170
To‘lov miqdori va tartibi
Attestatsiyalar (qayta attestatsiyalar)ni o‘tkazish va texnik xizmat ko‘rsatish
bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash maqsadida, talabgorlardan vakolatli organ hisob
raqamiga o‘tkaziladigan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida bir
martalik yig‘im undiriladi.
To‘lov turlari: to‘lov naqd bo‘lmagan hisob-kitob yoki “Payme” tizimi orqali
amalga oshiriladi. Attestatsiyadan o‘tmagan shaxslarga bir martalik yig‘im
qaytarilmaydi. Avval attestatsiyadan o‘tmagan shaxsning xar bir keyingi
attestatsiyasi (qayta attestatsiyasi) tegishli bir martalik yig‘imni to‘lash bilan birga
amalga oshiriladi. Ketma-ket ikki marta attestatsiyadan o‘tishga
kelmagan
talabgorlar attestatsiyaga ruxsat berilgan shaxslar ro‘yxatidan chiqarib tashlanadi va
bir martalik to‘lov qaytarilmaydi.
Xorijiy davlatlarning qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish va nazorat
qilish bo‘yicha vakolatli organlar bilan faoliyatini muvofiqlashtirish,
milliy va
xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozorida qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi qonun
hujjatlari buzilishining oldini
olishda hamkorlik qilish, qimmatli qog‘ozlar bilan
operatsiyalarni amalga oshirishning umumiy standartlari
va qoidalarini ishlab
chiqish uchun Vazirlar Mahkamasining 12.01.1998 yil 16-son qarori bilan, Kapital
bozorini rivojlantirish agentligi Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha komissiyalar xalqaro
tashkilotida (IOSCO) O‘zbekiston
Respublikasining
vakolatli
vakili
etib
tayinlangan edi.
Hozirgi kunda 1983 yilda tashkil etilgan IOSCO (bosh qarorgohi Madrid
shahrida) a’zolari 120 mamlakatning milliy fond bozori
regulyatorlari hisoblanib,
ular global qimmatli qog‘ozlar bozorining 95 foizini nazorat qiladi.
IOSCO ning asosiy vazifalari - bu tashkilot a’zolari o‘rtasida xalqaro e’tirofga
sazovor bo‘lgan standartlar va qoidalarga muvofiqlikni ishlab chiqish, qo‘llash va
ilgari surish, investorlarning huquqlarini himoya qilish va qimmatli qog‘ozlar
bozorining samarali va oshkora tuzilishini ta’minlash, hamkorlikni rivojlantirish,
axborot almashinuvini ta’minlash orqali investorlarning huquqlarini himoya qilish
choralarini kuchaytirish. shuningdek milliy qimmatli qog‘ozlar
bozorini samarali
171
tartibga solish maqsadida global va mintaqaviy miqyosda ma’lumot almashish
imkoniyatini yaratadigan qimmatli qog‘ozlar bozorini nazorat qilish hisoblanadi.
Shuningdek, bugungi kunda Koreya Respublikasi fond birjasi (KRX),
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)
va Koreya xalqaro hamkorlik
agentligi (KOICA) bilan O‘zbekiston Respublikasining qimmatli qog‘ozlar bozorini
rivojlantirish bo‘yicha zamonaviy tajriba almashish choralari ko‘rilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: