Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги



Download 4,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/247
Sana14.07.2022
Hajmi4,75 Mb.
#796806
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   247
Bog'liq
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1 (1)

Adabiyotlar: 
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarda O‘zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar 
strategiyasi. 
2.
Azizxo`jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – T.: TDPU, 
2003. 
3.
Bolalar bog‘chasida tarbiyaning mazmuni //Maktabgacha pedagogika. Ikki 
qismli. 1-qism /V.I.Loginova va P.R.Samorukova tahr. ostida. -T.: «Tarbiyachi», 
1991.-256 b. 
 
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYACHISINING 
ILMIY SALOHIYATINI OSHIRISH 
Abdullayeva Dilfuza
 TDPU “Maktabgacha ta`lim” talabasi 
Har bir davlatning rivojlanib taraqqiy etishi uchun albatta unga ilmli, bilimli
kuchli, irodali, sadoqatli va vataniga cheksiz mehr muhabbatli farzandlar kerak.
Jamiyatda pedagog (o‘qituvchi, tarbiyachi) oldida bir qancha ulkan vazifalar turadi. 


18 
Birinchidan, o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash, ikkinchidan mehnatkash xalqimizga 
har tomonlama bilim berishdek savobli va ma’suliyatli vazifalarni amalga oshiradi.
Dunyoda biror kimsa yo‘qki, uning ustozi bo‘lmasa. U hukumat rahbarimi, buyuk 
allomami, shifokormi, xalq mexrini qozongan yozuvchimi yoki qo‘li gul kosibmi, 
qo‘yingki, barcha-barchaning o‘z ustozi va hayot yo‘lini charog’on etib turuvchi 
yo‘lboshchisi bo‘ladi.Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib 
tarbiyalashdek muhim va fahrli shu bilan birga ma’suliyatli vazifani bajaradi. 
Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq va jamiyat 
oldidagi o‘z ma’suliyatini anglashga ta’lim - tarbiya ishlarini hal etishga ijodiy 
yondoshishga o‘z mahoratini doimo faollashtirib borish va hamkasblarning ishdagi 
o‘sishiga ko‘maklashuviga yordam beradi. Tarbiyachi o‘zi yashab turgan o‘lka 
hayotini bilishi tabiat va jamiyat omillarini tushunishi kerak bu haqda O‘zbekiston 
Respublikasining biringi Prezidenti I.A.Karimov o‘qituvchidagi tarbiyachilik 
qobiliyatining asosiy mohiyatini shunday ta’riflaydi: «Tarbiyachi – ustoz bo‘lish 
uchun, boshqalarning aql-idrokini o‘stirish, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, 
haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining 
o‘zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi , buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi 
kerak». Buning uchun asosiy vosita sifatida dasturiy mahsulotlardan foydalanish davr 
talabidir. Bolalarda kognitiv qiziqishni rivojlantirish uchun tarbiyachi katta kuch sarf 
qilishi kerak. Uning oldida mashg’ulot ,darsni qiziqarli va boy qilish vazifasi turibdi, 
bu esa bolalarni faol o’rganishga undaydi. Ya’ni, tarbiyachi tomonidan mashg’ulot 
jarayonida taklif qilingan materialda favqulodda, hayratlanarli, kutilmagan 
ma’lumotlar elementlari bo’lishi lozim, ular maktabgacha yoshdagi bolalarning o’quv 
jarayoniga qiziqishini uyg’otadi va ijobiy hissiy muhitni yaratishga yordam beradi. 
Nafaqat o’quv jarayonini tashkil etishga, balki mustaqil o’yin faoliyatida ham dasturiy 
mahsulotlardan foydalanish bolalarning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam 
beradi. Ana shunday vazifalarni amalga oshirishda pedagoglarni yuksak bilimli qilib 
tarbiyalash muhim vazifa hisoblanadi. Lekin afsuski bugungi kunda mamlakatimizda 
yuqori bilimli va oliy malumotli mutahasislar kam. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 


19 
tashabbuslari bilan ushbu sohada keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Buni
2017 -yil tashkil etilgan Maktabgacha ta’lim vazirligi misolida koʼrishimiz mumkin. 
Ta’lim jarayonining kadrlar va uslubiy ta’minoti bilan birgalikda, bu nafaqat 
zamonaviy maktab, balki maktabgacha ta’lim muassasasining huquqiy imkoniyatlarini 
baholashning hal qiluvchi ko’rsatkichidir. 2018 yilda oliy maʼlumotli pedagog-
tarbiyachilar soni 23 272 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilda 34 180 nafarni,
2020 yilda esa 37 000 nafarni, 2021 yil holatiga ko‘ra 40 388 nafarni tashkil etmoqda. 
Bu degani, oxirgi 4 yil ichida 27,6% koʼrsatkich 31,7% ga yetgan. 
Jumladan, hududlarda maktabgacha taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha fakultetlar va 
maxsus sirtqi guruhlari yaratildi. Pedagog va tarbiyachilarning oylik maoshi 
bosqichma-bosqich ko‘tarilib, 70 foizgacha yetkazildi. Qolaversa, oliy taʼlim 
tashkilotlariga qabul kvotalari oshirilib, sohaga mutaxassislarni tayyorlaydigan Puchon 
Universiteti va А.I.Gertsen filiali tashkil etildi. Puchon universitetida jami 1 198 nafar 
talaba tahsil olib kelmoqda. I.A.Gertsen filialida esa 2021-2022 o‘quv yiliga jami
405 nafar talaba qabul qilinishi rejalashtirilgan. Аyniqsa, bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha 
taʼlim olish muddatining 3 yil yetib belgilangani mutaxassislarning tezkor yetishib 
chiqishiga imkon yaratadi. 
Maktabgacha taʼlim tizimida kichik hamda maktabgacha yoshdagi bolalarni 
rivojlantirish bo‘yicha davlat talablariga muvofiq va xalqaro standartlar asosida “Ilk 
qadam” davlat o‘quv dasturi ishlab chiqildi. Maʼlumki, taʼlim jarayonining asosini 
o‘yin faoliyati tashkil qiladi. Eng asosiysi, “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi doirasida 
har bir maktabgacha taʼlim tashkilotida 5 ta rivojlanish markazlari tashkil etilgan 
bo‘lib, pedagog-tarbiyachilar bolajonlarga qurilish va matematika, sanʼat, ilmiy va 
tabiat, til va nutq, syujetli-rolli o‘yinlar kabi yo‘nalishlarda tahsil berishmoqda.
Maktabgacha taʼlim vazirligi tegishli sohada Koreya Respublikasi, Xitoy Xalq 
Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Yaponiya, Singapur, Turkiya, Polsha va boshqa 
mamlakatlar bilan hamkorlikni yoʼlga qo‘ygan. Shu kunga qadar Maktabgacha taʼlim 
vazirligi va xorijiy hamkorlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha 
taʼlim tizimini rivojlantirishga qaratilgan 66 ta memorandum va kelishuvlar 
imzolangan. Shuningdek, UNISEF, UNESCO, KOICА, JICA, TIKA, EXHT, Jahon 


20 
banki guruhi, Saudiya taraqqiyot fondi, “Россотрудничество” kabi xalqaro 
tashkilotlar va moliya institutlari bilan birgalikda ish olib bormoqda. 
Qo‘shimcha maʼlumot sifatida aytish joizki, UNESCO tomonidan 2022 yilda 
Toshkent shahrida ilk yoshdagi bolalarga tarbiya va taʼlim berish bo‘yicha Butunjahon 
II konferentsiyasini o‘tkazish rejalashtirilgan. 
Hozirgi vaqtda maktabgacha taʼlimning muqobil shakllarini joriy etish rejasi 
ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra 2020 yilda BMTning UNISEF xalqaro bolalar 
jamg‘armasi bilan birgalikda maktabgacha taʼlimning muqobil shakllarini sinovdan 
o‘tkazish rejalashtirilib 2021 yilda amaliyotga joriy etilmoqda. Olib borilayotgan 
bunday islohotlarning barchasi ona vatanimizda o’sib ulg’ayayotga yosh avlodlar 
uchun va yana har bir fuqaro uchun hamdir. Berilgan imkoniyatlardan oqilona 
foydalanish , ularning qadriga yetib, yurt ravnaqi uchun o’z hissasini qo’shadigan inson 
bo’lish har birimizning burchimizdir. 

Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish