Iii вoв. Moliyaviy globallashuv sharoitida o’zbekistonda islom qimmatli qog’ozlar bozorini samarali tashil etish va rivojlantirish yo’llari



Download 29,02 Kb.
Sana12.04.2022
Hajmi29,02 Kb.
#544642
Bog'liq
Xulosa


III ВOВ. MOLIYAVIY GLOBALLASHUV SHAROITIDA O’ZBEKISTONDA ISLOM QIMMATLI QOG’OZLAR BOZORINI SAMARALI TASHIL ETISH VA RIVOJLANTIRISH YO’LLARI
3.1. O’zbekiston iqtisodiyotida islom qimmatli qog’ozlar bozorini samarali tashkil yo’llari.
Mamlakatimiz moliya bozori faoliyatini kengaytirish, unda emitentlar faolligini oshirish, qimmatli qogʻozlar bozoriga investorlarni kengroq jalb qilish uchun butun dunyo boʻylab keng tarqalayotgan islom qimmatli qogʻozlar emissiyasini yoʻlga qoʻyish iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu oʻrinda islom qimmatli qogʻozlarining mazmun-mohiyati, ularning xalqaro moliya bozoridagi ahamiyatini oʻrganish asosida quyidagi ilmiy xulosa va amaliy tavsiyalarni koʻrsatib oʻtishimiz lozim:

  1. Islom qimmatli qogʻozlarining asosiy turi sifatida sukuk qimmatli qogʻozi e’tirof etiladi. Islom qimmatli qogʻozlari oddiy aksiya va obligatsiyalarni bir qancha xususiyatlarini oʻzida mujassamlashtirib gibrid qimmatli qogʻoz shaklida namoyon boʻladi.

  2. Islom qimmatli qogʻozlarning an’anaviy qimmatli qogʻozlardan farqlanuvchi xususiyatlaridan biri maxsus loyiha kompaniyasi (SVP - special vehicle purpose) va shariat kengashi institutlarining ishtirok etishi orqali barcha bosqichlarda murakkabliklarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

  3. Islom qimmatli qogʻozlari, xususan, sukuk likvidliligi yuqori qimmatli qogʻoz boʻlib, ular bilan ikkilamchi bozorda ham savdo qilish mumkin. Shuningdek, islom qimmatli qogʻozlari emissiyasini joriy qilishdan koʻzlanadigan maqsadlar sifatida shar’iy qonunlarga mos holda bozordagi oʻrnini shakllantirish, bu orqali kapital jalb qilish va investitsiya jozibadorligini oshirish kabilarni ta’kidlashimiz lozim.

  4. Islom qimmatli qogʻozlarining tashkiliy xususiyatlari va afzalliklarini oʻrganish hamda milliy moliya bozorimizga moslashtirish zarur. Islom qimmatli qogʻozlarini joriy qilish va bu boʻyicha investorlarga yetarlicha axborotlar yetkazib berish orqali qimmatli qogʻozlarni savdosini oshirish va qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish mumkin.

  5. Xalqaro darajada islom qimmatli qogʻozlari emissiyasini oʻrganish orqali xalqaro moliya bozoridagi mavjud tendensiyalarni oʻrganish, ayni paytda mavjud boʻlgan risklarni aniqlash, ularga investorlarning yondashuvini baholash imkoni yuzaga keladi. Bu orqali milliy moliya bozorimizda kuzatilishi mumkin boʻlgan salbiy ta’sirlarning oldini olish mumkin.

  6. Xalqaro moliya bozorida institutsional investorlar (investitsion fondlar, sugʻurta kompaniyalari, pensiya fondlari, tijorat banklari va boshqalar)ning islom qimmatli qogʻozlari emissiya faoliyatlarini oʻrgangan holda milliy amaliyotimizda ushbu turdagi qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalarni shakllantirish muhim hisoblanadi. Bunda ushbu turdagi qimmatli qogʻozlarni tashkiliy-huquqiy asoslarini amalda ta’minlash zarur.

  7. Mamlakatimiz moliya bozorini rivojlantirishda islom qimmatli qogʻozlarini joriy qilish va bu orqali investorlar jalb qilishga e’tibor qaratilishi lozim, chunki islom qimmatli qogʻozlari bozori rivojlanishi iqtisodiyotning bir jadal rivojlanishiga hissa qoʻshadi.

Yuqorida sanab oʻtilgan jihatlarni inobatga olish mamlakatimizda moliya bozorini rivojlantirishda, butun dunyo boʻylab keng tarqalayotgan islom qimmatli qogʻozlarini joriy qilishda qoʻl keladi, deb hisoblaymiz.
Download 29,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish