badiiy voqea-hodisaga, abadiyat
masalasiga
aylantirildi, degan m uam m odir. Bu borada adabiyot
tarixi juda ko ‘p ijobiy va undan-da k o ‘proq afsuslanarli tajribaga
egadir.
U zoqqa bormay, yetmish yillik tarixni o ‘z ichiga olgan sho‘ro
davri o ‘zbek adabiyotiga nazar tashlash kifoya. Bu davrda milliy
adabiyotimizning oltin xazinasidan munosib o ‘rin olgan o ‘nlab
badiiy durdonalar yaratilishi bilan birga, o ‘z davri siyosati singari
vaqt sinoviga dosh berolm agan minglab zaif asarlar ham yozilgan
edi. (E ’tibor bering: biz bu o ‘rinda «yaratilgan edi» degan iborani
ishlatishga istihola qilyapmiz.)
D em ak, yana o ‘sha qoida: ijodkor zam onaning o ‘tkinchi
epkinlariga berilmay, hayotda yuz berayotgan voqealam ing tub
zamiriga nazar tashlashi, m ana shu chuqurlikda yotgan asl sabab-
mohiyatni ko ‘rishi va uni m ukam m al obrazlar ham da vositalar
orqali badiiy hodisaga aylantira bilishi lozim. Zero, adabiyot-
shunoslik fanida «abadiy muammolar» degan tushuncha mavjud.
Bu shunday m u am m olarki, zam o n lar o ‘tish i, b ir-ik k i davr
kishilarining sa’y-harakatlari bilan ular yechilib, yo‘q b o ‘lib ket-
maydi. To odam zod bor ekan, bu m uam m olar unga doimiy va
ajralmas ham roh b o ‘lib qolaveradi. Odam zodni qiziqtiraveradi,
o ‘ylantiraveradi, qiynayveradi.
M uhabbat va nafrat, adolat va adolatsizlik, imonlilik va nafsga
qullik, haqiqat va yolg‘on, m ardlik va qo ‘rqoqlik, sadoqat va
sotqinlik, vatanparvarlik tuyg‘ularini o ‘z ichiga qamragan abadiy
m uam m olam i yoritgan asarlargina umrboqiylik kasb etadi. Xuddi
shu tufayli ham Toliir tilga olinganda Qorabotir («Toliir va Zuhra»
dostoni), Farhod eslanganda Xusrav («Farhod va Shirin» dostoni),
K um ush yodlanganda Zaynab ( « 0 ‘tkan kunlar» rom ani), Y o‘lchi
to ‘g‘risida gap ketganda M irzakarimboy («Qutlug‘ qon» romani)
esga k e la d i, k ish in i o ‘y la n tira d i. Bu a sa rla r va u la rn in g
qahram onlari yuqorida sanalgan o ‘lmas insoniy tuyg‘ularni o‘zida
kuchli aks ettirgani bilan ham abadiyatga daxldor.
Badiiy m ukam m al asarlarning yana bir m uhim xislati shundan
iboratki, ularda m uayyan m illatning tili b u tu n jozibasi bilan
nam oyon b o ‘ladi. Bu asarlar adabiy til norm alarini m ustahkam -
labgina qolmay, balki uning boyishi, yana-da sayqallanishi, ta ’sir
doirasining kengayishiga ham sezilarli turtki beradi.
Navoiy o ‘z asarlari bilan turkiy til qaddini qanchalar yuksakka
ko ‘targanidan xabardorsiz. Xuddi shu singari bizning ona tilimiz
«K untug‘mish» dostonida o ‘nlab, Lutfiy tuyuqlarida yuzlab,
Nodira g‘azallarida yana minglab yangi qirralarini ko‘z-ko‘z qiladi.
G ‘afur G ‘ulom she’rlari va nasriy asarlari o ‘zbek tilining naqadar
boyligini yana bir bor isbotlasa, M uham m ad Yusuf she’rlaridagi
xalqona ohang bu she’riaming millionlab muxlislar qalbida qo‘sliiq
b o ‘lib yangrab qolishiga sabab b o ‘ladi...
D em ak, bugundan boshlab yana adabiyot atalm ish ulkan
xazinalar b o g ‘iga kirib boram iz. U ning d u r-u gavharlaridan
ko ‘zimiz yashnab, yam-yasliil yaproqlaridan, xandon ochilgan
gul-u chechaklaridan ko‘nglimiz yayraydi. Eng muliimi, ruhiya-
tim iz kundalik hayotning nisbatan rangsiz tuyuladigan olam idan
bir m uddat uzilib, xuddi shu hayotning badiiy b o ‘rttirilgan, ranglari
tiniqlashtirilgan manzaralariga oshno tutinadi. Bu m o ‘jizalarga
to ‘la bog‘dan nim alar olib chiqish, qanday xazinalam ing egasiga
aylanish endi faqat o ‘zingizga, nafis adabiyotga b o ‘lgan e’tibo-
ringizga bog‘liq, aziz o ‘quvchi!
Do'stlaringiz bilan baham: |