Navoiy shahar 2- umumiy o`rta ta’lim maktabi Ona tili va adabiyot yo‘nalishi metodbirlashma rahbari Yuldosheva Ma’mura G`aybulloyevna tomonidan o‘tkazilgan metodik tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot



Download 0,72 Mb.
bet1/17
Sana06.07.2022
Hajmi0,72 Mb.
#750689
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Устама мб Ona tili 2022


Navoiy shahar 2- umumiy o`rta ta’lim maktabi Ona tili va adabiyot yo‘nalishi metodbirlashma rahbari Yuldosheva Ma’mura G`aybulloyevna tomonidan o‘tkazilgan metodik tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot
2021-2022 o‘quv yilida metod birlashma a’zolari soni 16 nafarni tashkil etib, shundan 4 nafari oliy toifa, 9 nafari birinchi toifa, 3 nafari ikkinchi toifa mua’lumotli mutaxassislarni tashkil etadi. Har yili reja asosida pedagoglar malaka oshirish kurslariga qatnashib, o‘z malaka toifalari oshirib kelmoqda. Mazkur o‘quv yilida 5 nafar pedagoglar o‘z malakasi oshirishdi.

t/r

O`qituvchilarning ismi sharifi

Oxirgi malaka oshirgan yili

2021-2022 yil da borganlar

1

Yuldosheva Ma’mura Gaybulloyevna

2020 yil yanvar

2022-yil mart online

2

Malikova Gulnora Qahramonovna

2017 yil oktabr

2022 yil aprel

3

Yakubova Erkatosh Nurmurodovna

2021yil iyun

2022-yil may online

4

Rajabova DilbarOdilovna

2018 yil noyabr

2022 yil aprel

5

Temirova Amina Jamolovna

2019 yil iyun

2022-yil may online

6

Gaybulloyeva Shaxnoza Fayzullayevna

2019yil fevral

2022-yil may

7

Kurbonova Orzigul Xusenovna

2021 yil may




8

Bibitova Zulxumor Bekbutayevna

2020 yil avgust

Nafaqaxo`r

9

Saidova Vasila Tojimurodovna

2021 yil aprel

2022-yil iyun

10

Shamsieva Sanobar Erdonovna

2020 yil noyabr

2022-yil may

11

Temirova Guljon Norboyevna

2021 yil fevral

2022-yil iyun

12

Rajabova Sarvinoz Uktamovna

2017 yil yanvar

2022-yil iyun

13

Qobilova Sevara To`yqulovna

2017 yil mart

2022 yil yanvar

14

O`tamurodova Gulchehra Xolbekovna

2021 yil yanvar

Nafaqaxo`r

15

Faxriddinova Risolat Muspaxiddinovna

2016 yil oktabr

Nafaqaxo`r

16

Axmedova Mahliyo Abdurahmonovna

2021 yil sentabr

2022-yil iyun online

O`qish savodxonligi” bo`yicha tashkil etilgan o`quv mashg`ulotlari haqida ma’lumot


Bundan tashqari har hafta seshanba kuni maktabimizda ona tili va adabiyot metod kuni belgilanib, pedagoglar fan va ta’limda bo‘lgan yangiliklardan xabardor bo‘lish maqsadida o‘zaro tajriba almashish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
2021-2022-yilning oktyabr oyidan boshlab Navoiy SHXTB tomonidan 11- sonli tayanch maktabida ona tili fanidan taʼlim sifatini oshirish sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirishga qaratilgan tayanch o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi. Bu o‘quv mashg‘ulotiga Navoiy shahar 2-maktabdan ona tili va adabiyot fani uslub birlashmasi rahbari M.G‘.Yuldosheva va ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi D.O.Rajabovalar o‘quv yili davomida ishtirok etib kelishdi. Tayanch o‘quvda o‘rganilgan bilimlar asosida Navoiy shahar 2-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilariga o‘quv mashg‘ulotlari yil davomida uslub birlashma rahbari M.G‘.Yuldosheva tomonidan olib borildi.
Birinchi o‘quv mashg‘uloti 2021 yilning 26 oktyabr kuni tashkil qilindi. 1-mashg‘ulotda “ Taʼlim siyosati. PISA, PIRLS, TIMSS, STEAM haqida umumiy maʼlumot” mavzusi yuzasidan maʼlumotlar berildi. Tayanch o‘quv mashg‘ulotida o‘qituvchilarga PISA, PIRLS, TIMSS, STEAM ning o‘xshash va farqli tomonlari, ularning afzalliklari haqida to‘liq maʼlumot berilib, turli mashqlar orqali mustahkamlandi.
2021 yilning 9 noyabr kuni tayanch o‘quv mashg‘ulotining 2-darsi tashkil qilindi.Mavzu: Baholash nazariyasining asoslari.Xalqaro va milliy baholash. Mashg‘uot boshida mavzuga mos videolavha qo‘yildi.So‘ngra baholash nazariyasining eng muhim yo‘nalishi test ekanligi, baholashning maqsadi, shakli haqida maʼlumot berildi.Test natijalarini tahlil qilish usullari, yaʼni normaga mo‘ljallangan test,mezonga mo‘ljallangan test,ipsativ test haqida ham kerakli maʼlumotlar bilan o‘rtoqlashdi. Amaliy mashg‘ulotda “Asalarilar” PISA matni ustida ishlandi.
2021 yilning 23 noyabr kuni tayanch o‘quv mashg‘ulotining 3-darsi tashkil qilindi. Mavzu: PIRLIS tadqiqoti haqida umumiy maʼlumot.PIRLS tadqiqotida o‘qish savodxonligi. O‘qituvchilarga PIRLS 4-sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholash bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro tadqiqot baholash mezoni ekanligi va bu tadqiqotning amalga oshirish usullari haqida to‘xtalgach, o‘qituvchilar bilan “Kapalak qurtining chiroyli kapalakka aylanishi” amaliy mashg‘uloti ustida ish olib borildi. 11- sonli tayanch maktabi tomonidan tashlab berilgan PIRLS mashq daftarlari asosida 5-6-7-sinflar uchun mashq daftarlari tayyorlanib, dars jarayonlari davomida ulardan foydalansa maqsadga muvofiq bo‘lishligi aytildi.
2021 yilning 7 dekabr kuni tayanch o‘quv mashg‘ulotining 4-darsi tashkil qilindi.
Mavzu: PISA tadqiqoti haqida umumiy maʼlumot.O‘qish savodxonligining taʼrifi. PISA xalqaro baholash dasturida o‘qish savodxonligini baholashning o‘ziga xos xususiyatlari, muammolarni bartaraf etishga,yuzaga kelgan vaziyatga mos harakatlarni olishga o‘rgatish bilan bog‘liq bo‘lgan hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishning eng muhim vositasi hisoblanishi haqida gapirib o‘tildi.” Havo shari” amaliy mashg‘uloti ustida ish olib borildi.
2021 yilning 21 dekabr kuni tayanch o‘quv mashg‘ulotining 5-darsi tashkil qilindi. Mavzu: PISA, PIRLS mashg‘ulotlarinig baholash mezonlari.PISA, PIRLS mashg‘ulotlarida o‘qish savodxonligini baholashda muhim bo‘lgan tamoyillar, yaʼni toshiriqlarning murakkablik darajasi, topshiriqlarni berish shakli, javoblarni ballash shakli haqida kerakli maʼlumotlar ustida to‘xtaldi.
2022 yilning 18 yanvar kuni tayanch o‘quvning 6-darsi bo‘lib o‘tdi. Mavzu: Domenning tuzilishi.Matn.Matnning turlari.Badiiy matnlar. Matn va matn turlari haqida maʼlumot berdi.Matndan kerakli axborotni topish,matn mazmunini tushunish,matnning yaxlit mazmunini anglash,matn strukturasi, matnda tasvirlangan voqea,hodisa va jarayonlarning bog‘liqligini aniqlash usullari haqida maʼlumot berib o‘tildi.
2022 yilning 1-fevral kuni tayanch o‘quvning 7-darsi bo‘lib o‘tdi. Mavzu: O‘qish savodxonligi.Matnga kirish va maʼlumotlarni olish.Ilmiy matn.Dars davomida ishtirokchilar matn har qanday maʼlumotni yozib olishga imkon beradigan yozma hujjat ekanligi, biroq uning mazmunini to‘g‘ri talqin qilish uchun har bir matnning har xil turga javob berish aniq bo‘lishi kerakligi va ilmiy manning xususiyatlari haqida maʼlumotga ega bo‘lishdi.
2022 yilning 15 fevral kuni tayanch o‘quvning 8-darsi bo‘lib o‘tdi. Mavzu: Baholash,mulohaza yuritish. Axborot beruvchi matnlar. Darsda baholashda muhim bo‘lgan tamoyillar, yaʼni toshiriqlarning murakkablik darajasi, topshiriqlarni berish shakli, javoblarni ballash shakli haqida kerakli maʼlumotlar ustida to‘xtaldi. Axborot beruvchi matnlar va ularning turlari xususida o‘qituvchilar maʼlumotlarga ega bo‘lishdi.
2022 yilning 1 mart kuni tayanch o‘quvning navbatdagi 9-darsi tashkil qilindi.Dars mavzusi Til va nutq .Kommunikativ savodxonlik. Kommunikativ savodxonlik -taʼlimni boshqarish jaraѐnida samarali muloqotni taʼminlash, turli xil kichik guruhlarning, gender omillarning o‘ziga xosligidan kelib chiqib ularni boshqarish, gorizontal va vertikal kommunikatsiya yo‘nalishlarida samarali boshqaruv muloqotini tashkil etish, xorijiy hamkorlar bilan muloqotning etiketlarini saqlash, tolerantlik, muomalada yuksak nutq madaniyatiga ega bo‘lish, jamoada ijobiy rahbar imidjini shakllantirish, ѐzma fikrlarni muloqot jaraѐnida yetkaza olish, og‘zaki fikrlarni ѐzma to‘g‘ri baѐn qilish, jamoa oldida chiqish qilish odobini o‘zlashtirish, samarali muzokaralar olib borish haqida maʼlumotga ega bo‘lishdi.
2022 yilning 5 aprel kuni tayanch o‘quv mashg‘ulotlarining 10-darsi tashkil qilindi.Dars mavzusi: Kreativ fikrlash nima? Kreativ yondashuv sohalari. Avvalo, kreativ fikrlash nima ekanligi haqida tushuncha berildi. Kreativ fikrlash – bu innovatsion (yangi, novator, original, nostandart, noodatiy va hokazo…) va samarali (amaliy, natijaviy, tejamli, optimal va hokazo) yechimlarni topish, yangi bilimlarni egallash, tasavvurni taʼsirchan ifodalashga qaratilgan g‘oyalarni ishlab chiqish, baholash va takomillashtirish jarayonida samarali ishtirok etish qobiliyatidir. Kreativ fikrlash bizga muammolarni hal qilishda noodatiy yechim topishga yordam beradi. Biroq biz uni tanqidiy fikrlash bilan adashtirib yubormasligimiz, aksincha bizga imkonsiz muammolarni hal qilishda bir-birini to‘ldirib turuvchi yechimlarni topishda yordam beradigan “aka-ukalar”- dek qarashimiz kerakligi va kreativ fikrlash sohalari xususida to‘xtaldi. Muammoli vaziyatlar orqali amaliy mashg‘ulotlar tashkil qilindi.
2022 yilning 19 aprel tayanch o‘quvning 11-darsi tashkil qilindi. Dars mavzusi: Taʼlim olish jarayonida kreativ fikrlashni tushunish va baholash. Mavzu bo‘yoicha maʼlumot berib o‘tildi: PISA tadqiqotlarida o‘quvchidan kreativ fikrlashni baholash modeliga ko‘ra ilmiy muammolarni yoki ijtimoiy muammolarni hal qilish, o‘z g‘oyalarini yozma yoki vizual ifodalash talab etiladi. Kreativ fikrlashni baholashda turli g‘oyalarni ishlab chiqish, kreativ g‘oyalarni ishlab chiqish hamda g‘oyalarni baholash va takomillashtirish kompetentligiga eʼtibor qaratiladi. Agar ibtidoiy odamlarning kreativ fikrlashi bo‘lmaganida edi, ikkita chaqmoqtoshni bir-biriga urib olovni, Tomas Edison elektr lampasini, Leonardo da Vinchi parashyutni ixtiro qilmagan bo‘lar edi.Har bir o‘quvchida taʼlim olishga bo‘lgan istak bor. Faqatgina biz shu istakni nuqtasini topishimiz kerak va biz bunga 3 “E” EXCITE, EDUCATE, EMPOWER yaʼni ruhlantirish, taʼlim berish va rag‘batlantirish orqali erishamiz.
Ushbu amaliy va nazariy maʼlumotlar orqali dars tashkil qilindi. “Kelajak velosipedi” topshirig‘i asosida mavzu mustahkamlandi.
2022 yilning 3 may kuni navbadagi tayanch o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Dars mavzusi: Test shakllari. Kognitiv testlar. Kodlash. Test standartlari.Yozma ifodalash. Vizual ifodalash. Mavzu yuzasidan quyidagi maʼlumotlar berildi:
Kognitiv so‘zi inglizcha (lotin) “cognize” so‘zidan olingan bo‘lib, u bilmoq, anglamoq, tushunmoq va fikrlamoq yoki “cognition”– bilish, tushinish kabi maʼnolarni beradi. O‘z o‘rnida bilish faoliyati insonning voqelikni bevosita sezishi, his etishi bilan bog‘liq hodisadir. Kognitivlikning negiziga eʼtibor qaratilsa, u faqat falsafadagi bilish nazariyasi bilan cheklanmaydi. Bugungi davrda kognitivlik AKTda – robotlashtirish va sunʼiy ongni shakllantirish, mudofaa va xavfsizlikda – kognitiv texnologiyalarning tatbiq etilishi, tibbiyotda – farmatsevtika, psixoterapiya va neyrovizualizatsiya va yana boshqa bir nechta sohalarga bevosita kirib bormoqda. Nazarimizda, yaqin 10-15 yilda kognitiv texnologiyalarning joriy qilinmagan jabhaning o‘zi qolmaydi. Shu sabab tarqatilayotgan har bir axborot qayta-qayta tekshirilgan, ishlangan bo‘lishi kerak. Xalqona til imkoniyatlari, turfa iboralardan keng va emin-erkin foydalanish ham ahamiyatlidir. O‘rni bilan xalq maqollari, naqllari, ideomalaridan samarali foydalanish, ehtiros bilan bitilgan so‘zlar auditoriya bilan o‘rtada samimiy kayfiyat va psixologik muhitni keltirib chiqaradi.Ushbu maʼlumotlardan so‘ng amaliy ishlar bilan mavzu mustahkamlandi.

Bag`rikenglik timsolisan –o`zbek tilim!” mavzusida shahar seminari haqida ma’lumot


2021-yilning 20-oktyabrida O`zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligiga bag‘ishlab “Bag`ri kenglik timsolisan –o`zbek tilim!” mavzusida shahar seminar tashkil etildi. Seminarda quyidagi ishlar amalga oshirildi:



Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish