2
rivojlanadi, singan shoxlari o'rnini sirach chiqarib davolaydi — muhofaza qiladi, urug‘ini
qoldirib, bir kun quriydi. Hayvon shu xususiyatlar bilan birgalikda sezish a’zolari va qobiliyatiga
hamda muayyan darajada idrok etish xislatiga ega. Insonda esa bulardan tashqari mulohaza
qilish, fikrlash qobiliyati va uyat hissi, bir so‘z
bilan aytganda, aql bor. Uni Imom G‘azzoliy
oltinchi sezgi yoki ikkinchi yurak, yurak ichidagi yurak deb ataydi. Ana shu aql ixtiyor
erkinligini ixtiyor erkinligi esa axloqni taqozo etadi. Bu fikrni yoyibroq tushuntirish uchun
insonning paydo bo‘lishi tarixiga nazar tashlamoq joiz.
Avvalo, shuni aytish kerakki, insonning paydo bo‘lishi eng
bahsli muammolardan biri
hisoblanadi. Bu borada bir-biriga qarama-qarshi ikki qarash mavjud. Biri — diniy, ikkinchisi —
dahriycha qarash. Diniy- e’tiqodiy nuqtayi nazardan odamni Xudo yaratgan. Dahriycha qarash
esa buni inkor etib, odamni tabiat yaratgan, u tabiatning bir qismi degan g‘oyani ilgari suradi.
Ular orasida ingliz tabiiyotshunosi Charlz Darvin (1809—1882) fikrlari alohida e’tiborga molik.
Axloqning vujudga kelishi borasidagi empirik fikrlar.
Bu o‘rinda shuni alohida ta’kidlash
kerakki, inson aynan hozirgi paytdagi ko‘rinishida yaratilgan degan gap haqiqatdan yiroq. U
mohiyatan har tomonlama mukammallikka, komillikka qarab boruvchi, taraqqiyotining mohiyati
tadrijiylik bilan belgilanadigan jonzotdir,
uning jismoniy, aqliy va axloqiy taraqqiyoti o'zaro
bog‘liqlikda rivojlanadi: vaqt mobaynida insonning ham ko‘rinishi, ham tafakkuri, ham axloqiy
xatti-harakati o‘zgarib boradi. Shu jihatdan olib qaraganda, odamzodning xunuklikdan
chiroylilikka nodonlikdan oqillikka, qo‘pollikdan noziklikka yo‘nalganligi tabiiy hol. Demak,
uning axloqiy xatti-harakatlari tadrijiy tarzda noziklashib borgan. Biroq, bunday noziklashuv
shaklan qo‘polroq bo‘lgan
soddalikdan chekinib, botiniy qo‘pollikni zohiriy nazokat bilan
yopishga, niqoblashga ham olib kelgan. Natijada insoniyat tarixi qanchalik ko‘p davrni o‘z
ichiga olsa, axloqning xilma-xil ko'rinishlari shuncha ko‘payib borgan. Lekin ularning hammasi,
zamonaviy axloq nazariyasiga ko‘ra, ikki katta guruh ostida voqe` bo`ladi, ya’ni axloqiy xatti-
harakatlar asos-e’tibori bilan ikki turga bo`linadi. Ulardan biri - obro‘parvarlik (avtoritar) axloqi,
ikkinchisi insonparvarlik (gumanitar) axloqi. Endi qisqacha ulaming mohiyati va sifatlari bilan
tanishib chiqamiz.
«Obro‘parvarlik axloqiga ko‘ra, - deb yozadi Erix Fromm, - bir odam — obro‘ egasi inson
uchun nima yaxshiligini belgilab beradi, o`zni tutish qonun-qoidalari va me’yorlarini ham o‘ylab
topadi, o‘rnatadi. Insonparvarlik axloqi esa bu qonun-qoidalar va me`yorlarni o‘zi yaratishi, o`zi
boshqarishi hamda ularga o‘zi amal qilishi bilan farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: