167
27-MAVZU: IQTIDOR VA MEHNAT
Og`zaki nutq:
Mavzuga oid matnni o`qib tushunish. Matnga munosabat bildirib so`zlash.
Mavzu
bo`yicha bahs-munozarada ishtirok etish.
Yozma nutq:
“Qanday qilib muvaffaqiyatga erishish mumkin?” mavzusida esse yozish.
Mamlakatimizda iqtidorli yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida ma'lumot
yozish. Kasb sohasida muvaffaqiyatga erishish to`g`risida dialog tuzish va uni
inssenirovka qilish.
Grammatika:
Matnga so`z va termin tanlash.
Reja:
1.Iqtidorni shakllantiruvchi omillar.
2.Mehnat—insonning maqsadga muvofiq ijtimoiy foydali faoliyati.
3.Aqliy mehnat —insonning tafakkur faoliyati.
Tayanch tushunchalar:
mehnat, iqtidor, ehtiyoj, istedod, inson faoliyati, kishilik
jamiyati, mustaqil vazifa, mehnat taqsimoti, aqliy mehnat, jismoniy mehnat, nozik
fazilat.
Mehnat jamiyat yoki alohida individ talab va ehtiyojlarini qondirish uchun
bajariladigan faoliyat turidir. Mehnat iqtisodiyotda ishlab chiqarish omillaridan biri
sifatida ko`riladi. Mehnat—insonning maqsadga muvofiq ijtimoiy foydali faoliyati; eng
avvalo tabiat predmetlarini o`zgartirib, ehtiyojga moslashtirishni bildiradi.
Mehnat
kishilik jamiyati hayotining asosiy sharti, chunki u tufayli insoniyatning yashashi uchun
zarur bo`lgan moddiy va ma`naviy ne`matlar yaratiladi. Insonning faoliyati tufayli
mehnat predmetlari mahsulotga aylanadi. Mehnat odamni hayvondan farqlantiradigan
eng muhim belgidir. Mehnat tufayli inson tabiatdagi narsalarni o`zgartiribgina
qolmaydi, balki o`zi ham kamol topadi, uning aqliy va jismoniy qobiliyatlari o`sadi.
Mehnat jarayonida inson tabiat kuchlarini o`z maqsadiga bo`ysundiradi. Jamiyat
taraqqiy etishi bilan mehnat taqsimoti yuzaga keladi va borgan sari chuqurlashib boradi,
mehnatning yangi turlari yuzaga keladi, ular mustaqil vazifaga ega bo`ladi.
Mehnatdagi ixtisoslashuv tufayli tabiat sirlari chuqur o`rganiladi, tabiiy narsalar
to`laroq
ishlatiladi, hatto, ularniig xossalari o`zgartiriladi. Mehnat taqsimotining
darajasi jamiyatdagi ishlab chiqaruvchi kuchlarning qay darajaga ekanligini ifodalaydi.
Mehnat turlari yuzaga kelishi bilan mehnat faoliyati natijalarini ayirboshlash, har xil
168
mehnatni bir-biriga moslashtirish ehtiyoji tug`iladi. Bu esa mehnatga ijtimoiy tus beradi,
chunki mahsulotlar va xizmatlar ko`pchilik mehnatining natijasiga aylanadi. Shunday
sharoitla mehnatni boshqarish tizimi yuzaga keladi va u maxsus vazifaga ega bo`ladi.
Mehnat natijasi (mahsulot) tovarga aylanganda, ya`ni
pul vositasi bilan
ayirboshlanganda mehnatning qiymat yaratishdagi roli jihatidan konkret va abstrakt
M.ga bo`linishi yuz beradi. Mehnat o`zining mazmuni va xarakteri jihatidan aqliy,
jismoniy, malakali (murakkab) va malakasiz (oddiy) mehnatga bo`linadi. Aqliy Mehnat
—insonning tafakkur faoliyati. Bunga muhandis, vrach, agronom, o`qituvchi, olim va
boshqa mehnati misol bo`ladi.
Istedod‚ bu — mo`jizadir. Chunki u juda ko`p buyukliklarni kashf etishga qodir.
Iqtidorli o`g`il-qizlarni mehr og`ushida ulg`aytirayotgan ona O`zbekistonimizning qaysi
bir hududiga nazar solmaylik, yoshlar qobiliyati bilan dunyoga kelayotgan mo`jizalar
bisyor. Ularning bari maqtovga loyiq, tahsinga sazovor. O`zbekiston Qahramoni, ustoz
Erkin Vohidov: “Istedod
shunday bir gavharki, u dengiz tubida, sadaf ichida ham
gavhar; istedod shunday bir zilol irmoqki, uning har qatrasida daryolarning qudrati,
ummonlarning
teranligi bor; istedod shunday bir gulki, uning har bir ochilmagan
g`unchasida chamanlarning bo`yi, tarovati bor” deya go`zal tarifni keltirgan edi.
Lekin... istedodni nima bilandir o`lchashga urinayotganlar,
ayting-chi, uning bahosi
qancha? Uni qaerdan, qanchalab olish mumkin? Istedodni
bozorga solganlar bitta
haqiqatni unutmasalar bo`lgani. Irmoqlarida ummonlarning qudrati bo`lgan bu daryoni
to`sib bo`lmaydi. Uning jo`shqinligi istedodsizni ham irg`itib yuborishi hech gap emas.
Faqat bu gul kabi nozik fazilat vaqtida anglab olinsa, kamolga yetkazilsa,
istedod
tufayli betakror mo`jizalar tug`ilaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: