MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI TENGDOSHLARI
BILAN BO‘LADIGAN MULOQOTINI O‘RGANISH
M.N.Agzamova
Nizomiy nomidagi TDPU Makabgacha ta’lim psixologiyasi
va pedagogikasi kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha
falsafa doktori (PhD)
Muloqot deganda insonlarning umumiy maqsadga erishish uchun birgalikda,
kelishilgan holda olib borgan o‘zaro munosabati tushuniladi.
Muloqot bolaning ilk yoshidan boshlab psixik taraqqiyotining asosiy
faktorlaridan biridir. Maktabgacha yoshda bolaning kattalar bilan muloqoti 4 xil
ko‘rinishda bir-birini to‘ldiradi, ular: vaziyatli-shaxsiy, vaziyatli-ishchanlik,
vaziyatdan tashqari- bilish va vaziyatdan tashqari-shaxsiy muloqot. Tengdoshlari bilan
3 xil munosabat shakllari:hissiy-amaliy, vaziyatli-ishchanlik va vaziyatdan tashqari-
ishchanlik ko‘rinishlari mavjud. Muloqot qilish motivlari va mazmuni o‘zgaradi,
9
muloqotga kirishish malakasi hamda ko‘nikmasi shakllanib maktabga psixologik
tayyorlikning komponentlaridan biri bo‘lmish muloqotga kirishish sifatida shakllanadi.
Bola sekin-asta kattalar bilan o‘z munosabatlarini aniqlay boshlaydi (kattalar bolalarga
qanday munosabatdalar va boladan nimani kutadilar). Tengdoshlariga nisbatan
qiziqish kattalarga qiziqishga nisbatan kech ro‘yobga chiqadi. Tangdoshlari bilan
muloqot turli jamoalarda to‘planadi. Boshqa bolalar bilan munosabat shakllanishiga
faoliyatlarning qanday olib borilishi va bolaning bu topshiriqlarni bajarish malakalari
ta’sir ko‘rsatadi.
Bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotidagi guruhlar-bu bolalarning birinchi
ijtimoiy birlashmasi hisoblanadi, bu jamoada bolalar turli faoliyatlarda o‘z
muloqotlarini boshqaradilar. Maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘zaro do‘stona
munosabatni shakllantirishda turli nizolarga duch kelish mumkin. Ulg‘aygan sari
maktabgacha yoshdagi bolalarning tengdoshlariga bo‘lgan munosabati o‘zgarib
boradi, bolalar o‘rtoqlarini ishchanlik xususiyatlariga qarab emas (qiziq o‘yinlarni
tashkil etish malakasi, tengdoshlari bilan kelishib ishlashi, kattalarga, kichkintoylarga
yordami), balki shaxsiy sifatlariga qarab ham, ayniqsa, ahloqiy sifatlariga qarab ham
baholay boshlaydilar. Bu bolalarning ahloqiy me’yorlar haqidagi tasavvurlarining
shakllanishiga va ahloqiy sifatlar mazmunini tushunishlariga bog‘liq.
Bolaning tengdoshlari bilan muloqotga kirishishlarini kuzatilganda atta yosh
guruhida bolalar orasida tanlanish munosabatlari o‘rnatilganini kuzatish mumkin.
Bolalar tengdoshlari o‘rtasida har xil o‘rinni egallay boshlaydilar, ba’zi bir bolalarni
bolalar boshqalardan ko‘proq tanlaydilar, ba’zi birlarini kamroq tanlaydilar. Bolalar
tomonidan tanlanish boshqaruvchilik tushunchasi bilan bog‘liq. Boshqaruvchilik
ijtimoiy psixologiyada asosiy ahamiyatga ega. Boshqaruvchilik ba’zi bir bolalarga
boshqarish imkoniyatini yaratib, boshqalarga boshchilik qilish, ularni maqsad sari olib
borish imkoniyatini yaratadi. Boshqaruv jarayoni, birorta guruh faoliyatini
tashkillashtirishda aniq maqsad qo‘yish va unga erishishda o‘z ifodasini topadi.
Bunday tasavvurni maktabgacha yoshdagi bolalar guruhi uchun ifodalash qiyin,
asosan maktabgacha ta’lim tashkilotda qo‘llash mumkin emas, chunki bu yoshda
hech qanday maqsad va vazifalar belgilanmaydi, bunda ijtimoiy ta’sir to‘g‘risida
10
gapirish mumkin emas. Ayrim bolalarni tanlash bu tashqi tomondan tanlanish
hisoblanadi. Bu tanlanish faqat shu bolalarga intilish xolos. Bolalarning taniqli bo‘lishi
tengdoshlari orasida katta ahamiyatga ega. Maktabgacha yoshdagi bolaning
guruhdagi tengdoshlariga munosabati qanday taraqqiy etishiga qarab bolaning
kelgusidagi shaxsiy va ijtimoiy taraqqiyoti qay darajada rivojlanishini belgilash
mumkin.
Bolaning muloqat qilish qobiliyati nutqiy rivojlanishini ham o‘z ichiga oladi.
Nutq bolaning kognitiv rivojlanishida muhim vosita bo‘lib, ijtimoiy rivojlanish va
dunyoni bilish uchun zarur vositadir. Mazmunga boy va rag‘batlantiruvchi ta’lim
muhitida bolalar og‘zaki muloqot ko‘nikmalarini rivojlantiradilar, bu ularga o‘zlariga
ishonishga, boshqalar bilan munosabatlarni o‘rnatishga, dunyo haqidagi
tushunchalarini shakllantirishga, mashg‘ulotlarda ishtirok etishga va loyiha ishlarini
jamoa bo‘lib bajarishga yordam beradi. Bolalar kattalar va boshqa bolalar tomonidan
tushunilishlari uchun o‘zlarini ifoda etishlari mumkin. Ular aytilganlarni tushunishlari
uchun tinglaydilar va kuzatadilar; savollar va ko‘rsatmalarni eshitadilar va shunga mos
javob berishadi. Ular nutqni rivojlantirish mashg‘ulotlarga ijobiy qarashadi. Ular
nutqning turli shakl va funksiyalarini biladilar, ulardan foydalanadilar va kerak
bo‘lganda ularni turli xil muloqot holatlarida moslashtiradilar. Ushbu kompetentsiya,
shuningdek, axborot olish uchun turli xil aloqa vositalari va kanallardan mustaqil
foydalanish qobiliyatini o‘z ichiga oladi; o‘z ta’limi va rivojlanishida foydalanish
uchun kerakli ma’lumotlarni qidirish, tahlil qilish va tanlash, ularni tartibga solish,
o‘zgartirish, saqlash qobiliyatini mustahkamlaydi.
Bolaning muloqat qilish qobilyatini rivojlantirish orqali bolaga o‘z fikrini bayon
etish, bahslashish, munozaraga kirishish, tasavvurlarini erkin nutq vositasida
ifodalashga o‘rgatilib boriladi.
Bolaning muloqat qilishga kirishishi bolaning jamoada o‘zini tutish,
tengdoshlari bilan samimiy munosabatda bo‘lish, atrofdagilar bilan barqaror aloqalar
o‘rnatish, do‘stlar orttirish, ularga yordam berish, o‘z fikrini ifodalash, agar
tushunmasa savol bilan murojaat qilish, kelishib o‘ynash, ovutish, o‘yinchoqlari va
11
qalamlari bilan o‘rtoqlashish, kichkintoylarga yaxshi munosabatda bo‘lish
ko‘nikmalarini mustahkamlashga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |