Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent moliya instituti


Hujjatlarni ko‘rib chiqish muddatlari



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/177
Sana14.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#797516
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   177
Bog'liq
Биржа иши дарслик

Hujjatlarni ko‘rib chiqish muddatlari
Talabgorlar to‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlarni vakolatli organga attestatsiya 
kunidan kamida etti ish kun oldin taqdim etadi va attestatsiya kunidan ikki ish kuni 
oldin tasdiqlanadigan attestatsiyaga ruxsat berilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritiladi. 
Imtixonsiz malaka guhonmasini olish
Istisno tariqasida, moliya-iqtisod yoki huquqshunoslik sohasida imtiyozli oliy 
ma’lumot diplomiga ega oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisi agar oliy ma’lumotga 
egaligi to‘g‘risidagi diplom berilgan kundan 3 yildan ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsa 
attestatsiyadan o‘tmasdan va belgilangan yig‘imni to‘lamasdan II toifa malaka 
guvohnomasini olishi mumkin. 
Rad etish uchun asoslar
Taqdim etilgan hujjatlar nomuvofiq rasmiylashtirilgan taqdirda, hujjatlar 
to‘liq taqdim etilmaganda yoki Nizomda nazarda tutilgan boshqa hollarda vakolatli 
organ talabgorga attestatsiyadan o‘tishga rad javobini beradi. Bunda malaka 
guvohnomasini olish uchun ariza bergan shaxsga arizani bergan kunidan e’tiboran 5 
ish kunidan kech bo‘lmagan muddatda yozma shakldagi asoslangan rad javobi 
yuboriladi. 
 


170 
To‘lov miqdori va tartibi
Attestatsiyalar (qayta attestatsiyalar)ni o‘tkazish va texnik xizmat ko‘rsatish 
bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash maqsadida, talabgorlardan vakolatli organ hisob 
raqamiga o‘tkaziladigan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida bir 
martalik yig‘im undiriladi. 
To‘lov turlari: to‘lov naqd bo‘lmagan hisob-kitob yoki “Payme” tizimi orqali 
amalga oshiriladi. Attestatsiyadan o‘tmagan shaxslarga bir martalik yig‘im 
qaytarilmaydi. Avval attestatsiyadan o‘tmagan shaxsning xar bir keyingi 
attestatsiyasi (qayta attestatsiyasi) tegishli bir martalik yig‘imni to‘lash bilan birga 
amalga oshiriladi. Ketma-ket ikki marta attestatsiyadan o‘tishga kelmagan 
talabgorlar attestatsiyaga ruxsat berilgan shaxslar ro‘yxatidan chiqarib tashlanadi va 
bir martalik to‘lov qaytarilmaydi. 
Xorijiy davlatlarning qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish va nazorat 
qilish bo‘yicha vakolatli organlar bilan faoliyatini muvofiqlashtirish, milliy va 
xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozorida qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlari buzilishining oldini olishda hamkorlik qilish, qimmatli qog‘ozlar bilan 
operatsiyalarni amalga oshirishning umumiy standartlari va qoidalarini ishlab 
chiqish uchun Vazirlar Mahkamasining 12.01.1998 yil 16-son qarori bilan, Kapital 
bozorini rivojlantirish agentligi Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha komissiyalar xalqaro 
tashkilotida (IOSCO) O‘zbekiston 
Respublikasining 
vakolatli 
vakili 
etib 
tayinlangan edi.
Hozirgi kunda 1983 yilda tashkil etilgan IOSCO (bosh qarorgohi Madrid 
shahrida) a’zolari 120 mamlakatning milliy fond bozori regulyatorlari hisoblanib, 
ular global qimmatli qog‘ozlar bozorining 95 foizini nazorat qiladi. 
IOSCO ning asosiy vazifalari - bu tashkilot a’zolari o‘rtasida xalqaro e’tirofga 
sazovor bo‘lgan standartlar va qoidalarga muvofiqlikni ishlab chiqish, qo‘llash va 
ilgari surish, investorlarning huquqlarini himoya qilish va qimmatli qog‘ozlar 
bozorining samarali va oshkora tuzilishini ta’minlash, hamkorlikni rivojlantirish, 
axborot almashinuvini ta’minlash orqali investorlarning huquqlarini himoya qilish 
choralarini kuchaytirish. shuningdek milliy qimmatli qog‘ozlar bozorini samarali 


171 
tartibga solish maqsadida global va mintaqaviy miqyosda ma’lumot almashish 
imkoniyatini yaratadigan qimmatli qog‘ozlar bozorini nazorat qilish hisoblanadi. 
Shuningdek, bugungi kunda Koreya Respublikasi fond birjasi (KRX), 
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va Koreya xalqaro hamkorlik 
agentligi (KOICA) bilan O‘zbekiston Respublikasining qimmatli qog‘ozlar bozorini 
rivojlantirish bo‘yicha zamonaviy tajriba almashish choralari ko‘rilmoqda. 

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish