И.В. Грошева, Л.Г.Евстафьева, Д.Т.Махмудова,
Ш.Б.Набиханова,С.В.Пак,
Э.Джанпеисова.
3.. Андрианова В.И., Талипова Р.Т. «Русский язык». Методическое руководство
к учебнику «Русский язык в картинках» для 2 класса начальной школы с
узбекским языком обучения. Ташкент. «Ўқитувчи», 1997г.
4.Антология педагогической мысли Узбекистана. г. Москва «Просвещение».
1988 год
5.Кадырова Р.М. Обучение детей дошкольного возраста русской разговорной
речи в национальных детских садах Узбекистана. Ташкент. «Укитувчи», 1992г
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA BILISHGA BO’LGAN
QIZIQISHLARNING NAMOYON BO’LISHI
Baqoyeva M
TDPU “Maktabgacha ta`lim” fakulteti magistri
Hozirgi kunda yosh avlodni zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish va jahon
mamlakatlaridagi o‘z tengdoshlari bilan raqobatlasha oladigan kuchli bilimlar egasi
etib tarbiyalash bugungi kunning muhim masalalardan biri hisoblanadi. Yurtimizda
yaratilayotgan ulkan imkoniyatlar esa yosh avlodni ta‘lim-tarbiya olishida o‘zining
munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.
292
O‘sib kelayotgan yosh avlod uchun har qaysi ta‘lim yoshida o‘ziga xos e‘tibor
qaratilishi yoshlar tarbiyasining davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganidan darak beradi.
Bugungi kunda mamlakatimizda maktabgacha ta‘lim tizimini tubdan takomillashtirish
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2017―2021
yillarda “Maktabgacha ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risidagi qarori” (2016 yil 29 dekabr) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq O‘zbekistonda ― “... maktabgacha ta‘lim muassasalarining
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash; maktabgacha ta‘lim muassasalari tarmog‘ini
kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta‘minlash; bolalarni maktab ta‘limiga
tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash; ta‘lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta‘lim
dasturlari va texnologiyalarini tadbiq etish; bolalarni har tomonlama intelektual,
ahloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish”
28
yo‘nalishlari bo‘yicha puxta rejalar ishlab
chiqildi va amalga oshirishga kirishildi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarining bilish jarayonidagi faolliklarini oshirish
uchun yangi munosabatlarning asosiy mohiyati, an‘anaviy ta‘limda ko‘zda tutilgan
natijalarni bermayotgan majburan o‘qitishdan voz kechish va uning o‘rniga:
- o‘zaro ishonchga asoslangan talabchanlik;
- ta‘lim jarayonini samarali tashkil etish orqali bolalar o‘rtasida qiziqish
uyg‘otish va ongli intizomni vujudga keltirish;
- bolalarni muvaffaqiyatli bilim olishga yo‘llovchi hamkorlikning paydo
bo‘lishi;
- mustaqil faoliyatning tashkil etilishi;
- tegishli talablarni jamoa orqali qo‘llashni amalga oshirish muhim sanaladi.
Maktabgacha yoshidagi bolalarda sezgi, idrok, diqqat, xotira, tasavvur, tafakkur,
nutq, xayol, xissiyot va irodasi juda jaddalik bilan rivojlanib boradi. Bola ranglarni hali
bir-biridan yaxshi farqlay olmasa, unga ranglarning farqini bilishga yordam beradigan
turli xildagi o‘yinchoqlarni berishimiz lozim, masalan: rangli kiyim-kechaklar, rangli
28
O’zbekiston respublikasi Prezidentining -2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi’’qarori.-O’zbekiston ovozi gazetasi,2017 y 1 yanvar. № 1-сон (32.216).
293
xalqalar, rangli qushchalar, rangli gullar va shunga o’xshash turli tuman o’yinchoqlar
orqali ularning qiziqishlarini yanada oshirmog’imiz lozim.
Maktabgacha yoshidagi bolalarning turli narsalarni idrok qilishlarida ularning
ko‘zga yaqqol tashlanib turuvchi belgilariga (rangi va shakliga) asoslansalar ham, lekin
hali ularni chuqur tahlil qila olmaydilar.
Maktabgacha yoshidagi bolalar kattalarning yordami bilan suratlarni idrok qilish
qobiliyatiga ega bo’ladilar. Bolalar suratlarni idrok qilayotganlarida kattalar turli xil
savollar bilan ularni tahlil qilishga o‘rgatishlari lozim. Bunda, asosan, bolalar diqqatini:
1. Suratning mazmunini to‘g‘ri idrok qilishga;
2. Suratning umumiy ko‘rinishida har bir tasvirlangan narsalarning o‘rnini
to‘g‘ri idrok qilishga;
3. Tasvirlangan narsalar o‘rtasidagi munosabatlarni bolalar to‘g‘ri idrok
qilishlariga e’tibor qaratishimiz kerak. Maktabgacha yoshidagi bolalar diqqati asosan
ixtiyorsiz bo‘ladi, bu yoshidagi bolalarda ixtiyoriy diqqatning o‘sib borishi uchun o‘yin
juda kata ahamiyatga ega. O’yin faoliyati vaqtida bola ko’p narsalarni o’rganadi,biladi va
qiziqishlari yanada oshib boraveradi. Maktabgacha yoshdagi bolaning xotirasi yangi
faoliyatlar,yangi bilimlar va bolaning o‘z oldiga qo‘ygan yangi talablari asosida
takomillasha boradi.
Maktabgacha yoshidagi bolalar o‘zlari uchun ahamiyatga ega bo‘lgan,ular
uchun katta taassurotlar qoldiradigan va ularni qiziqtiradigan narsalarni beixtiyor
eslarida olib qoladilar.
Maktabgacha yoshidagi bolalarning tafakkuri va uning rivojlanishi o‘ziga xos
xususiyatga ega. Maktabgacha yoshidagi bolalarda har bir narsalarga, har bir sohaga
doir savollarning tug‘ilishi ular tafakkurining faollashayotganligidan darak beradi.
Bola o‘z savollariga javob topa olmasa yoki kattalar uning savoliga ahamiyat
bermasalar, undagi bilishga bo’lgan qiziquvchanlik sekin asta so’nishni boshlaydi.
Odatda, har qanday tafakkur jarayoni biron narsadan taajjublanish, hayron qolish va
natijada turli savollarning tug‘ilishi tufayli paydo bo‘ladi va juda ko‘pgina ota-onalar
va ayrim tarbiyachilar agarda bolalar ortiqroq savol berib yuborsalar, “ko‘p
294
mahmadonalik qilma”, “sen bunaqa gaplarni qayerdan o‘rganyapsan”, deb koyib
beradilar. Natijada bola o‘ksinib, o‘z xolicha, bilganicha tushunishga harakat qiladi.
Ayrim tortinchoq, uyatchang bolalar esa hech bir savol bermaydilar.Bunday
bolalarga turli xil mashg’ulotlarda va sayohatlarda kattalarning o‘zlari bolaga savollar
berishlari va shu bilan ularni faollashtirishlari, qizqishtirishlarini lozim. Har qanday
tafakkur, odatda biron narsani taqqoslash, analiz va sintez qilishdan boshlanadi.Shuning
uchun biz ana shu taqqoslash, analiz va sintez qilishni tafakkur jarayoni deb ataymiz.
Sayohatlar bolalardagi tafakkur jarayonini faollashtirish va rivojlantirishga yordam
beradi. Bolalar tabiatga qilingan sayohatlarda turli xildagi narsalarni bir-biri bilan
taqqoslaydilar, analiz hamda sintez qilib ko‘rishga intiladilar.
Agar 2 yashar bolaning so‘z boyligi taxminan 250 tadan 400 tagacha bo‘lsa, 3
yashar bolaning so‘z boyligi 1000 tadan 1200 tagacha,7 yashar bolaning so‘z zahirasi
4000 taga yetadi, Demak, maktabgacha yosh davrida bolaning nutqi ham miqdor, ham
sifat jihatidan anchagina takomillashadi. Maktabgacha yoshidagi bolalar nutqining o‘sishi
oilaga uning madaniy saviyasiga ham ko‘p jihatdan bog‘liq.
Ota onalar bolalar nutqini o‘stirish bilan shug‘ullanar ekanlar,maktabgacha
yoshidagi bolalarning ba’zi hollarda o‘z nutq sifatlarini to‘laqonli idrok eta
olmasliklarini unutmasliklari kerak. Bundan tashqari, bolalarda murakkab nutq
tovushlarini bir-biridan farqlay olish qobiliyati ham hali to‘la takomillashmagan
bo‘ladi. Tili chuchuklikni tuzatishning eng muhim shartlaridan biri, bola bilan to‘la va
to‘g‘ri talaffuz etib, ravon til bilan gaplashishdir.
Xulosa o’rnida Maktabgacha ta‘lim muasasasi tarbiyachisi bolalarda
o‘qishga,bilishga nisbatan qiziqishini rivojlantirishda quyidagilarga amal qilishlari
lozim:
-Bolalardagi bilishga nisbatan qiziqishini hamda aqliy mehnat jarayoniga nisbatan
muhabbatni rivojlantirish uchun o‘quv jarayoni shunday tashkil etilishi kerakki, unda bola
doim faol harakat qilishi, mustaqil izlanishi, yangi bilimlarni o‘zi - kashf eta olishi va
muammoli masalalarni yechish uchun sharoit izlashi kerak;
-Bir turdagi ma‘lumotlar va bir xil o‘qitish bolaning juda tez zerikishiga sabab
bo‘ladi.
295
-O‘rganilayotgan yangi bilimlar bolaning o‘zi uchun qanchalar ahamiyatini,
foydaliligini bilishi muhimdir.
- Yangi ma’lumotlar qanchalar bola tomonidan avval o‘zlashtirilgan bilimlar
bilan bog‘liq bo‘lsa , bu ma’lumotlar bola uchun shunchalar qiziqarli bo‘ladi.
-Haddan ziyod oson va haddan ziyod qiyin material bolada qiziqish
uyg‘otmaydi. Berilayotgan bilimlar qiyin, lekin bolaning kuchi yetadigan darajada
bo‘lishi lozim.
Shuning uchun iroda qatiyatlilik, mehnatsevarlik kabi hislatlarni kamol
toptirilishi nihoyatda zarurdir.Ana shu xislatlar bolaning kelgusida o‘z-o‘zini nazorat
qilishga, o‘z-o‘zini baholashiga va mustaqil ta‘lim olishiga asos bo‘la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |