‘ygan yigitning el-yurt oldida ham yuzi yorug‘ b o ‘lishini istaydi.
D ostonda K untug‘mishning o ‘g ‘illari Gurkiboy va M ohiboy 
xarakterlari ham chiroyli va ta ’sirchan tasvirlangan. Gurkiboy bosiq, 
vazmin, aql bilan ish k o ‘radigan bola b o ‘lsa, M ohiboy biroz 
shaddod, biroz quv yigit. Biroq ikki aka-uka bir-birlariga meliribon, 
ota-onalariga fidoyi yigitlar. U lar mehnatsevarlik va aql bilan ish 
ko ‘rganlari uchun boshlariga tushgan qiyinchiliklami yengadilar.


Asarda Azbarxo‘ja, Buvraxon, Zam onqul, X olm o‘m in kabi 
qahramonlar qiyofasi o ‘ziga xos tarzda yoritilgan. Azbarxo‘ja dastlab 
K untug‘m ish bilan do ‘stlashadi, so‘ng o ‘z m anfaatini deb unga 
xiyonat qiladi. Buvraxon o ‘zigabino qo‘ygan, qahri qattiqpodsho, 
biroq uning ko‘ngilchan ekanligini ham ko ‘ramiz. Buvraxon avval 
K untug‘m ish va X olbekani o ‘limga m ahkum etadi, keyinroq 
A zbarxo‘ja xiyonati tufayli m ashaqqatlarga duch kelishganini 
eshitib, ulam i afv etadi. Azbarxo‘jani jazolaydi. Dostondagi Qosim, 
X olm o‘min, M ullavachcha, Zam onqul va boshqa obrazlar ham
asarda o ‘z o ‘m iga ega, ularsiz K untug‘mish va Xolbeka taqdirini 
to ‘laqonli tasaw u r qilish qiyin.
«Kuntug‘mish» dostoni badiiy jihatdan nihoyatda yetuk asar. 
U yaxlit kompozitsiyaga ega, asarda kishini asosiy voqealardan 
chalg‘itadigan o ‘rinlar uchram aydi, aksincha, h ar b ir voqea, 
har bir epizod dostonni to ‘ldiradi.
Doston xalq og‘zaki ijodidagi barcha she’riy qoidalar va uslublami 
o‘zida jamlagan asardir. Unda xalq dostonlarida bo‘lganidek, voqealar, 
sarguzashtlar, asosan, nasriy bayon etiladi, qahramonlar tavsifi, ruliiy 
kechinmalari she’riy yo‘l bilan ifodalanadi. Doston tili esa nihoyatda 
yengil va ravon. U nda rang-barang badiiy til vositalaridan unumli 
foydalanilgan, ayniqsa, liikmatli so‘zlar darajasiga ko‘tarilgan ayrim 
baytlar hech kimni e’tiborsiz qoldirmaydi:
«G ‘aribning ko‘nglini ovlamoq savob», «Qilichdan seskanmas 
botirning tani», «Gavharni ne bilsin ushalgan sopol», «Zaming 
qadrini zargar bilar har yerda», «Kamlikning kamoli bordir, M an- 
manning zavolibordir...», «Yaxshilaming yuzin ko‘rsang jannatdir, 
Y om o n o d am qilgan ishi m in n a td ir» , « 0 ‘z in g d an k a tta n i 
uchratsang pir bil, 0 ‘zingni er bilsang, birovni sher bil» va hokazo.
Shuningdek, asarda o ‘rni bilan ishlatilgan o ‘xshatish, m ubo- 
lag‘a, kinoya kabi badiiy unsurlar dostonning badiiy qim matini 
oshiradi, qahram onlar qiyofasini yaxshiroq ta sa w u r qilishga 
yordam beradi.

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish