emas, balki yuqori tabaqalar m anfaatini aks ettiradi, shuning
uchun ularni omm alashtirish zararlidir,
degan mafkuraviy ayblar
qo ‘yildi. Lekin bir qator olimlar bu ayblovlarning xato ekanligini,
m azkur dostonlar xalq badiiy tafakkuri, dunyoqarashi, turm ush
tarzi, boy tilini aks ettiruvchi bebaho xazina ekanligini isbotlab
berishdi va shu tariqa adabiy-milliy merosimizning m uhim qismini
g‘oyaviy tazyiqlardan asrab qolishdi.
D ostonchilik a n ’anasi hozirgi kunda ham mavjud.
Biroq endi
kuylash, ijro, tinglovchilar bilan m uloqot tarzining zamonaviylik
kasb etayotganligini ko‘ramiz. Dostonchilik fan va texnika asrida
birm uncha o ‘zgarishlarga uchradi. Bugungi kun baxshilari o ‘z
asarlarini konsert zallarida, katta-katta anjumanlarda, televideniye-
da ijro etmoqdalar. Yurtim izda dostonchilikni rivojlantirishga va
uning ijrochilari — baxshilar faoliyatini rag‘batlantirishga katta
e ’tibor berilm oqda. 2000-yilda «Alpomish» dostonining ming
yilligini jah o n miqyosida nishonlanishi va hatto « 0 ‘zbekistonda
xizmat ko ‘rsatgan xalq baxshisi» unvonining ta ’sis etilishi (2000-
yil 14-mart) buning isbotidir.
Qadrli o ‘quvcliilar, Siz 7-sinf adabiyot darslaridan o ‘zbek xalq
dostonlari, ularning go‘zal nam unalari b o ‘lm ish «G o‘ro ‘g‘li»,
«Alpomish», «Ravshan» dostonlari haqida tasawurga ega bo ‘lgansiz.
8-sinfda esa yana bir ajoyib asar — «Kuntug‘mish» dostoni bilan
tanishasiz. Ushbu doston o‘zining
qiziqarli voqealarga boyligi, o‘ynoqi,
ravon tili, nafisligi bilan o ‘quvchi va tinglovchini lol qoldiradi.
Dostonning yozib olingan va ijro etilgan variantlari juda ко‘p.
Darhaqiqat, «Kuntug‘mish» dostoni o ‘zbekxalq dostonlari orasida
g‘oyaviy-badiiy jihatdan yetuk asarlardan biridir. Uning xilma-xil
ko‘rinishdagi variantlari ko‘pligining boisi shundaki, ilgari baxshi-
laming iste’dodiga, ushbu dostonni qanday aytishiga qarab baho
berilgan, natijada barcha baxshilarimiz «Kuntug‘mish» dostonini
to la o ‘zlashtirishga intilganlar. Dostonning Ergash Jumanbulbul
o ‘g ‘li, Bekmurod Jo ‘raboy o ‘g‘li, N urm on Abduvoy o‘g‘li,
Egam-
berdi Ollamuroddan yozib olingan variantlari mavjud. Q o‘lingizdagi
darslikda esa m ashhur baxshi bobom iz Ergash Jum anbulbul
o ‘g ‘lidan yozib olingan nusxasi keltirilgan. Dostonning qisqacha
mazm uni quyidagicha: N o ‘g ‘ay yurtida Avliyoyi Qoraxon ismli,
Qiliclixon laqabli podsho b o ‘lib, K untug‘mish uning yolg‘iz o ‘g ‘li
b o ‘ladi. K untug‘m ish o ‘n to ‘rt yoshga t o ‘lguncha ilm -h u n ar
o ‘rganadi, kasb-kamolot hosil qiladi. 0 ‘n to ‘rt yoshdan keyin esa
qilichbozlik, m iltiq otish, nayzabozlik, k o ‘pkari
chopish kabi
sipohilik hunarlarini o ‘rganadi, xullas, h ar tom onlam a komil
shahzoda b o ‘lib yetishadi. Shahri Zangar degan shahaming Buvra-
xon degan podshosi b o ‘lib, uning Shoir va Toliir ismli vazirlari bor
edi. Vazirlar bir-birlari bilan juda inoq edilar, ular: «Bizlarga farzand
bersa, o‘g‘il b o ‘lsa qo‘lqanot b o ‘lsin, qiz b o ‘lsa d o ‘st b o ‘lsin», deya
niyat qilar edilar. Kunlardan bir kuni Shoir vaziming xotini qiz
ko‘radi. Toliir vazir oilasida o ‘g‘il tug‘iladi. Qizning otini Xolbeka,
o ‘g‘ilning otini Xolmo‘m in qo‘yishadi. Lekin
Do'stlaringiz bilan baham: