108
etish va e'lon qilish;
• tovlamachilik, narxlar bilan nayrangbozliklar qilinishi, qasddan noto‘g‘ri
axborot berilishining taqiqlanishi va ta'qib qilinishi va h.k.
Birjada quyidagilar taqiqlanadi:
• qalbaki, sun'iy qisqa muddatli bitimlarning tuzilishi;
• monopoliyaga qarshi siyosatni yuritishga vaqil etilgan organ bilan oldindan
kelishuvlarsiz bir–birining mulkini nazorat qiluvchi bir shaxs yoki shaxslar guruhi
tomonidan biror–bir emitent aksiyalarining 35 va undan ortiq foizini ta'minlovchi
yoki aksiyadorlar ovozlarining 50 foizidan ortig‘ini ta'minlovchi aksiyalarni harid
qilish hamda bitimlarni ro‘yxatga olish;
• bir shaxs tomonidan bevosita yoki baholar kotirovkasiga ta'sir ko‘rsatishni
maqsad qilgan soxta shaxs orqali qimmatli qog‘ozlarni sotib olish (sotish) bo‘yicha
ko‘lamli bitimlarning tuzilishi;
• qimmatli qog‘ozlar bozori qon'yunkturasining sun'iy ravishda o‘zgarishiga
olib kelishi mumkin bo‘lgan yolgon xabarlarni tarqatish va qimmatli qog‘ozlar bilan
savdolar qilishning asosiy tamoyillariga hamda amaldagi qonun xujjatlariga zid
bo‘lgan boshqa harakatlar.
Fond birjalari o‘zini o‘zi tartibga soluvchi tashkilotlar jumlasiga kiradi. Bu
shuni anglatadiki, birjalar qimmatli qog‘ozlar bilan birja savdolari qoidalarini,
birjaning tarkibiy tuzilmalari, ularni a'zolarining ishini tartibga soluvchi hujjatlarni
mustaqil ravishda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, biroq bularning barchasi qimmatli
qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi amaldagi qonun hujjatlari doirasida amalga oshirilishi
lozim. Xususan, birja operatsiyalarining qoidalari
majburiy tartibda quyidagi
ta'riflarni nazarda tutishi kerak:
• muayyan birjada qimmatli qoyuzlar bilan savdo–sotiq qilish tamoyillari;
• birja savdolari ishtirokchilarining tarkibi va ularga nisbatan qo‘yiladigan
talablar; birja yig‘ilishlarining joyi va yili haqida axborot;
• qimmatli qog‘ozlarning birja savdolariga ruxsat etilishi tartibi;
• birja bitimlari;
• mijozlarning brokerlarga topshiriqnomalari (buyruqlari)ning turlari;
109
• savdolarni tashkil etish;
• bitimlarni ro‘yxatga olish va
rasmiylashtirish tartibi;
• bitimlarni tuzishda foydalaniladigan shartnomalar, arizalar, hisobotlar,
xabarnoma shakllari va boshqa birja hujjatlarining namunalari.
Birja savdolarining ichki qoidalari, birjaning
ustavi majtburiy tartibda
O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga soluvchi organ bilan kelishilishi
zarur.
O‘z vazifalarini bajarish uchun fond birjalari:
• birja a'zoligiga kirish uchun zarur bo‘lgan investisiya muassasalariga
nisbatan qo‘yiladigan majburiy talablarni belgilashi; savdolarda birja a'zolarining
vakillariga qo‘yiladigan malaka talablarini belgilashi;
• ekspert, malaka, kotirovka, bahslarni hal etish uchun nizolar bo‘yicha
komissiya, maslahat va ma'lumotnomalar
byurosini tashkil etishi;
• kirish va joriy a'zolik badallari, bitimlarni ro‘yxatga olish, texnik xizmatlar,
birjaga doimiy va bir martalik kelib ketuvchilarning tashrifi uchun to‘lovlarni
belgilashi va undirib olishi;
• ustavni, savdolar qoidalarini buzganlik uchun, ro‘yxatga olish yig‘imlarini
o‘z yilida to‘lamaganlik uchun jarimalarni undirib olishi;
• birja qo‘llanmalari, ma'lumotnomalari, to‘plamlarini nashr qilishi mumkin.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida birja faoliyati fond birjasining maxsus faoliyat
turi bo‘lganligi bois, qonunchilik bilan uning daromad manbalari qat'iy
reglamentlangan. Chunonchi, birja faoliyatini moliyalash o‘z aksiyalarini, paylarini,
brokerlik joylarini sotish, muntazam a'zolik badallari, birja bitimlarini ro‘yxatga
olishdan tushgan yirimlar, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarda
vositachilik
qilganlik uchun vositachilik haqlari, shuningdek, axborot va ayrim boshqa
xizmatlardan olingan daromadlar hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: