164
ushbu
asar ikki qismdan, yani muqaddima (bu qismda uni yozish uchun ko`p yillar
davomida manba to`plangani haqida ma'lumot beriladi) va lug`at (asosiy qism —
bunda 6000 dan ziyod turkiy so`zlarning manosini arab tilida izohlagan) qismidan
iborat.
Lug`atlar ikki turga ajratiladi:
a) ensiklopedik(qomusiy) lug`atlar; b)filologik(lingvistik) lug`atlar.
Ensiklopedik lug`atlarda turli xil tarixiy voqealar,
tarixiy shaxslar, ilmiy
tushunchalar va boshqalar o`z ifodasini topadi. Ensiklopedik lug`atlar ma'lum bir
xalqning madaniy-ma'naviy, ilmiy-amaliy, siyosiy-iqtisodiy
hayotiga doir barcha
tushunchalarni qamrab oladi va bu tushunchalar unda o`z izohini topadi. 1971-1980-
yillarda 14 jildli O`zSE nashrdan chiqqan (ensiklopediyani tayyorlash ishida 14
akademik,13 akademiyaning muxbir azosi, 88 fan doktori,
professor, 539 fan
nomzodlari qatnashgan. Unda 3350 ta maqola mavjud). 2000-2006 yillarda 12 jildli
“O`zbekiston Milliy ensiklopediyasi” yaratildi.
Filologik lug`atlar ma'lum bir tildagi so`zlarni o`z ichiga oladi. So`zlar muayyan
tartibda (yo alifbo tarzida, yo mazmuniy guruhlar asosida) joylashtiriladi. Filologik
lug`atlar izohli (tildagi so`zlarni izohlashga qaratilgan) va tarjima (muayyan tildagi
so`zlarning ikkinchi tilga tarjimasini berishga qaratilgan) lug`atlarga bo`linadi.
Ma'lum sohaga oid maxsus tushunchalarni mantiqan
aniq ifodalash uchun
qo`llanadigan so`z yoki so`z birkmalari yig`indisi terminologik (lot. terminus —
“chegara”, logos - “fan” degani)15 leksika deb ataladi. Terminologik leksikaning
birligi termin (yoki atama) deb yuritiladi. Har qanday termin malum bir terminlar
tizimidagina termin hisoblanadi. Shu bilan u umumxalq leksikasiga mansub bo`lgan
so`zdan farq qiladi.
Terminlar quyidagi xususiyatlarga ega:
1) biror sohaga oid maxsus tushunchani ifodalaydi. Masalan,
leksikologiya
termini tilshunoslik sohasiga tegishli bo`lib, tilning lug`at boyligini o`rganadigan bo`lim
tushunchasini ifodalaydi.
2) bitta terminologik tizimda har doim bir manoli bo`ladi. Masalan, ot so`zi
atama sifatida faqat so`z turkumi tushunchasini bildiradi (bu so`z “ism”, “hayvon”,
“otmoq”, “ichmoq” manolaridagi so`zlar bilan omonim hisoblanadi).
3) ko`pincha tillararo xususiyatga ega bo`ladi. Masalan, lotin tilidan olingan
respublika termini dunyodagi ko`pgina tillarda bir xil tushunchani ifodalaydi.
15 А.А.Реформатский. Введение в языковедение. М., 1997, стр. 110.
165
4) bir so`z bittadan ortiq sohaga tegishli termin bo`lishi mumkin. Masalan,
valentlik termini kimyo hamda tilshunoslik fanlarida ishlatiladi.
5) asosan ot turkumiga tegishli bo`ladi, boshqa turkumga tegishli bo`lsa, otga
ko`chgan bo`ladi: sintaksis (ot), ishlab chiqarish (harakat nomi otga ko`chgan).
Do'stlaringiz bilan baham: