Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги


MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI ATROF-MUHIT



Download 4,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/247
Sana14.07.2022
Hajmi4,75 Mb.
#796806
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   247
Bog'liq
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1 (1)

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI ATROF-MUHIT 
HAQIDAGI TASAVVURLARINI ANGLASHGA O‘RGATISH 
 
Artikbayeva A.A
Nizomiy nomidagi TDPU Maktabgacha ta’lim
metodikasi kafedrasi o`qituvchisi 
Vatanimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, milliy 
qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash, halqimiz, ayniqsa, yosh 
avlod qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg‘ularini chuqur 
singdirish masalasi bugungi kunda tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarni yuksak ma’naviy fazilatlarini kamol 
toptirish, milliy ma’naviyatni takomillashtirish, boy madaniy merosimiz, tarixiy 
an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol 
g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha 
islohotlarning hal qiluvchi omilidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof-muhit bilan 
tanishtirish orqali ular tomonidan har tomonlama bilimlarni egallashi, psixik 
jarayonlarning rivojlanishi, qobiliyatlarini o‘sishi, dunyoqarashini shakllanishi, 
ahloqiy sifatlar, ijobiy hulq-atvor odatlarini o‘zlashtirilishi rivojlanishiga erishiladi. 
Bolani o‘rab turgan atrof-olam haqidagi tushunchalar bolalarda ona Vatanga 
muhabbat, ularni tariximiz va Sharqning buyuk allomalari, ularning hayoti va ijodi 
bilan tanishtirish, mashhur sarkardalar, bayramlar, xalq amaliy san’ati haqidagi
shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Eng muhimi shundaki, bolalarga bilim 
beribgina qolmay, ularni olgan bilimlaridan aqliy va amaliy vazifalarni hal etishga, 
foydalanishga o‘rgatish. Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish jarayoni oldiga 
qo‘yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishiga erishish «Ilk qadam» davlat dasturi 
asosida amalga oshiriladi. Sog‘lom avlodni tarbiyalash davlat va jamiyatning ustuvor 


35 
yo`nalishidir. So`nggi yillarda maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim 
tarbiya mazmuni, shakli, vosita va metodlarini yengilashga aloxida e’tibor berilmokda. 
Davlat va jamiyat maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalarni yagona talab asosida 
rivojlantirish vazifasini qo‘yadi. Ta’lim-tarbiya jarayoni yakunida mustaqil 
fikrlaydigan, erkin, bilimli, bir so‘z bilan aytganda barkamol shaxsni voyaga yetkazish 
asosiy maqsad qilib belgilandi. Bu uzluksiz ta’lim tizimining ilk turi – maktabgacha 
ta’limga o‘ziga xos yondoshuvni talab etadi. Bola dunyoga kelgan kundan boshlab, 
davlat va jamiyat hamda ota-ona zimmasiga uni sog‘lom, aqlli, xush hulqli qilib 
tarbiyalash vazifasi qo‘yiladi.
Ona Vatan va atrof-olam:
 
bolaning mustaqil O‘zbekiston haqidagi 
tasavvurlarini boyitish; O‘zbekistonning qadimiy shaharlari Samarqand, Buxoro, 
Shahrisabz, Xiva, Toshkent va Buyuk ipak yo‘li haqidagi bilimlarini mustahkamlash; 
bolaga “Konstitutsiya saboqlari” asosida tushunchalar berishni davom ettirish; 
O‘zbekistonning mustaqillik kuni, davlatimiz ramzlari: gerb, bayroq va madhiyasi, 
O‘zbekistonda davlat tili – o‘zbek tili ekanligi haqidagi bilimlarini takomillashtirish; 
O‘zbekiston Respublikasi Prezident tomonidan boshqarilishi, O‘zbekistonning 
poytaxti Toshkent shahri ekanligi haqidagi tushunchalarini mustahkamlash; O‘zbek 
xalq og‘zaki ijodi namunalari asosida bola qalbida o‘z millatiga muhabbat, milliy 
g‘urur hissini tarbiyalash.
Buyuk siymolar:
 
Bolani tariximiz va Sharqning buyuk allomalari, ularning 
hayoti va ijodi bilan tanishtirishni davom ettirish; ulug‘ allomalar: Alisher Navoiy, Al 
Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, musavvir Kamoliddin Behzod haqidagi 
tushunchalarini aniqlash va mustahkamlash.
Xalq amaliy san’ati:
 
bolani o‘zbek xalq amaliy san’ati, milliy 
hunarmandchiligidan: zargarlik, zardo‘zlik, misgarlik, ganchkorlik kabilar bilan 
tanishtirish; xalq ustalari tomonidan tayyorlangan buyumlardagi; kashtachilarning 
tikkan so‘zanalari, zargarlarning nozik did bilan yasagan taqinchoqlardagi go‘zallikni, 
ranglar jilosini his qilishga undash. Shu tariqa bola qalbida xalq ijodiyotiga, amaliy 
san’at asarlariga nisbatan qiziqish hissini tarkib toptirish.


36 
Vatan, Vatan tuyg‘usi, insoniylik odobi kabi tushunchalar oilada, jamiyatda 
milliy urf-odat va an’analarga rioya qilish bilan shakllanadi. Bolalarga atrof-olam 
haqidagi tushunchalarni singdirishda, ma’naviyatini shakllantirishda quyidagicha 
mavzularda suhbatlar tashkil etish ham ahamiyatlidir. Jumladan, «O‘zbekiston – 
mening Vatanim», «Ona shahrim». 
«Toshkent – O‘zbekistonning poytaxti». «Samarqand – qadimiy shahar». 
«Vatanimiz ramzlari». «Maktabga sayohat». «Bozorlar va ularning turlari», buyuk 
siymolar, mashhur sarkardalar, bayramlar, xalq amaliy san’ati: «Kim bo‘lsam ekan?»,
«Kashtachilik», «Zardo‘zlik», «Shifokor», «Oshpaz» kasblari va hokazo. Bu 
mavzulardagi suhbatlar bolalarga tevarak- atrofga bo‘lgan munosabatlarni mushohada 
qilib eshitib, tushungalarini bayon etish qobiliyatlari, ijodiy tafakkurini qay darajada 
rivojlanganligini namoyon etadi.
Bola 6-7 yoshdan maktabga o‘tishi, ularni maktab ta’limiga tayyorlash uchun 
aqliy rivojlantirish yetarli bulishini ta’minlash tarbiyachidan katta mas’uliyatni talab 
etadi. Maktabgacha ta’lim yoshida bilim tez sur’atda rivojlanib boradi, boyib boradi. 
Nutq shakllanadi, bilish jarayonlari takomillashadi, bola eng oddiy aqliy faoliyat 
usullarini egallab boradi. Bolalarda aqliy faoliyatni dastlab muomala orqali, ijtimoiy 
faoliyatga kirish bilan amalga oshiriladi. 
Tevarak-atrof, buyum va narsalar bolaning sezgi organlariga ya’ni 
analizatorlariga ta’sir etadi va sezgi hosil bo‘ladi. Sezgi bolalarda ayrim xossalarni 
bilib olishga yordam beradi. (Issiq-sovuq, g`adir-budur). Sezgi atrof-muhitni bilishning 
dastlabki bosqichi hisoblanadi. 
Bolalarni bilimlarni egallab olishlari ularni aqliy faolligini rivojlantirish aqliy 
malaka va ko‘nikma egallab olishlari, ularning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishlari 
uchun bo‘lajak mehnat faoliyatiga tayyorlanishda manba bo‘lib xizmat qiladi. 

Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish