32.Axloqiy tamoyillar, me’yorlar
Asosiy mezoniy tushunchalar – kategoriyalar singari axloqiy tamoyillar ham axloqiy
anglash shakllaridan hisoblanadi. Ularda axloqiy talab umumiy tarzda ko`zga tashlanadi.
Insonparvarlik
– axloqiy tamoyillarning eng qadimiy va eng muhimlaridan biri
hisoblanadi. U – insonning yuksak ijtimoiy vazifasini belgilaydigan va barqaror etadigan
g`oyalar, qarashlar va e`tiqodlar majmui, shaxs erki, qadr-qimmati, uning baxtli bo`lish
huquqini talab etish imkonining mavjudligiga yengilms ishonch. Insonparvarlik tamoyilini
dastlab Ovro`pa Uyg`onish mutafakkirlari ilgari surganlar, degan fikr mavjud. Aslida,
insonparvarlik dastavval Sharqda ortaga tashlangan, insoniylik, insonpavarlik degan
ma`noni bildiruvchi “namlulu” sozi bundan 3-4 ming yillar avvalgi Qadimgi Somir
giltaxtalarida uchraydi.
Erkparvarlik
tamoyili ma`lum ma`noda insonparvarlikning muayyanlashgan bir
qismi bo`lib hisoblanadi. Erkparvarlik insonning eng oily huquqi – erkin, ozod yashash
huquqini himoya qilish bilan muhimdir.
Odatda, erkparvar shaxslar muayyan davrning qahramonlariga aylanadilar. Zero ular
o’zgalar erki uchun o’z erkini, o’z hayotini qurbon qilishdan ham cho’chimaydilar. Buning
yorqin misoli buyuk ingliz mumtoz shoiri Jorj Bayron siymosidir. U ingliz bo’laturib, o’z Vatani
Angliyada Irlandiya ozodligi, irlandlar erki uchun kurashdi: ko’pchilikning hayrati va nafratiga
uchradi, Vatanni tark etishga majbur bo’ldi. o’z yurtida erk uchun kurashish baxtidan mahrum
bo’lgan shoir o’zga vatanlar erki uchun kurashga otlandi, Italiyani Avstriya istibdodidan ozod
qilish harakatining rahbarlaridan biriga aylandi.
Eng ma’lum va mashhur tamoyil, bu – vatanparvarlik. U insonning o’z Vataniga muhabbatini,
uni asrab-avaylashga bo’lgan ishtiyoqini anglatuvchi axloqiy tushuncha. Uni ko’pincha Vatan
dushmanlariga qarshi ma’naviy-mafkuraviy qurol sifatidagina talqin etadilar.
Aslida esa, bu tamoyilning qamrovi ancha keng – u insonparvalikning nisbatan
muayyanlashgan shakli. U, eng avvalo, o’z vatandoshlari erkini asrash uchun kurash, inson
ozodligi yo’lidan xatti-harakatlardir. Vatan himoyasi, bu – inson himoyasi, millat himoyasi.
Yana bir muhim axloqiy tamoyil, bu – millatparvarlik. U ma’lum ma’noda, vatanparvarlik
tamoyilining yanada muayyanlashgan shakli. Zero millatni sevish keng ma’noda Vatanni sevish
degani. Vatansiz millatning bo’lishi yoki rasmona erkin va baxtli yashashi mumkin emas.
Lekin millatparvarlikni millatchilik bilan qorishtirib yubormaslik lozim. Millatchilik o’z
millatini ajratib olib, unga buyuklik maqomini berishga intilish bo’lsa, millatparvarlik,
boshqalarni kamsitmagan holda, o’z millati ravnaqi uchun kurashish, bu yo’lda, lozim bo’lsa, o’z
hayotini ham fido qilish demakdir. U insonparvarlik bilan ham chambarchas bog’liq. Chunki o’z
millatini chin dildan sevmagan odam hech qachon boshqa millatlarni seva olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |