I-SHO‘BA
“PROFESSOR OYShA HASANBOYEVA PEDAGOGIK
QARASHLARIDA MAKTABGACHA VA BOSHLANG‘ICH TA’LIM
UZVIYLIGI HAMDA IZCHILLIGI”
OYSHA XASANBOYEVA VA QADR QIMMAT, OR- NOMUS TARBIYASI
Hamdamova Mahzuna Tursunovna
Maktabgacha ta’lim dekani
Temirova Barno Kiyomxonovna
Maktabgacha ta’lim fakulteti 1- kurs talabasi
Bugun mamlakatimizdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari menejment,
marketing, o‘quv jarayoni, ta’lim-tarbiya nuqtai nazaridan ilmiy labboratoriyaga
o‘xshaydi. Ushbu laboratoriya faoliyatida qilingan ishlardan qilinmaganlari
ko‘proqdir. Shular jumlasiga maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya
berishda qadr- qimmat va or- nomus tarbiyasini tashkil qilish, uning samaradorligini
oshirish masalasi kiradi. Ushbu masalani hal qilish uslubiyatida ko‘rgazmalilik,
xususan, millatimiz fahri va iftixori bo‘lgan shaxslarning qadr- qimmat, or- nomus
bo‘yicha maktabgacha ta’limda arzigulik hayoti va ijodidan foydalanish ahamyatlidir.
Bu o‘rinda Xasanboyeva Oysha Usmonovnaning hayot yo‘li, ijodi, hamda u haqidagi
zamondoshlarining
esdaliklari,
Oysha
Xasanboyevaning
ilmiy
asarlari,
monografiyalari va uning ilmiy izlanishlaridan, rahbarlik lavozimida olib borgan
boshqaruvidan bevosita xabardor bo‘lgan kishilarning taassurotlari, fikrlari va
xulosalari muhim ahamyat kasb etadi.
Oysha Xasanboyevaning or- nomus va qadr- qimmatga bog‘liq bo‘lgan sifatlari,
uning umumiy xarakterini belgilab beruvchi mezonlar turkumini tashkil etadi. Undagi
rostgo‘ylik, olijanoblik, insonparvarlik, vafodorlik, inson qadriga hurmat nafaqat uning
ongli faoliyatining ko‘rsatgichlari, balki bular uning kundalik turmush tarzi, uning
ko‘nikmalaridir. Shulardan kelib chiqib aytish mumkinki, Oysha Xasanboyeva ahloqiy
faoliyatini belgilovchi asosiy ahloqiy- etik mezon undagi so‘z va amal birligidir.
Shulardan kelib chiqqan holda, birinchidan, bozor munosabatlari ta’sirida milliy,
ahloqiy normalarimizda sodir bo‘layotgan kemtiklar, pul, manfaat ustunligi kabi gohi-
7
gohida ko‘zga tashlanadigan illatlar, ikkinchidan, “ommaviy madaniyat” ta’sirida
shakllanayotgan qalloblik, yolg‘onchilik, betayinlik, sotqinlik, ahloqsizlik kabi
illlatlar, uchinchidan, o‘tmish sarqitlari hisoblanadigan va turmushimizda uchraydigan
bir qator ahloqiy kamchiliklar yangilanayotgan O‘zbekistonning ahloqiy normalari va
uning talablariga javob bermaydi.
Ushbu kamchilikni tuzatish esa kompleks yondoshuvni talab qiladi. Shular
orasida Oysha Xasanboyevaga xos bo‘lgan ahloqiy sifatlarni, xususan, or-nomus va
qadr- qimmatga aloqador bo‘lgan ahloqiy qarashlarni, normalarni, talablarni, g‘oyalar
tizimini va kodekslarni ishlab chiqish va ularni xilma-xil vositalar yordamida aholining
barcha qatlamlarida shakllantirish hamda rivojlantirish muhim ahamyatga egadir.
Shulardan kelib chiqqan holda, ahloqiy tarbiyaga Oysha Xasanboyeva siymosini
olib kirishda quyidagi jihatlarga ahamiyat berish kerak. Pedagogikada “falonday
bo‘lgin, nega sen falonday bo‘la olmaysan, sen falonday bo‘lishing uchun senda
qobiliyat yo‘q”- degan qarashlar mutloq o‘zini oqlamaydi. Aksincha, bu o‘rinda
tarbiyachilarimiz Oysha Xasanboyeva hayotidagi ilmga intiqlik, nafosat, mehribonlik
namunalarini keltirib tarbiyalanuvchilardan Oysha Xasanboyevaning shu sifatlariga
qiziqish va izlanish malakasini shakllantirishlari kerak.
Qiziqish bu- yo‘nalishli va tizimli jarayondir. Ushbu tizim bilan tarbiyalanuvchi
shug‘ullanganda bir tomondan, u Oysha Xasanboyevani o‘rganadi, ikkinchi tomondan
o‘zini Oysha Xasanboyeva bilan o‘zini solishtiradi, uchinchi tomondan, o‘ziga baho
beradi, to‘rtinchi tomondan, ushbu bahoni odamlarning unga berayotgan bahosi bilan
solishtiradi, va nihoyat o‘zining tuzatishi kerak bo‘lgan odatga ko‘ra, harakatga ko‘ra,
munosabatga ko‘ra, baho va qarashlarga ko‘ra kamchiliklarini tuzatish yo‘llarini
axtaradi. Ushbu holatda Oysha Xasanboyevadagi or va nomusning har narsadan ustun
ekanligi, uning hech narsaga sotilmasligi, insonni inson qilguvchi va insonni boshqa
insonlardan farq qildirguvchi or va nomus ekanligini anglaydi. Shuning uchun ham
Oysha Xasanboyevaning tarbiyasida “Or-nomusingni, qadr- qimmatingni bolalikdan
saqla”- degan tamoyil uning hayotida shakllantiruvchi tamoyil bo‘lib qolgan.
Oysha Xasanboyeva yoshligidan to umrining oxiriga qadar o‘zining qadr-
qimmatini boshqalarning qadr-qimmatida ko‘rgan. Shuning uchun ham ko‘p yillar
8
davomidagi rahbarlik lavozimida o‘tirganida holatlarni aniqlamasdan turib, u xoh
yuqori mansabdor bo‘lsin, xoh oddiy farrosh surishmasdan turib xulosa chiqarishga
shoshilmagan. Oysha Xasanboyeva faoliyatida hamkasblarining, zamondoshlarining
bergan ma’lumotlariga ko‘ra, biror shaxs haqoratlanmagan, shaxsni haqoratlash Oysha
Xasanboyeva tasavvurida ahloqsizlikning eng xunuk ko‘rinishlaridan biri bo‘lib
hisoblangan. Oysha Xasanboyeva shaxs haqida, ikkinchi shaxsning bahosi haqida
gapirar ekan unga baho berishdan oldin,- “shaxsning ketida turgan oilasi, bolalari, eri
yoki xotini, qarindosh-urug‘i, avlodi turganligini fahmlash kerak”- deydi. Uning
bunday qarashi bugungi kunda yoshlarni or nomus va qadr-qimmat ruhida
tarbiyalashda muhim ahamyatga ega.
Ushbu zaruriyatni anglagan holda bolalarimiz maktabgacha yoshdanoq “agar
shundoq qilsam- dadam nima deydi, oyim nima deydi, odamlar nima deydi”- degan
qarashlar bilan o‘sishi kerak. Agar biz maktabgacha yoshdagi bolalarda xuddi shunday
o‘z- o‘zini onglash va o‘zida ota- onasi, oilasining qadr- qimmati, or- nomusini himoya
qilish odatini shakllantirsak bolalar tarbiyasiga zarur bo‘lgan muhim hissamizni
qo‘shgan bo‘lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |