Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги


I-SHO‘BA  “PROFESSOR OYShA HASANBOYEVA PEDAGOGIK



Download 4,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/247
Sana14.07.2022
Hajmi4,75 Mb.
#796806
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   247
Bog'liq
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1 (1)

I-SHO‘BA 
“PROFESSOR OYShA HASANBOYEVA PEDAGOGIK 
QARASHLARIDA MAKTABGACHA VA BOSHLANG‘ICH TA’LIM 
UZVIYLIGI HAMDA IZCHILLIGI” 
 
OYSHA XASANBOYEVA VA QADR QIMMAT, OR- NOMUS TARBIYASI 
 
Hamdamova Mahzuna Tursunovna 
Maktabgacha ta’lim dekani 
Temirova Barno Kiyomxonovna 
Maktabgacha ta’lim fakulteti 1- kurs talabasi 
Bugun mamlakatimizdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari menejment, 
marketing, o‘quv jarayoni, ta’lim-tarbiya nuqtai nazaridan ilmiy labboratoriyaga 
o‘xshaydi. Ushbu laboratoriya faoliyatida qilingan ishlardan qilinmaganlari 
ko‘proqdir. Shular jumlasiga maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya 
berishda qadr- qimmat va or- nomus tarbiyasini tashkil qilish, uning samaradorligini 
oshirish masalasi kiradi. Ushbu masalani hal qilish uslubiyatida ko‘rgazmalilik, 
xususan, millatimiz fahri va iftixori bo‘lgan shaxslarning qadr- qimmat, or- nomus 
bo‘yicha maktabgacha ta’limda arzigulik hayoti va ijodidan foydalanish ahamyatlidir. 
Bu o‘rinda Xasanboyeva Oysha Usmonovnaning hayot yo‘li, ijodi, hamda u haqidagi 
zamondoshlarining 
esdaliklari, 
Oysha 
Xasanboyevaning 
ilmiy 
asarlari, 
monografiyalari va uning ilmiy izlanishlaridan, rahbarlik lavozimida olib borgan
boshqaruvidan bevosita xabardor bo‘lgan kishilarning taassurotlari, fikrlari va 
xulosalari muhim ahamyat kasb etadi.
Oysha Xasanboyevaning or- nomus va qadr- qimmatga bog‘liq bo‘lgan sifatlari, 
uning umumiy xarakterini belgilab beruvchi mezonlar turkumini tashkil etadi. Undagi 
rostgo‘ylik, olijanoblik, insonparvarlik, vafodorlik, inson qadriga hurmat nafaqat uning 
ongli faoliyatining ko‘rsatgichlari, balki bular uning kundalik turmush tarzi, uning 
ko‘nikmalaridir. Shulardan kelib chiqib aytish mumkinki, Oysha Xasanboyeva ahloqiy 
faoliyatini belgilovchi asosiy ahloqiy- etik mezon undagi so‘z va amal birligidir.
Shulardan kelib chiqqan holda, birinchidan, bozor munosabatlari ta’sirida milliy, 
ahloqiy normalarimizda sodir bo‘layotgan kemtiklar, pul, manfaat ustunligi kabi gohi- 



gohida ko‘zga tashlanadigan illatlar, ikkinchidan, “ommaviy madaniyat” ta’sirida 
shakllanayotgan qalloblik, yolg‘onchilik, betayinlik, sotqinlik, ahloqsizlik kabi 
illlatlar, uchinchidan, o‘tmish sarqitlari hisoblanadigan va turmushimizda uchraydigan 
bir qator ahloqiy kamchiliklar yangilanayotgan O‘zbekistonning ahloqiy normalari va 
uning talablariga javob bermaydi.
Ushbu kamchilikni tuzatish esa kompleks yondoshuvni talab qiladi. Shular 
orasida Oysha Xasanboyevaga xos bo‘lgan ahloqiy sifatlarni, xususan, or-nomus va 
qadr- qimmatga aloqador bo‘lgan ahloqiy qarashlarni, normalarni, talablarni, g‘oyalar 
tizimini va kodekslarni ishlab chiqish va ularni xilma-xil vositalar yordamida aholining 
barcha qatlamlarida shakllantirish hamda rivojlantirish muhim ahamyatga egadir.
Shulardan kelib chiqqan holda, ahloqiy tarbiyaga Oysha Xasanboyeva siymosini 
olib kirishda quyidagi jihatlarga ahamiyat berish kerak. Pedagogikada “falonday 
bo‘lgin, nega sen falonday bo‘la olmaysan, sen falonday bo‘lishing uchun senda 
qobiliyat yo‘q”- degan qarashlar mutloq o‘zini oqlamaydi. Aksincha, bu o‘rinda 
tarbiyachilarimiz Oysha Xasanboyeva hayotidagi ilmga intiqlik, nafosat, mehribonlik 
namunalarini keltirib tarbiyalanuvchilardan Oysha Xasanboyevaning shu sifatlariga 
qiziqish va izlanish malakasini shakllantirishlari kerak.
Qiziqish bu- yo‘nalishli va tizimli jarayondir. Ushbu tizim bilan tarbiyalanuvchi 
shug‘ullanganda bir tomondan, u Oysha Xasanboyevani o‘rganadi, ikkinchi tomondan 
o‘zini Oysha Xasanboyeva bilan o‘zini solishtiradi, uchinchi tomondan, o‘ziga baho 
beradi, to‘rtinchi tomondan, ushbu bahoni odamlarning unga berayotgan bahosi bilan 
solishtiradi, va nihoyat o‘zining tuzatishi kerak bo‘lgan odatga ko‘ra, harakatga ko‘ra, 
munosabatga ko‘ra, baho va qarashlarga ko‘ra kamchiliklarini tuzatish yo‘llarini 
axtaradi. Ushbu holatda Oysha Xasanboyevadagi or va nomusning har narsadan ustun 
ekanligi, uning hech narsaga sotilmasligi, insonni inson qilguvchi va insonni boshqa 
insonlardan farq qildirguvchi or va nomus ekanligini anglaydi. Shuning uchun ham 
Oysha Xasanboyevaning tarbiyasida “Or-nomusingni, qadr- qimmatingni bolalikdan 
saqla”- degan tamoyil uning hayotida shakllantiruvchi tamoyil bo‘lib qolgan.
Oysha Xasanboyeva yoshligidan to umrining oxiriga qadar o‘zining qadr- 
qimmatini boshqalarning qadr-qimmatida ko‘rgan. Shuning uchun ham ko‘p yillar 



davomidagi rahbarlik lavozimida o‘tirganida holatlarni aniqlamasdan turib, u xoh 
yuqori mansabdor bo‘lsin, xoh oddiy farrosh surishmasdan turib xulosa chiqarishga 
shoshilmagan. Oysha Xasanboyeva faoliyatida hamkasblarining, zamondoshlarining 
bergan ma’lumotlariga ko‘ra, biror shaxs haqoratlanmagan, shaxsni haqoratlash Oysha 
Xasanboyeva tasavvurida ahloqsizlikning eng xunuk ko‘rinishlaridan biri bo‘lib 
hisoblangan. Oysha Xasanboyeva shaxs haqida, ikkinchi shaxsning bahosi haqida 
gapirar ekan unga baho berishdan oldin,- “shaxsning ketida turgan oilasi, bolalari, eri 
yoki xotini, qarindosh-urug‘i, avlodi turganligini fahmlash kerak”- deydi. Uning 
bunday qarashi bugungi kunda yoshlarni or nomus va qadr-qimmat ruhida 
tarbiyalashda muhim ahamyatga ega.
Ushbu zaruriyatni anglagan holda bolalarimiz maktabgacha yoshdanoq “agar 
shundoq qilsam- dadam nima deydi, oyim nima deydi, odamlar nima deydi”- degan 
qarashlar bilan o‘sishi kerak. Agar biz maktabgacha yoshdagi bolalarda xuddi shunday 
o‘z- o‘zini onglash va o‘zida ota- onasi, oilasining qadr- qimmati, or- nomusini himoya 
qilish odatini shakllantirsak bolalar tarbiyasiga zarur bo‘lgan muhim hissamizni 
qo‘shgan bo‘lamiz. 

Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish