Garsevaz esa Samarqand hukmdori Afrosiyobning ukasi edi.
Siz o‘qigan qissa matniga ko‘ra, Siyovush Eron-Turon urusliida
Eron tomonidan
askarga boshchilik qilib, Balxga yetib keladi.
Afrosiyob esa Jayhun, ya’ni Amudaryoning beri yog‘ida lashkar
to ‘plab, jangga hozirlik ko‘rib turar edi.
Shu orada Afrosiyob qo‘rqinchli tush ko‘radi.
Tushida uning
lashkari ko‘p ziyon topadi, jumladan, qattiq bo‘ron turib, davlati
bayrog‘ini qulatadi. Ta’birchilar unga bu tushning
yomon oqibatlarga
ishora ekanini aytishadi.
Shundan so‘ng Afrosiyob saroy a’yonlari bilan kengashadi.
Ularga sulh tuzib, Eron-u Turon o‘rtasidagi urushni to ‘xtatish
fikrida ekanini aytadi. Eron palilavoni Rustamga maktub yuborish,
shahzoda Siyovushga sovg‘a-salomlar yo‘llab, yarashish eshiklarini
ochish taklifmi o‘rtaga qo‘yadi.
Keltirilgan parcha so‘ngidagi mana bu so‘zlami dunyo abadul-
abad takrorlab yursa ham kamlik qiladi:
Eron bilan Turon bir edi doim,
Nizo bilmay yashar erdi ko‘p qoyim.
...Faridundek oqil bo'lsak, bo‘lmasmi,
Jahonni beurnsh bo‘lsak, bo'lmasmi?!
AfV etib,
yuz bursak ezgulik tomon,
Urush unutilsa, yo‘qolsa yomon.
Qissaning bugun uchun ahamiyati.
«Siyovush qissasi»da ana shunday muhim va umumbashariy
muammo ko‘tarilib, talilil etilgan va ezgulikka yo‘g‘rilgan sulh yo‘li
ulug‘langan.
«Shohnoma»dan ko‘plab hayotiy va yaxshilikka yo‘naltirilgan
talqinlar o‘rin olgan. Asarning o‘lmasligi shundan.
Ko‘rinib turganidek, davlatlar o‘rtasida urush, xalqlar o‘rtasida
jang-u jadal, odamlar o ‘rtasida nizoni bartaraf etish — har
zamonning bosh vazifasi yanglig‘ dolzarb masala. Butun bashariyat
jahonda tinchlik-osoyishtalik, xotirjamlik
hukm surishini istaydi,
shu yo‘lda kurash olib boradi.
Bu — masalaning umumiy jihati.
1 Balx hozirgi Afg'oniston hududida, Termizdan 70 chaqirimcha keladigan yerda bo'lgan
qadimiy shahar va viloyat. H ozir Balx vayronalariga yaqin joyda M azori Sharif shahri qad
rostlab turibdi. O 'zbekiston Termizdan M azori Sharifgacha tem ir yo‘l qurishga kirishdi.
M asalaning xususiy jihati ham bor. «Shohnoma» ta ’lim
berganidek, Eron va Turon mamlakatlari xalqlari asrlar mobaynida
yaxshi qo‘shnichilik, o ‘zaro birodarlik,
qondosh-qarindoshlik
rishtalarini mustalikamlab kelishgan. Qaysi asrlarda bu ikki yurt
o ‘rtasida madaniy-maishiy, ilm iy-m a’rifiy, m a’naviy-axloqiy,
adabiy-badiiy,
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-tijoriy hamkorliklar,
o‘zaro ta ’sir va aloqalar kuchaygan bo‘lsa, bundan ikki taraf ham
birday yutgan.
Mustaqil 0 ‘zbekistonning bugungi
Eron Islom Respublikasi
bilan har taraflama aloqa va hamkorliklari tamoman yangi ko‘lam
va daraja kasb etdi. Sho‘ro davrida sun’iy ravishda uzib taslilangan
rishtalar qayta bog‘landi. Ikki tarixan do‘st va hamkor davlatning
o‘zaro munosabatlari ravnaq topishida buyuk Abulqosim Firdav-
siyning «Shohnoma»si yanglig‘ mushtarak badiiy yodgorliklarning
alohida va ayricha o‘mi hamda ahamiyati bor.
Do'stlaringiz bilan baham: